Norqobilov S., Shomurodov R. Pul muomalasini tartibga solishning nazariy asoslari//Bozor, pul va kredit, 11-son,
16
yuzaga keladi.
Umuman, XX asrning 70-yillarida keynschilar maktabining inqirozi
kuzatildi. Iqtisodiy fanda neoklasssik yo’nalish, shu jumladan, uning zamonaviy
shakli - monetarizm yetakchi o’ringa chiqdi. Ma’lumki, monetarizm iqtisodiyotni
monetar siyosat vositalari orqali va baholar yordamida tartibga solishga ustuvor
darajada ahamiyat beradigan, muvozanatlashgan tizim sifatida qaraydigan
nazariyadir.
Ma’lumki, o’tgan XX asrning 70-yillariga kelib, rivojlangan davlatlarning
iqtisodiyotida shunday holatlar yuzaga keldiki, bu holatlarning tub sabablarini
Keyns nazariyasining qoidalari doirasida tushuntirib berish mumkin emas edi.
Chunki, iqtisodiy pasayish va ishsizlikka qarshi kurash chora-tadbirlari
inflyatsiyaga qarshi siyosatga zid kelib qolgan edi. Jumladan, 1960-1973 yillarda
AQSH yalpi milliy mahsulotining o’rtacha yillik o’sishi 4,1 foizni tashkil etgan
bo’lsa, 1974-1981 yillarda atigi 2,7 foizni teng bo’ldi. O’z navbatida, 1979 yilda
ichki baholar o’sishining umumiy sur’ati 12,1 foizni tashkil etgani holda ishsizlik
iqtisodiy faol aholining 8 foizidan ortiqroq qismni tashkil qildi
13
.
Shuningdek, 1970-1980 yillarda boshqa rivojlangan davlatlar kabi AQSH
iqtisodiyotida ham nobarqaror iqtisodiy o’sish, to’lov balansi va byudjet taqchilligi
hamda inflyatsiya va ishsizlik darajalarining o’sishidek bir qator jiddiy
makroiqtisodiy va moliyaviy muammolar ko’ndalang bo’lib qoldi. Xususan, o’tgan
asrning 70-80-yillari oxirida sanoat jihatdan rivojlangan ko’pchilik mamlakatlar bir
qator jiddiy makroiqtisodiy va moliyaviy muammolarga duch keldi. Ushbu davrda
byudjet taqchilligining sezilarli darajada o’sishi inflyatsion jarayonlarni
kuchaytirib, nobarqaror iqtisodiy o’sishni yuzaga keltirgan edi. Ayniqsa, byudjet
taqchilligi quyidagi davlatlarda yuqori sur’atlarda o’sdi.
Jumladan, 1976 yilda byudjet taqchilligi YAIMga nisbatan Italiyada-11,3
foizni, Irlandiyada-10,1, Portugaliyada-10,5, Buyuk Britaniyada-5,7, YAponiyada-
5,5, Avstriya va Avstraliyada-4,7 foizni, AQSHda va YAngi Zelandiyada-4,4
Dostları ilə paylaş: