Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/65
tarix01.01.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#50349
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish yollari

                                           

14

  Шомуродов  Р.  Макроэкономическая  стабильность  и  монетарная  политика.//  Бозор,  пул  ва  кредит,  2003. 



№6. –C. 12. 

15

 Kaldor N. The Monetarism/Lioyds Banking  Review. 1970/ VII. –Р. 1-2. 



16

  James  Tobin.  "Friedman's  Theoretical  Framework,"  Journal  of  Political  Economy,  University  of  Chicago  Press, 

1972. – P.  852-863. 

17

 Мишкин Ф. Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых рынков. Учебное пособие для 



студентов вузов, Аспект пресс. М.: 1999. – С. 570. 

18

  James  Tobin.  "A  General  Equilibrium  Approach  to  Monetary  Theory".  Journal  of  Money,  Credit  and  Banking, 



Blackwell Publishing, 1969. – P. 15-29.  


18 

 

Bizning  nazarimizda  foiz  stavkasi  pulga  bo’lgan  talabga,  shuningdek, 



makroiqtisodiy va monetar ko’rsatkichlarga ta’sir qiladi. Aslida Markaziy bank pul 

taklifini  o’zgartirish  orqali  pul  massasi,  inflyatsiya,  valyuta  kursi  va  bank  tizimi 

likvidliligiga  sezilarli  darajada  ta’sir  ko’rsatadi.  AQSH  iqtisodiyoti  misolidagi 

tadqiqotlar ham foiz stavkasining bir vaqtda pul massasi va inflyatsiyaga bevosita 

ta’sir qilishini ko’rsatmoqda. 

Fridmen  qoidasiga  ko’ra  shunday  deyilgan:  "Optimal  pul  miqdorining 

yakuniy  qoidasi  shunday  deflyatsiyaga  erishish  kerakki,  qaysiki  nominal  protsent 

stavkasi  nolga  tenglashishi  kerak".  1950-1960  yillar  holati  uchun  M.  Fridmen 

AQSH  pul  massasining  nominal  o’sish  tempini  yillik  2  foizda  ushlab  turishni 

ma’qul  deb  hisoblagan

19

.  Bu  esa,  o'z  navbatida,  tijorat  banklari  kredit  emissiyasi 



hajmini  sezilarli  darajada  oshirish  imkonini  bermaydi.  Natijada,  iqtisodiyot  real 

sektori korxonalarining bank kreditlariga bo'lgan talabini qondirish, tijorat banklari 

kredit  emissiyasi  hajmini  ko'paytirish  yo'li  bilan  monetizatsiya  koeffitsientining 

darajasini oshirish, ipotekali va istemolli kreditlash amaliyotlarini takomillashtirish 

yo'li  bilan  aholining  to'lov  qobiliyatini  rag'batlantirish  vazifalarini  hal  qilish 

imkonini bermaydi"

20



Hozirgi  zamon  keynschilari  va  monetarchilari  ham  ikki  yirik  nazariy  oqim 



sifatida  pul  taklifining  o’zgarishi  nominal  YAIMga  ta’sir  qilishini  tan  oladilar, 

ammo  ular  ushbu  ta’sirga  turlicha  baho  beradilar.  Xususan,  mazkur  ta’sirning 

ahamiyati va mehanizmning o’zi: keynschilar nuqtai nazaridan qaraganda, monetar 

siyosat asosida ma’lum darajada foiz stavkasi bo’lishi kerak, monetarchilar nuqtai 

nazaridan  qaraganda  esa  ushbu  asos  -  pul  taklifining  o’zidir.  Amalda  Markaziy 

bank  monetar  siyosatning  zamonaviy  vositalaridan  samarali  foydalangan  holda, 

jumladan,  qayta  moliyalash  stavkasini  o’zgartirish  orqali,  muomaladagi  pul 

massasi hajmini istagan miqdorgacha o’zgartiradi. Davlat siyosatining eng asosiy 

maqsadi,  keynschilarning  qarashlariga  ko’ra,  mehnat  resurslarining  yuksak 


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin