Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/65
tarix01.01.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#50349
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish yollari

                                           

22

 IMF, International Financial Statistics, Washington, D.C. 20431. 1993) –Р. 12. 



 

23

 IMF, International Financial Statistics, Washington, D.C. 20431. 1993) –Р. 9. 



24

 Специальное издание Немецкого федерального банка №7, Франкфурт на Майне. 1993. –С. 26.  




24 

 

Rivojlangan, rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar M2 pul 



agregatidan  foydalansa-da,  so’nggi  paytlarda  o’z  monetar  siyosatlarini  ko’proq 

narxlar  barqarorligini  ta’minlashga  yo’naltirmoqdalar.  Inflyatsiya  esa  asosiy 

maqsadli  ko’rsatkich  bo’lib  qolmoqda.  Chunki  inflyatsiya  darajasi  past  bo’lgan 

mamlakatlarda  barqaror  iqtisodiy  o’sish,  monetizatsiya  darajasining  sezilarli 

darajada  oshishi  va  pul  aylanish  tezligining  tobora  sekinlashib  borish  jarayonlari 

kuzatilmoqda.  

Ma’lumki,  monetar  siyosatning  kelgusi  yilga  mo’ljallangan  asosiy 

yo’nalishlari  ishlab  chiqilayotganda  Markaziy  bank  asosiy  e’tiborni  hukumat 

tomonidan qo’yilgan qator maqsadlarga: iqtisodiy o’sish, inflyatsiya, valyuta kursi, 

foiz  stavkalari,  to’lov  balansi,  moliya,  xususan  pul  va  valyuta  bozorlarining 

barqororligini  ta’minlashga  qaratadi.  Ushbu  maqsadlardan  kelib  chiqqan  holda 

Markaziy  bank  monetar  siyosatning  oraliq,  operatsion  va  pirovard  maqsadlarini 

belgilab  oladi.  Buning  uchun  Markaziy  bank  bir  yoki  bir  necha  ko’rsatkichni 

tanlab  olishi  mumkin.  Pul-kredit  siyosatning  maqsadi  ochiq  va  yopiq  tarzda 

bo’lishi mumkin. Pul kredit siyosatning maqsadi ochiq bo’lsa, siyosatning maqsadi 

ommada e’lon qilinadi

25



Markaziy  bank  pul  agregatlarini  samarali  nazorat  qilish  va  tartibga  solish 



uchun  monetar  siyosatning  oraliq  maqsadidan  foydalanadi  va  odatda  rezerv 

pullarni tanlab oladi. Operatsion maqsad - sifatida pul massasi yoki kredit hajmini 

tanlaydi. Pirovard maqsad sifatida esa - narxlarning barqarorligini, YAIMning real 

o’sishini  ta’minlash  kabi  muhim  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlarni  tanlab  oladi. 

Hozirgi paytda inflyatsiya darajasi va milliy valyuta kursini barqaror ushlab turish 

monetar siyosatning pirovard maqsadlari hisoblanadi. 

Monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank, eng avvalo, pul taklifi 

miqdorini  iqtisodiyotning  pulga  bo’lgan  real  talabiga  muvofiqlashtiradi, 

muomalada  ortiqcha  pul  massasi  paydo  bo’lishining  va  inflyatsiyaning  kelib 

chiqishini  oldini  olishga  qaratilgan  choralarni  ko’radi.  Chunki  markaziy 




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin