Sotilmasin!


-kun. Avvalo o`zingizdan boshlang



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/32
tarix01.01.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#50486
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
[ @biznes kitob ] Life management

5-kun. Avvalo o`zingizdan boshlang 

 

“Men va sening o`rtamizdagi chegara haqiqiy emas” 



Ustoz Shantideva 

 

 



Asosiy  qoidalarni  egallagach,  yana  bir  narsaga  e`tiboringizga 

qaratmoqchimiz.  Oldingi  hayotingizga  e`tibor  qarating,  oldin  siz  faqat 

o`zingiz  haqida  o`ylagan  bo`lsangiz,  endilikda  siz  butun  dunyo  haqida 

o`ylayapsiz.  Siz  ularni  muvaffaqiyatga  chiqaryapsiz  hamda  o`zingiz 

muvaffaqiyatli  bo`lyapsiz.  Agar  ushbu  to`rttasi  muvaffaqiyatga  erishsa, 

siz  ham  muvaffaqiyatga  erishasiz, agar  mag`lubiyatga uchrasa,  siz  ham 

mag`lubiyatga  uchraysiz.  Bu  oldindan  shunday  edi,  shunchaki  siz  buni 

sezmagansiz.  Shunday  ekan,  qoidalarni  bilgach,  ishga  kirishsa  ham 

bo`ladi. 

 

 



Endi biroz raqobat haqida suhbatlashamiz. Karma qoidalariga ko`ra, 

raqobatchilarga  ham  yordam  beriladi.  Raqobatchilar  nimadir  ishlab 

chiqarsa, sotib oling, ishlating, qolganlarga ham maslahat bering, chunki 

ular  muvaffaqiyatga  erishishi  bilan,  sizga  ham  yangi  eshiklar 

ochilaveradi.  Karvon  bitta rizq  boshqa,  biz ayni  shu rizqni kengaytirish 

taraddudidamiz.  Ya`ni  ushbu  qoidalar  orqali  siz  istagan  narsangizga 

erishishingiz  mumkin.  Istagan  xayolingizni  haqiqatga  aylantirishingiz 

mumkin. 


 

 

Butun Olam kichik sayyoralarga bo`lingan, sayyoralar ichida Yerda 



insonlar va boshqa  tirik jonzotlar  yashashadi. Inson  organlardan tashkil 

topgan, organlar hujayralardan, hujayralar molekulalardan tashkil topgan, 

molekulalar kichik atomlarga, atomlar esa electron, proton neytronlarga, 

ular  o`z  navbatida  kvantlarga  bo`lingan,  kvantdan  keyinchi?  Kvantdan 

keyin  aynan  bizga  tushunarsiz  bo`lgan  energiya  mavjud.  Yaxshilab 

e`tibor  bersak,  butun  Olam  mana  shu  energiyadan  tashkil  topgan.  Biz 

barchamiz energiyamiz, shunchaki turli xil ko`rinishlardamiz, xolos. 



18 

 

 



 

Misol  uchun,  suv  –  bu  suyuqlik.  Uni  qaynatsak,  parga  aylanadi. 

Muzlatsak  muz  bo`lagiga  ya`ni  qattiq  buyumga  aylanadi.  Lekin,  muz 

ham,  par  ham  aslida  suv.  Ular  bitta  energiya,  shunchaki  turli  xil 

ko`rinishlarda,  xolos.  Bundan  kelib  chiqyaptiki,  butun  Olam  bir-biriga 

bog`liq.  Demak, 

hammamiz  bitta  katta  organizmning  kichik 

hujayralarimiz  xolos.  Organimzning  qaysi  qismi  og`riq  bersa  yoxud 

yaxshi  ishlamasa,  qolgan  hujayralar unga yordamga kelishadi.  Shunday 

ekan,  ushbu  to`rt  unsur  aslida  sizdan  ajralgan  Olam  emas,  aslida 

hammamiz bittamiz. Bundan kelib  chiqyaptiki,  siz  boshqalarga  yordam 

berish  orqali  o`zingizga  yordam  bergan  bo`lib  chiqyapsiz,  kimgadur 

yaxshilik qilish orqali siz o`zingizga yaxshilik qilyapsiz.  

 

 



Shu sabab hadislarda: “Kimki bir yaxshilik qilsa, u o`ziga yaxshilik 

qilgan  bo`ladi.  Kimki  bir  yomonlik  qilsa,  u  o`ziga  yomonlik  qilgan 

bo`ladi” deyiladi. Biz buni bilardik, lekin e`tibor bermas ekanmiz. 

 

 



Endi  tasavvur  qiling,  kursingizda  o`tirib  olib,  to`rt  hamkoringizni 

muvaffaqiyatga  yo`llayapsiz,  oxirida  esa  o`zingiz  muvaffaqiyat 

ummonida suzib yuribsiz, bu axir ajoyibku! 

 

 



Siz  barchani  muvaffaqiyatga  chiqarishingiz  uchun,  yordam  bera 

olishingiz uchun, o`zingizning ahvolingiz yaxshi bo`lishi kerak. Jismoniy, 

ruhiy  holatingiz  joyida  bo`lishi  lozim.  Sababi,  hamma  narsa  sizdan 

boshlanadi. Harakatni siz boshlaysiz, siz hammaning boshisiz. Shu sabab, 

siz haqingizda qayg`uryapmiz. Shu bois, siz uchun maxsus yetti punktdan 

tashkil topgan dasturni  sizga  hadya  etamiz.  Ushbu dastur  orqali  siz kun 

davomida tetik holatda yurishingiz mumkin. 

 


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin