4-kun. Aks-sado prinsipi
“Siz hayotdan nimani olmoqchi bo`lsangiz,
avvalo uni siz boshqa berishingiz kerak”
Jey Rinpoche
Ana endi butun treningning asosiy yuragiga ham yetib keldik.
Aynan shu prinsip sizning 100.000ta maxsulotingizni bir hafta ichida
sotib beradi. Sizni o`zingiz tasavvur qila olmagan cho`qqilarga olib
chiqadi.
Demak, boshladik. Karma urug`larine sepib o`stirishni xuddi aks-
sado qaytishiga o`xshatsa bo`ladi. Lekin aks-sado qachon qaytadi?
Qachonki, siz devorlar bilan o`ralgan xonada bo`lsangiz. Katta ocean
bo`yiga chiqib, baqirsangiz, aks-sado qaytishi amri-mahol.
Shu sabab, bizga boshqa insonlar kerak bo`ladi. Karma so`zini
yanada aniqlashtiradigan bo`lsak, biz boshqalarga nisbatan nimaiki
qilsak, ana shu karma hisoblanadi. Biz faqat boshqalarga yordam berish
12
orqaligina ong ostimizga karma urug`larini ekishimiz mumkin. Aynan
boshqa insonlar – bu yerda juda ham katta rol o`ynaydi.
Karma prinsipi shundan iboratki, siz muvaffaqiyatga erishmoqchi
bo`lsangiz, biron boshqa insonni muvaffaqiyatga erishishiga yordam
bering. Ana shu holatda, siz g`alabaga erishishingiz 100% kafolatlanadi.
Ya`ni, biz kimgadur nimaiki qilmaylik, ayni shu narsa o`zimizga
qaytib keladi, xuddi aks-sadodek qaytib keladi. Demak, muvaffaqiyatga
yo`l boshqalar orqali quriladi.
Bu prinsip 100% ishlaydi. Hech qachon boshqalarni muvaffaqiyatga
chiqarib 58% odam muvaffaqiyatga erishib, qolgan 42% omadi kelib
muvaffaqiyatga erishib qolishi mumkin emas. Qoida ishlasa, 100%
ishlaydi. Agar yuqoridagi holat ro`y beradigan bo`lsa, biz yana o`sha
“omad kelib qolar” prinsipiga qaytib qolamiz. Biz esa bu o`yinda
zerikdik. Ya`ni, muvaffaqiyatga erishishning birgina yo`li bor, u ham
bo`lsa boshqalarni muvaffaqiyatga olib chiqish.
Mana shundagina hayot adolatli bo`ladi. Ayni shu adolatni butun
insoniyat qalbi xohlaydi. Endi to`g`risini, ayting, xuddi shunday adolatli
hayotni orzu qilmaganmidingiz?
Axir, bu zo`rku! Kimgadir zavq ulashasiz, unga yordam berasiz,
evaziga o`zingiz baxtli bo`lasiz hamda yutuqqa erishasiz. Demak,
bugundanoq muvaffaqiyat sari harakatimizni boshlaymiz. Bu prinsipni
eshitishdan oldin, Umar Xayyomning ruboisini sevib aytib yurardim, u
ham bu prinsipni bilgan ekan: “Bir dilcha turmas u loyxona Kaaba,
Kaabada nima bor, bir dilni ovla!”
Barcha dinlar, falsafiy qarashlar, hammasini asl tag-tomirida ayni
shu qoida yotadi. Ekkaningni o`rasan. Hadislarda: “Kimki biron kishini
og`irini yengil qilsa, Xudo uning barcha mushkullarini yengil qiladi.
Kimki biron kishiga yordam bersa, Xudo unga yordam beradi. Kimki
saxovatli bo`lsa, Yaratgan ham unga saxovatli bo`ladi” deyishadi. Bunga
oid ko`plab ibratli voqealarni qidirib topishimiz mumkin. Xuddi shu
jumlalar qolgan dinlarda ham jaranglaydi.
13
Endi fan tomon nazar solamiz. Fanda shunday bir teorema borki,
hayotda nimadir harakatga kelishi uchun, unga boshqa bir obyekt ta`sir
ko`rsatish kerak. Bu teoriyani hatto-ki fan ham tasdiqlaydi. Va biz yashab
turgan dunyo 100% adolatli. Siz dunyoga nimaiki bersangiz, u uni
o`stirib, 100 barobar qilib qaytaradi.
Endi turli xil sohalar uchun, turli xil uslublar qo`llaymiz. Misol
uchun, biznes. Siz biron proyektni boshlamoqchisiz. Deylik, siz 100.000
mahsulotingizni oy oxirigacha sotib ulgurishingiz kerak. Bu holatda siz
o`z karmik biznes-hamkorlaringizni qidirib topishingiz kerak. Ana endi
eng muhimi, ushbu 100.000 mahsulot sotilmay ham qolishi mumkin,
sotilishi ham mumkin, bu yana omad o`yini. Lekin muvaffaqiyat –
shunchaki omadni kelib qolishi emas, hayot ham lotoreya yutug`I emas.
Yuqoridagi holat eski yashash tamoilida edi. Unda mag`lubiyat ham,
g`alaba ham bo`lishi mumkin edi. Endi esa yangi prinsipga ko`ra, bu
safardan boshlab aniq 100% g`alaba qozona boshlaymiz va hech qanday
mag`lubiyatga imkon ham yo`q.
Biznes-hamkorlaringizni aniqlab olamiz. Ular – hamkasblar
(ishchilar), mijozlar, do`stlar va oila hamda Olam. Har biri bilan alohida-
alohida ishlab chiqamiz.
1. Hamkasblar (ishchilar). Oldinlari siz hamkasblaringizga xuddi
qullarga muomala qilgandek, muomala qilardingiz. Agar yaxshi ishlay
olsa, ishda olib qolasiz, agar yomon ishlasa, haydaysiz. Qancha ish
qilib tugatishidan qat`iy nazar, ularga mayda-chuyda oylik berasiz.
Ana endi esa, yangi taktika, hamkasblaringizni muvaffaqiyatga olib
chiqishingiz
kerak,
chunki
aynan
ular
sizning
100.000ta
mahsulotingizni sotib beradi. Aynan ular hammasini sababchisi
hisoblanadi. Ularsiz ish bitmaydi. Demak, yangi taktika: Siz ularni
muvaffaqiyatga olib chiqasiz hamda o`zingiz kafolatlangan 100%lik
muvaffaqiyatga erishasiz. Ular holidan har kuni xabar olasiz, ular
mehribonchilik qilasiz, ularga xuddi o`z farzandlaringizga qaragandek
qaraysiz, so`ng ular o`sib, sizga minnatdorchiliklarini qaytarishadi;
2. Mijozlar. Mijozlar – har qanday biznesning asosi hisoblanadi. Chunki,
biznes aynan kimgadur qandaydir xizmat ko`rsatish yoki nimadir
yaratib berish, degani. Biznesda mijozlar asosiy rolni o`ynaydi, yo`qsa,
siz ishlab chiqargan 100.000ta mahsulotni kim ishlatadi? Endi fikrlash
14
borasida biroz o`zgartirishlar yasab ko`ring. Barcha narsani tagida ayni
shu karma yotadi. Misol e`tibor qiling, kuzating. O`qituvchilar dars
o`tishadi, ya`ni nimadir berishadi, evaziga pul olishadi. U bilimlarni
egallab, bolalar ulg`ayib hayotda nimagadir erishishadi. Haydovchilar
kimnidir uzog`ini yaqin qilishadi, ya`ni xizmat qilishadi, so`ng
mehnatlariga yarasha haq olishadi. E`tibor bersak, xuddi shu qoida
kelib chiqadi, oldin beriladi, so`ng olinadi. Badavlat insonlarda sog`lik
yo`q, kambag`al odamlarda esa boylik yo`q. Bir kam dunyo. Sababi,
nimadir oldingizmi, siz nimanidir berishingiz shart. Lekin, karma
yordamida siz boylikka ham, sog`likka ham, sevgiga ham, bir gap bilan
aytganda mukammal baxtga erishish imkoniyati mavjud. Demak,
mijozlarga qo`shimcha bonuslar hadya etamiz, ularga yaxshi muomala
qilamiz, ularga sifatli mahsulotlar hadya etamiz, ular haqida
qayg`uramiz, so`ng o`zimizga kerakli daromadga ega bo`lamiz.
3. Do`stlar, oila. Ular bu ishda eng katta hamda eng muhim rolni
o`ynashadi. Do`stlaringiz qanday bo`lsa, siz ham shundaysiz. Va
ko`plab qo`yilgan maqsadlar tagida siz o`zingizni aynan ularga
ko`rsatib qo`yishga harakat qilasiz. Ichingizga qarab ko`ring, oilangiz
hamda do`stlaringiz sizni maqtashlarini, sizga havas qilishlarini va
ulardan o`zib ketishni xohlamaysizmi? Aslida, insonlar bu ikki tarafga
xuddi mehribondek qarashgandek ko`rinishadi.
Yaxshilab fikrlab ko`rilsa, do`stlar hamda oila a`zolari bilib-bilmay
yosh bolaning ko`ngliga ozor berib qo`yishadi. Bolaning ichida esa
quyidagicha fikrlar o`tadi: “Hali ulg`ayib, kim ekanimni ko`rsatib
qo`yaman” deydi. Va shu shior bilan yashashni boshlaydi. Endi qarang,
ong ostiga shunday dastur yozilgach, davomi qanday bo`ladi? Siz aslida
do`stlaringiz
hamda
oilangizni yaxshi ko`rmaysiz,
siz ularni
yoqtirmaysiz. Tilingizda yoqtiraman, deyishingiz mumkin, bu jarayon
o`zini sizga ko`rsatmaydi, lekin aslida yoqtirmaysiz. Sabab? Ular sizga
ozor berishkan va siz buni ichingizga yutgansiz. Endi ularga nimanidir
isbotlab qo`yishga harakat qilasiz. Kimga o`zingizni ko`rsatgingiz keladi?
Kim sizga hasad qilishini xohlaysiz? Bir paytlar sizni pastga urgan, sizga
ozor bergan insonlarga. Ularni siz qo`pol qilib ataganda, dushman, deb
ataysiz. Endi nima qilamiz? Shunchaki, yoshlikda bo`lgan voqealarni
eslang, ularni tushunishga harakat qiling, so`ng hammalarini kechirib
yuboring, ana shunda ancha yengil tortasiz. Sababi, ikki toifa ham nimaiki
15
qilishgan bo`lsa, sizga yaxshi bo`lsin, deb qilishgan. To`g`rimi? Qaysi
ota-ona o`z farzandiga yomon bo`lishini xohlaydi yoki yomon bo`lsin
deydi? Hech biri! Shunday ekan, u paytlarda to`g`ri tushunmagan
bo`lishingiz mumkin, biroq hozir siz ancha katta bo`lib qolgansiz, endi
tushunishga harakat qiling hamda kechirib yuboring. Sizdan nima ketdi?
Bir shu ishni qilib ko`ring, tezda xotirjamlikka ega bo`lasiz. Ancha
yengil tortasiz. Ishlar yurishgandanda yurishib ketaveradi. Hammani
sizga bo`lgan muomalasi o`zgara boshlaydi.
Endi esa, do`stlar hamda oilaga to`xtalsak. Do`stlaringizning
holidan vaqti-vaqti bilan xabar olib turing, ularga yaxshi gaplar gapiring,
ularni xursand qiling. Sovg`alar bering, ko`rgani boring. O`tirishlar
uyushtiring. Tug`ilgan kuni bilan tabriklang. Foydali maslahatlar bering
va ularni ham muvaffaqiyatga olib chiqing.
Oila deganda, birinchi bo`lib ota-ona ko`z oldimizga keladi. Ota-ona
masalasi – eng qudratli masala. Agar butun kitobni shunchaki o`qib
chiqib, hech bir qoidaga amal qilmay, faqat shunisigagina amal qilsangiz,
ushbu dastur o`z vazifasini bajardi, deb bemalol aytishimiz mumkin.
Qadim zamonda, Yaratgan bir va`da bergan. Ushbu va`dani istagan
muqaddas kitobdan topishingiz mumkin. Yaratgan aytganki: “Kimki ota-
onasini xizmatini qilib, ularni rozi qilsa, ularga yaxshi muomalada bo`lsa,
uni bilimsiz olim qilaman, mehnatsiz boy qilaman”. Va Yaratgan hech
qachon o`z va`dasini buzmaydi. Ko`pincha, ota-onalarimizga uncha
e`tibor qaratmaymiz, mana shuning o`zi hamma ishlarni orqaga
ketkazuvchi asosiy faktor.
Sizga bir eksperiment hadya etaman. Har oy ishlab topgan
pulingizni, atiga 10%ini ota-onangizga olib borib bering. Shunchaki 10%,
bu hech qancha bo`lmaydi. Boshqa hech qayerga ehson qilish ham shart
emas. Atiga 10%ini olib borib berasiz va hech qachon bankrot bo`lmaslik
haqidagi sertifikatga ega bo`lasiz. Tushunish qiyin bo`lgan jarayon
shundaki, ota-ona karmasi har qanday karmadan million barobar kuchli
hisoblanar ekan.
Bu yerda tushunib bo`lmas, qandaydir qoida ishlaydi. Bir guruh
olimlar juda katta muddat ichida muvaffaqiyatli insonlar hamda
16
muvaffaqiyatsiz insonlarning farqi nimada ekanini bilish uchun tadqiqot
olib borishkan. Borib surishtirishkan, izlashkan, suhbatlashishkan.
Ma`lum bir qonuniyatni, ya`ni barchalarinikida bir xil bo`lgan qoidani
qidirib topmoqchi bo`lishkan.
Va qoilmaqom fenomenga duch kelishkan. Barcha hayotida yuksak
muvaffaqiyatga erishgan insonlarning hammasi ota-onasi, aka-ukalari
bilan muomalasi a`lo darajada bo`lgan. Barchalari ota-onasini xursand
qilgan va ularning gapidan chiqmagan insonlar ekan. Endi omadsiz
insonlarda bo`lsa g`irt teskarisi, ota-onasini qariyalar uyiga olib borib
tashlagan, 10 yildan bir marta holidan xabar oladigan, ularga yomon
muomala qiladigan va Xudo asrasin ota-onasiga ovoz ko`taradigan
insonlar ekan. Bu qoida 100% ishlaydi va hech qanday istisno mavjud
emas. Umuman mavjud emas. 100% holatni barchasi bizga shunday
natijani ko`rsatdi.
Hoziroq ota-onamizni holidan xabar olamiz, ularni xursand qilishga
kirishamiz. Vazifa fikrimcha tushunarli bo`lgan bo`lsa kerak.
4. Olam. Olam – bu sferaning eng yuqori nuqtasi. Siz boshlagan proyekt
nafaqat oilangizga, do`stlaringizga, mijozlarga, hamkasblarga, balkim
butun Olamga ma`lum bir, kichik foizda bo`lsa ham foyda keltirishi
kerak. Siz misol uchun, biron bir fondga pul ajratishingiz mumkin,
qolaversa keksalarga yordam yoki shunga o`xshash jamoat ishlarida
faol bo`lishingiz ham mumkin, bu ham yuqori nuqtada karmalarni
ekishka yordam beradi.
Mana ushbu to`rtta biznes hamkorlarimizni ko`rib chiqdik, endi tezda ular
bilan ish boshlashga kirishish kerak.
Dostları ilə paylaş: |