www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Aytishlaricha, ilm ham, kasbu hunar ham tolibiga farishtaning vositasida hosil bo’lar ekan. Bu nuroniy
zotlar esa, inson har jihatdan - moddiy va ma’naviy pokiza bo’lsagina, unga qo’nadilar. Insonning
murodiga yetkazishda o’z fayzu futuhlari bilan rivoj beradilar.
Axloqi zamimalarni axloq-odobga rid kitoblaridan bilib olish mumkin. Ulardan so’z ochsak, kitobimiz
cho’zilib ketadi. Ammo, kibru havoga, manmanlik, gerdayishu-kekkayish to’g’risida to’xtalamiz.
Ma’lum bo’lsinki, kibr bilan ilm zinhor hosil bo’lmaydi. Donishmandlar bu hikmatni shunday bayon
qilganlar:
-Ilm oliylikka intiluvchi uchun go’yo jang kurolidir. Janggoxda esa, kurolni mohirona ishlata
olmasang, halok bo’lasan. Ya’ni maqsading ham hosil bo’lmaydi.
Sel baland joylarni xarob qilib, tekislab yuborganiga o’xshaydi. Ilm ham insondagi kibrni sel
balandlikni bo’ysundirib, tekislab yuborgani kabi yo’qotib yuborishi kerak.
Har shonu-sharaf, shavkatga jiddu-jaxd, mehnat bi-lan erishiladi. Unga ota-bobolarning xizmati bilan
hech qachon erishib bo’lmaydi. Shon-sharafga, ulug’likka jiddiylikla e’tibor bermasa baxt bo’lurmi?!
Qancha baxtsaodat topgan qullar borki, ular hur insonlar darajasida, yana qancha baxtini topmagan,
omadi chop-magan ozod kishilar borki, o’zlarini quldek tutadilar va ular qulning darajasidadirlar
Тalaba ilmu hunarga noil bo’lishida turli kishilarning munosabatini ahamiyati bor. Avvalo ota, so’ng
onaning rizoligi, duolari va albatta, farzandini qo’llab, qiziqtirib borishlari bilan, uchinchidan
ustozning mehri-muhabbati, samimiy ta’limi va o’zining shogirddan ham, bergan bilimidan ham rozi
bo’lishida kelajak uchun zarur asos bor. Qolaversa, shogird haqqiga qilgan xayrli duosi sharofati bilan
maqsad-murodlari hosil bo’ladi.
Тo’rtinchi, tolibning o’zidan bo’ladigan jiddi-jahd, astoydil harakati,
yuksak saviyadagi odobi bilan niyat qilgan manziliga bardam qadam tashlaydi. Hayot tajribalari
ko’rsatadiki, har bir ilmu hunar izlovchi mana shu foydali ko’rsatmalarga amal qilib, orzu va
umidlariga yetishi shubhaga qolmaydi. Shuning uchun ularni o’z ahamiyati, maqomi bor va bularga
jiddiylik izhor qilish qiymati benazirdir. Keyingi faslda bu haqda kengroq so’z yuritamiz, inshaalloh!
Dostları ilə paylaş: |