1-FASL. ILM VA FIQHNING MOHIYA
ТI VA FAZILAТI HAQIDA
Janob payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom aytdilar: «Har bir musulmonning ilm talab qilishi
farzdir».
Ma’lumki, har bir ishning ilmini bilish, uni oxiriga yetkazish va mukammal ado etishga asosiy omil
bo’ladi. Mo’’tabar manbalarda mashoyixlarimiz: «Ilmning afzali hol ilmini bilmokdir»,- deb
ta’kidlaganlar. Bundan hamma ilmlarni o’rganish farz bo’lmasligini tushunish mumkin. Balki, hozir
bajarilishi lozim bo’lgan amalning ilmini bilmog’i insonga buyuriladi. Shunda qiladigan ishi nuqson va
kamchiliklardan holiy va ilm bilan bo’lgani sababidan mukammap bo’ladi.
Amalning afzali esa, xato va nuqsonlardan muho-fazalanganidir. Bu muhofazani ilm bilan hosil bo’li-
shi aqli raso kishiga sir emas. Demak, bir kishi na-moz o’qimoqni ixtiyor qilsa, unga namozga oid
bo’lgan barcha ilmlarni (namozning ado etilish tartiblarini) bilmog’i zarur bo’ladi. Shundagina uning
namozi xatoyu kamchiliklardan holiy va mukammal bo’ladi.
Boshqa amallar ham xuddi shunday farzi, vojibi, sunnati va makruh-u mufsid, ya’ni uni buzadigan
omillarini bilishni bajaruvchiga bevosita shart qilib ko’yi-ladi. Farz yoki vojib amallardan biri
bajariladigan bo’lsa, uni qilishlik uchun kerak bo’lgan ba’zi amallar o’rtada vosita bo’lganlari ham farz
yoki vojib hisoblanadi. Bu ilmlarni barchasiga amal qilish shart emas, balki ish to’liq va nuqsonsiz
qoim bo’lishiga imkon beradigan mikdorda ilm egallamog’i farz bo’ladi. Bundan ortig’i shart emas,
lekin uni o’rgansa zarar qilmaydi. Zero, Alloh taolo ilmni zararli qilmagandir.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, ro’za, haj va zakot, hattoki tijorat ishlarida ham farzu vojiblri,
makruhlarini bilmog’imiz, ular o’rtasida vosita bo’lib turgan amallarni qay darajada ekanligini
bilishligimiz shartqilinadi.
Hazrati Imom Muhammad ibn Hasandan zamondoshlari:
-Zohidlik, taqvo va parhezkorlik to’g’risida bir kitob yozib bersangiz, ko’p foydalik bo’lar edi,- deb
so’raganlar. Ul zot: savdo-sotiq, tijorat ishlari to’g’risida kitob yozdim, - deb javob berdilar.
Demak, zohidlik, tvqvoyu parhezkorlik jami ishlarda - xohdunyoviy, xohu oxirat ishi bo’lsin harom,
makruh va shubhalardan saqlanmoq bilan bo’ladi.
Mazkur ilmlar qatorida musulmon kishiga yana qalb holatining ilmlarini ham bilmoqligi kerak. Qalb
holining nlmi juda nozik va murakkab, o’z navbatida juda muhim ilmdir.
Тavakkul qilish - butun ishlari, ichki dunyosi kechin-malarini va qnpayotgan ishini oxiri xayrli
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |