www.ziyouz.com kutubxonasi
6
Islomni boqiy qolishiga xizmat etishni niyat qilmog’i lozimdir. Chunki, Islomning boqiy qolishi - ilm
bilandir.
Ma’lumki, zohidlik, ibodat va taqvo ilmsiz du-rust bo’lmaydi. Bunga misol etib, «Hidoya» kitobining
muallifi shayxul islom jalolatlik imom Bu-rhoniddin Marg’inoniy hazratlarining talabalarga ushbu
she’rlarini nasihat tariqasida aytganlarini keltirish mumkin:
Ilmni kim vositai joh etar,
O’ziniyu xalqni gumroh etar.
Olim agar joh uchun o’lsa zalil,
Ilmi aning jahlig’a bo’lg’ay dalil.
Gar bilsang bolam, olimi beamal
Erur zarar olam uchun, jonu-joh
Тalabida qilur dinu-dunyoni fasod.
Budir og’ir halokat, ko’r ushlaganin
Maxkam tutar deb, beilmni borligi.
Ilmsiz obid-u, beamal olim ikkov
Boamal-u, diyonatlik insonga egov.
-Buzg’unchi, beamal olim va bilganiga beamal kishi katta fasod, buzuqlik esa halokatdir. Ammo johil,
il-msiz obid - namozxonu-ro’zador, zohidu parhezkor undan katta fasod, baloyu ofatdir. Har ikkovi
ikki du-nyoda o’z dinu imonini mustahkam tutgan kishiga ulug’ fitnadirlar.
Bulardan saqlanish insonni ilm cho’qqilarini zabt etishi orqali bo’ladi. Agar ishni bunga zid olib borsa,
asta tubanlashib borishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ilm o’rganmoq farz va shart qilingan.
Odob axloqhaqida ustoz, buyuk imom va shahidi a’lo Sayyid Nosiruddin Abul Qosim hazratlari
mukammal kitob yozganlar. Bu kitobni talabalar va din ishiga xizmat qilguvchilar o’qib o’rgansalar,
katta foydani ihtiyor qilgan bo’lardilar. Ba’zi ustozlar yod olsinlar deb ham tavsiya qilgan ekanlar.
Hayotimizda ehtiyoj tushadigan har bir ilm va kasbni o’rganish, uni tatbiq etish shart bo’lgani kabi bu
kitobdagilarni ham bilmoq juda zarur. Buni kunlik muhtoj bo’lganimiz taomga o’xshatish mumkin.
Тaom hayotimizni tiklab beruvchi asosiy omildir. Bemor kishining dori darmonlarga ehtiyoji tushadi.
Bu boshqa il-mlarga bo’lgan hojatga o’xshaydi.
Ilm olish bilan inson Alloh taoloning ne’matlariga shukr etishni niyat qiladi. Chunki, shokir
bandalariga ne’matlarini ziyoda va barakotlik qilishga Haq taoloning va’dasi bor.
Ilmga jonfidolik qilish haqida Imom Muhammad ibn Hasan (r.a.) shunday deganlar:
-Agar odamlar menga qul bo’lganda edi, ularni har birini qullikdan ozod etardim va ularni xo’jayinlari,
quldor egalaridan xalos etardim. Bundan yolg’iz maqsadim, ular faqat ilm o’rgansinlar va bilimlarini
kamolga yetkazsinlar.
Ulug’ donishmandlardan biri:
kim ilm lazzatini, uning halovatini izlasa va amap qilish mazasiyu rohatini topsa, insonlardagi
narsalarga kam rag’bat qiladi, qiziqmaydi.
Тa’ma qilishga o’zini yo’latmaydi.
Imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) ustozlari shayxul islom, Hammod ibn Ibrohim ibn Ismoil assig’oriy al-
Ansoriy hazratlaridai quyidagi baytni keltiradilar:
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |