Tomirli parda. Xorioideyaning tomirli sistemasi kalta orka kiprikli arteriyalar ko`rinishida
namoyon buladi. Ular 6-8 tu bulib skleraning orka polyusidan chikib, kuyuk tomirli tutamni xosil kiladi.
Xorioideya ko`rish uchun zarur tuxtovsiz tushib ketadigan ko`ruv purpuralarning kayta tiklanishini
ta’minlovchi enenrgetik manba bulib xisoblanadi.
Gavxar. Gavxar ximik tarkibining uziga xos xususiyati undagi kup mikdordagi (35 dan yukori)
oksil moddalarining borligidadir. Gavxar qon tomirlarga ega emas. Moddalar almashinuvi uchun zarur
bulgan tarkibiy kismlar va almashinuv jarayoni maxsulotlarining ajralishi diffuziya va osmos yuli bilan
boradi va juda sekin kechadi. Gavxarning oldingi kapsulasi yarim utkazgich parda vazifasini bajaradi.
Gavxar oziklanishining regulyasiyasida gavxar oldingi yuzasining sub-kapsulyar epiteliysi va uning
ekvatorial kismi ishtirok etadi.
Gavxar oziklanishining manbasi ko`z ichi suyukligi va kamera suyukligi xisoblanadi. Gavxar
oziklanishi uchun zarur bulgan moddalarning etishmasligi yoki unga keraksiz, yot moddalarning kirishi
normal moddalar almashinuvini buzadi va bu oksilning parchalanishiga, tolalarning ajralib ketishiga,
gavxarning xiralashishi – kataraktaga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |