UMID SHOMURODOV 8-SINF HUQUQ O’KTAM G’AFFOROV
8
KITOBDAN NUSXA OLISH VA TARQATISH TAQIQLANADI ! MUALLIFLIK HUQUQINI BUZMANG.
A) 1, 3, 6, 7
B) 2, 4, 5, 6
C) 1, 3, 5, 7
D)
1, 2, 3, 4
25. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning
“Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida
fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni
asosida O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha
maslahat kengashining tuzilishi…………. deb
nom olgan fuqarolik jamiyati institutlarini
qo‘llab-quvvatlash va mamlakatimizda
fuqarolik jamiyati rivojini yangi bosqichga olib
chiqishda muhim qadam bo‘ldi.
A) “birinchi sektor”
B) “ikkinchi sektor”
C) “uchinchi sektor”
D) “to’rtinchi sektor”
26. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishning muhim elementi nima ?
A) huquqning ustuvorligi
B) mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
C) ishlab chiqarishni yuksaltirish
D) ko’ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish
27. Ali ibn Abu Tolibga tegishli fikrni to’ping.
A) “Davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina
va lashkar bilan tikdir. Dono vazir bularning har
uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda
saranjom tutadi.”
B) “Agar hokimiyat atrofi da adolat hukm surmasa,
u inqirozga yuz tutadi”
C) “Adolat – oxiratda najot, dunyoda saodat boshi”
D) “Podshoh o‘zlarini adolat bilan bezatishlari
kerak, xalq bunday podshohga ehtirom ko‘rsatishi
zarur”
28. Qanday jamiyatda davlat va shaxs
huquqning teng subyektlari sifatida faoliyat
yuritadilar ?
A) yer egaligi jamiyati
B) ibtidoiy jamoa tuzimida
C) fuqarolik jamiyati
D) kapitalistik jamiyat
29. O‘zbekistonda kimlar fuqarolik jamiyati
ijtimoiy negizining o‘zagini tashkil etishi lozim ?
A) o’qituvchilar
B) nuroniylar
C) huquqshunoslar
D) yoshlar
30. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining
taraqqiy topishini qanday asosiy yo‘nalishlarda
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq ?
1) Mulkni davlat tasarrufi dan chiqarish;
2) Ko‘ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish;
3) Ishlab chiqarishni yuksaltirish;
4) Maqbul ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish.
A) 1, 3
B) 2, 3, 4
C) 1, 2, 3
D) 1, 2, 3, 4