3.1.Fizika fanini o’qitishda “davra suhbati”, “muammoli
vaziyat” usullaridan foydalanish
Davra suhbati texnologiyasi─ aylana stol atrofida berilgan muammo yoki
savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o’z fikr-mulohazalarini bildirish
orqali olib boriladigan o’qitish metodidir. [29]
Davra suhbati metodi qo’llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish
kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “ko’z aloqasi”ni o’rnatib
turishga yordam beradi. Davra suhbatining og’zaki va yozma shakllari mavjuddir.
Og’zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim
oluvchilardan ushbu savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so’raydi
va aylanma bo’ylab har bir ta’lim oluvchi o’z fikr-mulohazalarini bayon etadilar.
So’zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish
lozim bo’lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo’lingandan so’ng muhokama
qilinadi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashga va nutq madaniyatining
rivojlanishiga yordam beradi.
Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har
bir ta’lim oluvchiga konvert qog’ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga
ma’lum bir mavzu bo’yicha o’z savolini beradi va javob varaqasining biriga o’z
javobini yozib konvert ichiga solib qo’yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.
Barcha konvertlar aylana bo’ylab harakatlanadi.
Akademik litseyda fizika fanidan I bosqich o’quvchilariga o’tiladigan
“Dinamikanining vazifasi. Nyuton qonunlari. Inersial va noinersial sanoq
sistemalari” mavzusini o’tishda bu metodni qo’llashni ko’rib chiqaylik.
O’qituvchi yangi mavzuni doskaga yozib e’lon qiladi. Nyutonning 1-qonunini,
inersiya bo’yicha harakat, Nyutonning 2-qonunini tushuntiradi va bu mavzularga
tabiatdan misollar keltiradi. Nyutonning 3-qonuni ta’rifi, mohiyati ochib beriladi
va ko’rgazmali qurollar vositasida bayon etiladi. [30]
Mavzuni o’tish jarayonida o’quvchilar faolligini oshirish maqsadida
“muammoli vaziyat” yuzaga keltiriladi.[31]
46
Masalan, jismlarning inertligi, inersiya bo’yichа harakatni tushuntirishda
quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi:
1.Nima uchun avtobus joyidan birdan qo’zg’algan vaqtda orqaga qarab og’ib
ketamiz-u, yurib ketayotgan avtobus birdan toxtaganda esa aksincha oldinga qarab
harakatga kelamiz.
2.Nima uchun polga qoqilib yiqilib tushgan kishi orqaga emas, oldinga
qarab yiqiladi?
3.Nima uchun avtomobil, samolyot yoki raketalar birdaniga katta tezlikka
erisha olmaydi?
Nyutonning 3-qonunini tushuntirishda quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi:
1) Nyutonning 3-qonuniga ko’ra moddiy nuqtalar ta’sir kuchlarinig
kattaliklari doimo bir-biriga teng, yo’nalishlari qarama-qarshi va ularni
tutashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’ylab yo’naladi.
=
Ot qo’shilgan arava misolini olib qaraylik. Ot aravini tortsa, arava ham otni
tortishi kerak-ku, unda nima uchun baribir ot aravini tortib ketadi?
2) G’o’lani yorib o’tin qilinayotganda bolta g’o’laga siqilib qoldi. G’o’lani
yorish uchun qattiq tayanchga g’o’lani urgan ma’qulmi yoki boltaning orqasini
urgan ma’qulmi? Urish vaqtini bir xil deb hisoblang. [32-33]
Bu savollar muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi, butun auditoriyani
fikrlashga, o’ylashga majbur qiladi.
Shu va shu kabi boshqa savollarga o’quvchilar javobi tinglanadi.
O’quvchilarning javoblari tinglangach ular javoblaridagi noaniqliklar, notog’ri
fikrlar o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi, aniqlashtiriladi.
Yangi mavzu bayoni tugatilgach, mavzuni mustahkamlashda “davra
suhbati” texnologiyasi qo’llaniladi.Texnologiya quyidagi bosqichlarda olib
boriladi:
1.O’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotni o’tkazish tartibi bilan tanishtiradi.
47
2.Har bir o’quvchiga yangi mavzuga oid o’z savolini yozish uchun
varaqalar tarqatiladi.
3.O’quvchilarga savol yozish uchun vaqt belgilanadi.
4.Har bir o’quvchi yozgan savolini o’zining chap tomonidagi o’quvchiga
uzatadi va unga yon tomondagi o’quvchi bu savolga javob yozadi.(1-rasm)
Masalan, 1-o’quvchi: Nyutonning 1-qonunini ta’riflang.
2-o’quvchi: Inersiya so’zining ma’nosi nima?
3-o’quvchi:Massa va tezlanish orasida qanday bog’lanish bor?
va h.k. shunday savollar yon tomondagi o’quvchiga uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |