105
ta’minlashi aniqlandi. O‘zaro fikr almashuv yordamida xodimlar
ishlarining ushbu sohalari ekspertlarning nuqtayi nazari bilan
tashkilotning ustuvor maqsadlarini amalga oshirishga qaratildi.
3-bosqich
Kadrlar tadbirlarini shakllantirishning tezkor darajadagi
rivojlanishi tashkilotning muayyan maqsadlariga nisbatan har bir
kadrlar boshqaruvi funksiyasining batafsil tavsifi bilan amalga
oshirildi. Bunday batafsil o‘rganish bosqichida “har tomonlama
tafakkurdan foydalanish” uslubi qo‘llanadi.
4-bosqich
Xodimlar faoliyati – mavjud matritsa – “ahamiyat –
resurslarni ta’minlash” dan foydalangan holda baholanishi zarur.
Fikrlar vujudga kelishi bosqichida (3-qadam) tanqidiy baholash
ta’qiqlangan. Shuning uchun, “har tomonlama tafakkurdan
foydalanish” sessiyasida taklif qilingan faoliyatga qo‘shimcha
ravishda tanqidiy nuqtai nazar kerak edi. Manba tasdiqlangan
tadbirlar aniqlangach, muhim voqealar ro‘yxatga olingan. Bu
quyidagicha amalga oshiriladi:
taklif qilingan tadbirlardan eng muhimi tanqidiy aniqlanadi
va ko‘rib chiqish uchun harakatlardan ajratiladi - eng yuqori
daraja beriladi (7), qolgan qismi eng kam ahamiyatga ega - unga
eng kam daraja beriladi (1). Muhim hududga kiritilmagan
faoliyatlar ko‘rib chiqilmaydi. Ular bilan ishlash faqat keyingi
kunga qoldiriladi.
Dostları ilə paylaş: