5.6. Korxonada xodimlar soni hamda ish vaqtini maqsadli rejalashtirish talablari
Korxonada xodimlar mehnatini to‘g‘ri tashkil etish uchun
maqsadlarni puxta o‘ylab joyiga qo‘yish, ularga erishishning aniq
mezonlarini ishlab chiqish va xodimning muayyan individual ish
rejalarini tuzish muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqsad – inson mehnat faoliyati natijasining ideal,
xayoliy shaklda gavdalanishidir. Maqsad xodimning ishlab
chiqarish jarayonidagi mehnat faoliyatini yo‘naltiruvchi va uni
tartibga soluvchi hamda korxonada mehnat unumdorligi darajasini
oshirib boruvchi asosiy vosita hisoblanadi.
Korxona shtat jadvaliga kiritilgan barcha lavozimlar ishlab
chiqarish vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan turli malakali
xodimlar sonini anglatadi. Bu ko‘rsatkich korxonaning ishchi
kuchiga umumiy ehtiyojini ko‘rsatadi. Ish kuchiga amaldagi
ehtiyoj qaysi malakadagi qancha ishchini korxonaning o‘zidan
yoki tashqi mehnat bozoridan ishga jalb etishni ifoda etadi. Ish
kuchiga
umumiy
ehtiyojdan
amaldagi
ehtiyojga
o‘tish
bosqichlarini 10-jadvalda kuzatish mumkin: