GLOSSARIY Personal adaptatsiyasi (xodimlarning mehnat jarayoniga
moslashishi) – tanishish jarayoni, xodimlarning ish (mehnat
faoliyatining) mazmuni va sharoitlariga, Shuningdek, korxonaning
(tashkilotning) ijtimoiy muhitiga moslashishi. Xodimlarni mehnat
jarayoniga moslashtirish – personalni boshqarishning muhim
tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u korxonaning yangi xodimlariga
va ichki rotatsiya tartibida boshqa lavozimga o‘tkazilgan
xodimlarga nisbatan qo‘llanadi. Xodimlar jamoasining inno-
vatsion rivojlanishi sharoitida xodimni mehnatga moslashtirish
personal bilan ishlash tizimining texnik va texnologik jihatdan
yangilanishi hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlarda
muhim va hal qiluvchi yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.