Urganch davlat universiteti


-MA‟RUZA  Mavzu: O„zbek tili asosiy imlo qoidalari va ularning amaliyotga tatbiqi



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

10-MA‟RUZA 

Mavzu: O„zbek tili asosiy imlo qoidalari va ularning amaliyotga tatbiqi 

masalasi  

Reja:  

1. O„zbek tilining yangi alifbodagi asosiy imlo qoidalarining qabul qilinishi. 

2. O„zbek tilining asosiy imlo qoidalarini takomillashtirish muammolari.  

3. Hozirgi o„zbek adabiy tilida orfografik prinsiplar.  

 

Ma‟lumki,  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Alisher  Navoiy 



nomidagi  Toshkent  davlat  o„zbek  tili  va  adabiyoti  universitetini  tashkil  etish 

to„g„risida”gi  Farmonida  universitet  jamoasi  oldiga  qo„yilgan  bir  qator  ulug„vor 

vazifalar sirasida “o„zbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini to„la aks ettiradigan 

mukammal  akademik  va  o„quv  grammatikalarini  yaratish,  uning  tovushlar  tizimi 

va  ularning  yozuvda  aks  etishi,  joriy  imlo  qoidalarini  takomillashtirish  bo„yicha 

ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash, turli mavzu va yo„nalishlar bo„yicha lug„at va 

qomuslar,  risola  va  darsliklar  yaratish” kabilar qo„yilganki, bu  borada universitet 

professor-o„qituvchilari izchil izlanishlar olib borishmoqda.  

Farmonda  ko„rsatilgan  vazifalarni  bajarish  uchun  dastlabki  kunlardayoq 

professor  N.Mahmudov  rahbarligida  universitet  huzurida  Respublikamizdagi 

taniqli  tilshunos-olimlardan,  umumiy  o„rta  ta‟lim  maktablari,  akademik  litsey  va 

kasb-hunar kollejlari o„qituvchilari, Xalq ta‟limi vazirligi qoshidagi ta‟lim markazi 

xodimlaridan iborat “O„zbek tili alifbosi va joriy imlo qoidalarini takomillashtirish 

yuzasidan takliflar tayyorlash bo„yicha ishchi guruh” tuzildi.  

Hozirgacha  “Alisher  Navoiy  nomidagi  Toshkent  davlat  o„zbek  tili  va 

adabiyoti  universiteti  huzuridagi  ishchi  guruhning  lotin  yozuvi  asosidagi  o„zbek 

alifbosi va imlosini takomillashtirish borasidagi takliflari loyihasi ishlab chiqildi.  

Ushbu loyiha ijtimoiy tarmoqlarda e‟lon qilindi. Xususan, filologiya fanlari 

doktori  Saodat  Muhamedova  tomonidan  Facebookning  “O„zbek  tili  jonkuyarlari” 

saytida  universitet  Ishchi  guruh  faoliyati,  bajargan  ishlari  tanishtirib  borildi. 

O„zbek  tilidagi  juda  ko„p  internet  resurslarida  o„zbek  tili  alifbosi  va  joriy  imlosi 

qoidalarini takomillashtirish yuzasidan jamoatchilik fikri yig„ildi, saralandi, ularda 

bildirilgan aniq takliflar ishchi guruhga taqdim qilindi.  

Shu  bilan  birga  bu  masalani  ishlab  chiqishda  O„zbekistonning  ko„plab  oliy 

ta‟lim  muassasalari  mutaxassis  olimlari,  shuningdek,  masalaga  befarq  bo„lmagan 

yurtimiz  fuqarolarining  ziyoli  qatlami  vakillari  o„z  fikr-mulohazalari,  takliflari 

bilan qatnashishdi.  

Hozir  biz  «Ishchi  guruh»ning  ishlari  mazmuni,  joriy  alifbo  va  imloni 

takomillashtirish  bo„yicha  taklif va tavsiyalarini tahlil qilishdan  oldin nega  bunga 



37 

 

ehtiyoj  tug„ilgani,  nima  uchun  muammoni  yechish  zarurati  o„rtaga  chiqqani 



to„g„risida fikr yuritsak, o„rinli bo„ladi deb hisoblaymiz.  

Joriy imlo qoidalarida mavjud bo„lgan ba‟zi kamchilik va izohtalab o„rinlar 

o„tgan  davr  mobaynida  yozuv  amaliyotida  ko„rinib  qoldi.  Garchi  imlo  loyihasini 

tayyorlab,  uni  amalga  kiritgan  ishchi  guruhining  o„z  vaqtida  bu  imlo  qoidalari 

to„plamini  tuzishda  “qoidatalab  til  hodisalarini  e‟tibordan  chetda  qoldirmaslikka, 

ularni  to„la  qamrab  olishga  harakat  qilingani,  natijada  amaldagi  (kirill  alifbosi 

asosidagi)  imlo  qoidalariga  nisbatan  mukammal  qoidalar  to„plami  yaratilgani” 

aytilsa-da,  ayrim  so„zlarni  va  ularning  tarkibiy  qismlarini  yozishda  qoidadan 

chetda qolgan holatlar mavjudligi o„zini ko„rsatdi.  

Masalan  s  harfi,  ayirish  (ъ)  va  yumshatish  (ь)  belgilari  ishtirok  etgan 

so„zlarni  yozishda,  tarkibida  ѐ,  ю,  я  kabi  yolashgan  unlilar  bo„lgan  so„zlar 

imlosida  tahrirtalab,  takomillashtirishga  muhtoj  o„rinlar  mavjud.  Shu  sababli  shu 

paytgacha  nashr  etilgan  imlo  lug„atlarida  bir  so„z  turlicha  berilayotganiga  guvoh 

bo„lmoqdamiz.  

Rus tili orqali o„zlashtirilgan so„zlarda qo„llanadigan ѐ, ю, я harfli so„zlarni 

lotin  alifbosida  berish  ancha  munozarali.  Masalan,  ѐ  harfli  ruscha  so„zlarning 

o„zbekcha imloda yozilishini olib ko„raylik: shofyor, rejissyor, direjyor, aktyor.  

Mazkur  so„zlarning  tranliteratsiyasini  ko„rib  chiqaylik.  Agar  ushbu  so„zlar 

kompyuter  dasturlari  orqali  o„girilsa,  shofyor,  rejissyor,  direjyor,  aktyor  kabi 

so„z  shakllar  yuzaga  keladi.  O„zbek  lotin  alifbosida  ularni  to„g„ri  yozishda  bu 

to„rtta  so„zga  ikki  xil  yondashish  lozim  bo„ladi:  шофёр  va  актёр  so„zlaridagi  ѐ 

lotincha  alifbomizga  yo  shaklida:  shofyor,  aktyor;  режиссёр,  дирежёр  esa  

shaklida:  rejissor,  direjor  tarzida  o„giriladi.  Ayni  mana  shunday  orfografik 

yechim  o„zlashmani  qabul  qiluvchi  so„z  –  o„zbek  tilining  imloviy  me‟yorlariga 

mos keladi, chunki shofyor va aktyor shaklidagi yozuvlar hozirga qadar erishilgan 

talaffuzni ham saqlab qolishga xizmat qiladi”.  

Qayd etish kerakki, O„zFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti 

olimlari  tomonidan  tayyorlanib,  chop  etilgan  “O„zbek  tilining  imlo  lug„ati”da 

(tuzuvchilar:  E.Begmatov,  A.Mirvaliyev.–T.:  Akademnashr,  2013)  shofyor, 

rejissyor, direjyor, aktyor  so„zlarining hammasida  ѐ harfi bir xilda  –  yo  shaklida: 


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin