Urganch davlat universiteti



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

sentabr, oktabr, noyabr tarzida yoziladi.  


34 

 

Demak,  birinchidan,  “я  harfi  o„rnida  endi  ikki  (y  va  a)  harf  qo„llanadi” 



degan  yagona  qoida  berib  bo„lmaydi.  Ikkinchidan,  “ilgari  oxirida  yumshatish 

belgisi  (ь)  qo„llangan  so„zlar  endi  yumashatish  belgisiz  yoziladi”  degan  qoidaga 

ehtiyoj yo„q. Bu xildagi so„zlarning imlosi imlo lug„atlarida qayd etiladi”.  

Darhaqiqat,  matbuot  sahifalarida  ushbu  loyihaga  munosabat  bildirilgan 

maqolalar  ham  chiqa  boshladi.  Masalan,  filologiya  fanglari  nomzodi 

H.Yo„ldosheva  hajman  kichik  maqolasida  juda  o„rinli  takliflarni  bergan.  Ammo 

ular  imlo  qoidalarini  ishlab  chiqishda  inobatga  olinmay  qolgan.  Mutaxassis 

tomonidan  ilgari  surilgan  ayrim  masalalar  bugungi  kunda  yozuvimizda  muammo 

bo„lib  turganini  ta‟kidlash  lozim.  Muallif  shunday  yozadi:  “Imlo  qoidalarini 

ma‟qullash va uning yutuqlarini e‟tirof etish bilan birga unga ayrim qo„shimchalar 

va  tuzatishlar  kiritish  lozimdir:  2.  Loyihada  o„zbek  tiliga  yot  bo„lgan  yolashgan 

unlilar  (е,  ѐ,  ю,  я)dan  voz  kechilishi  ijobiy  hodisadir.  Lekin  ular  endi  qay  tarzda 

yoziladi, degan savol tug„ilishi, tabiiy. Masalan: oktyabr deb yozish kerakmi yoki 

o„ktyabrBroshyura-chi? Broshyura debmi yoki broshura deb yoziladimi?  

Demak, yolashgan unlilarning har biriga qoida berish darkor”. Rus tili va u 

orqali  boshqa  tillardan  o„zlashgan,  tarkibida  ye,  yo,  yu,  ya  bo„lgan  xorijiy 

so„zlarning  o„zbek  tilida  qanday  yozilishi  imlo  qoidalaridan  tashqarida  qoldi. 

To„g„ri,  yangi  imlo  qabul  qilingach,  ayrim  qo„llanmalarda  bu  xildagi  so„zlarning 

yozilish asosi ko„rsatildi. Lekin bunga hamma ham qo„shilmadi. Ular rasmiy hujjat 

bo„lmagandan  keyin  sentyabr,  oktyabr  kabi  so„zlarni  lotin  asosli  imlomizda  bir 

o„rinda  sentabr  va  oktabr,  boshqa  joyda  sentyabr  va  oktyabr  tarzida  yozila 

boshladi. Nashr etilgan imlo lug„atlarda ham har turlilik yuzaga keldi. Ayni paytda 

bu masalani hal qilish uchun joriy imloni takomillashtirishga ehtiyoj sezilmoqda.  

Xullas,  1995-yilning  24-avgustida  O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  339-sonli  qarori  bilan  lotin  grafikasi  asosidagi  yangi  o„zbek 

yozuvining asosiy imlo qoidalari tasdiqlanadi.  

Yangi  (lotin)  o„zbek  _zuvining  imlo  qoidalari  1995-yilning  24-avgustida 

O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  339-sonli  qarori  bilan 

tasdiqlangan  va  shu  yilning  o„zida  "O„zbek  tilining  asosiy  imlo  qoidalari"  nomi 

bilan kitobcha shaklida nashr qilingan. U quyidagi 7 bo„limni o„z ichiga oladi:  

1. Harflar imlosi:  

Unlilar imlosi (1-7-qoidalar).  

Undoshlar imlosi (8-32-qoidalar).  

2. Asos va qo„shimchalar imlosi (33-37-qoidalar).  

3. Qo„shib yozish (38-50-qoidalar).  

4. Chiziqcha bilan yozish (51-56-qoidalar).  

5. Ajratib yozish (57-65-qoidalar).  

6. Bosh harflar imlosi (66-74-qoidalar).  



35 

 

7. Ko„chirish qoidalari (75-82-qoidalar).  



Jami 82 moddadan iborat imlo qoidalari mavjud.  

Aytib  o„tilganidek,  “imloga  aloqasi  bo„lmagan  hodisalarga,  shuningdek, 

qoida  berish  talab  etilmaydigan  til  birliklariga  yangi  imlo  qoidalari  to„plamida 

o„rin berilmagani, bu bilan imlo qoidalari ixcham bo„lishiga erishilgani” maqolada 

qayd etilgan. Ammo yozuv amaliyotida o„tgan davr tajribasi shuni ko„rsatadiki, bir 

qator  o„zlashma  so„zlarning  yozilishi  qoidadan  tashqarida  qolib  ketgan.  Natijada, 

hozirda  yozuv  amaliyotida  bir  so„zni  turlicha  yozish  hollari  yuzaga  keldi.  Buni 

bartaraf etish uchun joriy imlo qoidalarini takomillashtirish talab etiladi.  

O„zbek adabiy tili uchun muhim manba  bo„lgan shevalarning imlosi uchun 

o„ziga xos yozuv turi trankripsiya mavjud. Transkripsiya lotincha “qayta yozish” 

degan ma‟noni bildiradi.  

“Jonli  so„zlashuv  tilidagi  (ishevalardagi)  konkret  nutq  tovushlarini 

(fonemaning  variatsiyalari,  variantlari)  yozuvda  ifodalash  uchun  qo„lianiladigan 

harflar, belgilar sistemasiga transkripsiya deyiladi”. Bu ta‟rif ayni o„rinida fonetik 

transkripsiyani  anglatadi,  chunki  konkret  nutq  tovushini  yozib  olishda  fonetik 

transkripsiyadan foydalaniladi.  

Transkripsiya qo„llanish doirasiga ko„ra ikki xil bo„ladi:  

1. Xalqaro transkripsiya. Bu transkripsiya lotin alifbosiga asoslanadi.  

2.  Milliy  transkripsiya.  Bu  har  bir  milliy  tilning  amalda  bo„lgan  yozuvi 

tizimiga  asoslanadi.  O„zbek  milliy  transkripsiyasi  bugungi  kunda  ikki  xil  yozuv 

asosida  shakllantirilgan.  1.  Kirill  yozuvi  asosida  bo„lib,  professor  V.V.Reshetov 

tomonidan  ishlab  chiqilgan.  2.  Lotin  grafikasi  asosidagi  transkripsiya  bo„lib, 

keying davr olimlari tomonidan qo„llanilmoqda.  

Shunday bo„lishiga qaramay, shevalarni yozib olishda har doim ham mavjud 

transkripsiyalarga  to„la  rioya  qilmaydilar,  chunki  shevalardagi  tovushlarni 

belgilashda  har  bir  tadqiqotchi  ma‟lum  darajada  erkinlikka  erishishlariga  ruxsat 

etiladi.  

Transkripsiya til tarixini o„rganishda ham qollaniladi. Bunda yodgorliklarda 

u  yoki  bu  tovushning  (fonemaning)  talaffuz  (artikulyatsion-akustik)  me‟yorini 

belgilash zaruriyatidan kelib chiqiladi. Transkripsiyani transliteratsiyadan farqlash 

zarur.  Transliteratsiya  bir  tildagi  bir  yozuv  tizimida  yozilgan  matnlarni  ikkinchi 

yozuv tizimiga ag„darishni anglatadi. Masalan, arab yozuvidagi matnlarni kirillga, 

kirilldan lotin yozuvi asosidagi yangi yozuvga ko„chirish transliteratsiyadir.  

 

 



 

 

 




36 

 


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin