34
Demak, birinchidan, “я harfi o„rnida endi ikki (y va a) harf qo„llanadi”
degan yagona qoida berib bo„lmaydi. Ikkinchidan, “ilgari oxirida yumshatish
belgisi (ь) qo„llangan so„zlar endi yumashatish belgisiz yoziladi” degan qoidaga
ehtiyoj yo„q. Bu xildagi so„zlarning imlosi imlo lug„atlarida qayd etiladi”.
Darhaqiqat, matbuot sahifalarida ushbu loyihaga munosabat bildirilgan
maqolalar ham chiqa boshladi. Masalan, filologiya fanglari nomzodi
H.Yo„ldosheva hajman kichik maqolasida juda o„rinli takliflarni bergan. Ammo
ular imlo qoidalarini ishlab chiqishda inobatga olinmay qolgan. Mutaxassis
tomonidan ilgari surilgan ayrim masalalar bugungi kunda yozuvimizda muammo
bo„lib turganini ta‟kidlash lozim. Muallif shunday yozadi: “Imlo qoidalarini
ma‟qullash va uning yutuqlarini e‟tirof etish bilan birga unga ayrim qo„shimchalar
va tuzatishlar kiritish lozimdir: 2. Loyihada o„zbek tiliga yot bo„lgan yolashgan
unlilar (е, ѐ, ю, я)dan voz kechilishi ijobiy hodisadir. Lekin ular endi qay tarzda
yoziladi, degan savol tug„ilishi, tabiiy. Masalan: oktyabr deb yozish kerakmi yoki
o„ktyabr? Broshyura-chi? Broshyura debmi yoki broshura deb yoziladimi?
Demak, yolashgan unlilarning har biriga qoida berish darkor”. Rus tili va u
orqali boshqa tillardan o„zlashgan, tarkibida ye, yo, yu, ya bo„lgan xorijiy
so„zlarning o„zbek tilida qanday yozilishi imlo qoidalaridan tashqarida qoldi.
To„g„ri, yangi imlo qabul qilingach, ayrim qo„llanmalarda bu xildagi so„zlarning
yozilish asosi ko„rsatildi. Lekin bunga hamma ham qo„shilmadi. Ular rasmiy hujjat
bo„lmagandan keyin sentyabr, oktyabr kabi so„zlarni lotin asosli imlomizda bir
o„rinda sentabr va oktabr, boshqa joyda sentyabr va oktyabr tarzida yozila
boshladi. Nashr etilgan imlo lug„atlarda ham har turlilik yuzaga keldi. Ayni paytda
bu masalani hal qilish uchun joriy imloni takomillashtirishga ehtiyoj sezilmoqda.
Xullas, 1995-yilning 24-avgustida O„zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 339-sonli qarori bilan lotin grafikasi asosidagi yangi o„zbek
yozuvining asosiy imlo qoidalari tasdiqlanadi.
Yangi (lotin) o„zbek _zuvining imlo qoidalari 1995-yilning 24-avgustida
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan
tasdiqlangan va shu yilning o„zida "O„zbek tilining asosiy imlo qoidalari" nomi
bilan kitobcha shaklida nashr qilingan. U quyidagi 7 bo„limni o„z ichiga oladi:
1. Harflar imlosi:
Unlilar imlosi (1-7-qoidalar).
Undoshlar imlosi (8-32-qoidalar).
2. Asos va qo„shimchalar imlosi (33-37-qoidalar).
3. Qo„shib yozish (38-50-qoidalar).
4. Chiziqcha bilan yozish (51-56-qoidalar).
5. Ajratib yozish (57-65-qoidalar).
6. Bosh harflar imlosi (66-74-qoidalar).
35
7. Ko„chirish qoidalari (75-82-qoidalar).
Jami 82 moddadan iborat imlo qoidalari mavjud.
Aytib o„tilganidek, “imloga aloqasi bo„lmagan hodisalarga, shuningdek,
qoida berish talab etilmaydigan til birliklariga yangi imlo qoidalari to„plamida
o„rin berilmagani, bu bilan imlo qoidalari ixcham bo„lishiga erishilgani” maqolada
qayd etilgan. Ammo yozuv amaliyotida o„tgan davr tajribasi shuni ko„rsatadiki, bir
qator o„zlashma so„zlarning yozilishi qoidadan tashqarida qolib ketgan. Natijada,
hozirda yozuv amaliyotida bir so„zni turlicha yozish hollari yuzaga keldi. Buni
bartaraf etish uchun joriy imlo qoidalarini takomillashtirish talab etiladi.
O„zbek adabiy tili uchun muhim manba bo„lgan shevalarning imlosi uchun
o„ziga xos yozuv turi trankripsiya mavjud. Transkripsiya lotincha “qayta yozish”
degan ma‟noni bildiradi.
“Jonli so„zlashuv tilidagi (ishevalardagi) konkret nutq tovushlarini
(fonemaning variatsiyalari, variantlari) yozuvda ifodalash uchun qo„lianiladigan
harflar, belgilar sistemasiga transkripsiya deyiladi”. Bu ta‟rif ayni o„rinida fonetik
transkripsiyani anglatadi, chunki konkret nutq tovushini yozib olishda fonetik
transkripsiyadan foydalaniladi.
Transkripsiya qo„llanish doirasiga ko„ra ikki xil bo„ladi:
1. Xalqaro transkripsiya. Bu transkripsiya lotin alifbosiga asoslanadi.
2. Milliy transkripsiya. Bu har bir milliy tilning amalda bo„lgan yozuvi
tizimiga asoslanadi. O„zbek milliy transkripsiyasi bugungi kunda ikki xil yozuv
asosida shakllantirilgan. 1. Kirill yozuvi asosida bo„lib, professor V.V.Reshetov
tomonidan ishlab chiqilgan. 2. Lotin grafikasi asosidagi transkripsiya bo„lib,
keying davr olimlari tomonidan qo„llanilmoqda.
Shunday bo„lishiga qaramay, shevalarni yozib olishda har doim ham mavjud
transkripsiyalarga to„la rioya qilmaydilar, chunki shevalardagi tovushlarni
belgilashda har bir tadqiqotchi ma‟lum darajada erkinlikka erishishlariga ruxsat
etiladi.
Transkripsiya til tarixini o„rganishda ham qollaniladi. Bunda yodgorliklarda
u yoki bu tovushning (fonemaning) talaffuz (artikulyatsion-akustik) me‟yorini
belgilash zaruriyatidan kelib chiqiladi. Transkripsiyani transliteratsiyadan farqlash
zarur. Transliteratsiya bir tildagi bir yozuv tizimida yozilgan matnlarni ikkinchi
yozuv tizimiga ag„darishni anglatadi. Masalan, arab yozuvidagi matnlarni kirillga,
kirilldan lotin yozuvi asosidagi yangi yozuvga ko„chirish transliteratsiyadir.