abjad hisobi bilan aniq ifodalaydigan maxsus nazmiy asar bo„lib, qofiyalanish va
43
hajm jihatidan qat‟iy bir qoidaga ega emas. Shu sabab u masnaviy, qasida, g„azal
va boshqa janrlarda ham yozilishi mumkin.
Ta‟rixlar asosan qo„lyozma yodgorliklarning yozilishi, xotima topishi,
nusxalar ko„chirilib tugallanishi, hukmdorlarning taxtga o„tirishi yoki chetlatilishi,
harbiy yurishlar vaqtidagi g„alaba yoxud mag„lubiyat, madrasa, masjid, yirik
inshootlarining qurilishi, ta‟mirlanishi, tabiat hodisalarining sodir bo„lishi bilan
bog„liq voqealar munosabati bilan bitilgan.
Ta‟rix janri ba‟zi xususiyati bilan muammoga o„xshab ketadi. Muammoda
biron nom yashirib berilsa, ta‟rixda biron raqam, sana yashiringan bo„ladi. Ana shu
sana yashiringan so„z yoki ibora «ta‟rix moddasi» deb atalgan va u she‟r
mazmuniga ma‟nan mos kelishi va tarkibidagi harflarning son ifodasi shoir
nazarda tutgan sanani aniq ifodalashi shart bo„lgan. Raqamlarni she‟rga kiritish
vazn nuqtayi nazaridan qiyin bo„lgani sabab, shoirlar abjad hisobiga murojaat
qilganlar. Ya‟ni ro„y bergan voqea sanasini harflar orqali ifodalash usulini qo„llab
ta‟rixlar yaratganlar. Bu usul turli sanalarni so„zlar vositasida oson yodda saqlab
qolishni ham ta‟minlagan.
Mashhur ajdodlarimizdan biri Pahlavon Mahmud o„limiga “Xivaqiy” so„zi
ta‟rix qilib yozilgan.
Mirzo Ulug„bekning vafotiga yozilgan ta‟rix, uning qotili nomi bilan
bitilgan, “Abbos kusht” ya‟ni, Abbos o„ldirdi. Mazkur so„zlar ta‟rix moddasi deb
yuritiladi. Ular tarkibidagi harflarning raqamlari hijriy yilni keltirib chiqaradi.
Melodiyga aylantirish uchun: Hij – Hij:33+622=Melodiy yil.
Hijriyga aylantirish uchun: Mel – 622+(Mel – 622:32)=Hijriy yil.
Dostları ilə paylaş: