Abjad hisobi haqida
Arab yozuvi o„zining go„zalligi, xushxatligi bilan jahon xalqlarining
e‟tiborini doimo jalb qilib kelgan. Sababi uning boshqa xalqlar yozuvidan farqli
o„laroq bir necha muhim vazifani ado eta olganidadir. Avvalo, arab yozuvi ma‟no
tashish vositasi sifatida ahamiyatli, qolaversa, o„quvchiga yuksak estetik zavq
ulashuvchi san‟at asari sifatida qimmatlidir. O„tmishda bu yozuv tarixiy
yodgorliklar, ulkan inshootlar, osori atiqalar uchun naqsh, bezak vazifasini ham
bajargan. Bulardan tashqari, uning yana bir muhim vazifasi bor, u ham bo„lsa arab
alifbosidagi harflarning raqam, son ma‟nosini ifoda etish bilan bog„liqligidir.
Manbalardan ma‟lum bo„lishicha, arablar (miloddan 2000 yil ilgari) o„z
alifbolarini tuzishda qadimgi yozuvlar bo„lmish finikiya va oromiy yozuvlaridan
harflar nomlarini va ular bilan birga har bir harfning raqamiy tengligini ham
olganlar. Demak, abjad hisobining tartibi finikiya va oromiy yozuvlaridan kelib
chiqqan. Arablar bu usulni biroz takomillashtirdilar. Ular oltita harf ixtiro qilib,
besh yuzdan minggacha bo„lgan son ifodalarini hosil qildilar. Shu tariqa arablarda
yigirma sakkiz harfni o„zida jamlovchi 8ta atama hosil bo„lgan. Bular quyidagilar:
namalak
hittu
havvaa
aajaa
هملک
یﻄح
صﻮه
ذجبﺍ
50 40 30 20
10 9 8
7 6 5
4 3 2 1
zazag„
saxxaz
qarashat
Sa‟fas
ػﻈض
زخث
ﺖششق
ﺺفعع
1000 900 800
700 600 500
400 300 200 100
90 80 70 60
صﻮه
Dostları ilə paylaş: |