s tarzida – yagona tovush sifatida aytmaydi, balki yozuvda ko„rganiga muvofiq
(asosan) t ni alohida, s ni alohida o„qishga majbur bo„ladi: antit-sik-lon, biot-sikl,
bit-sikl, bitsilindr, geot-sentrik kabi. Oqibatda bu kabi so„zlarning g„ayritabiiy
talaffuzi hosil bo„ladi. Shunday ekan, o„quvchini chalkashtiradigan, so„zlarning
o„zbekcha talaffuz me‟yorlarini buzadigan, tilimiz tabiatiga yot bo„lgan
tavsiyalarni yoqlab bo„lmaydi. Bu tavsiyalar mahsuli imlo lug„atlaridan joy olgach,
majburiylik maqomini da‟vo qiladiki, ular tufayli lug„at tuzuvchilari tuzatmoqchi
bo„lgan imlomizdagi “har xillik”, aksincha, yana ko„payganini ko„ramiz. Shuning
uchun
Sh.Rahmatullayevning
s
uchun tavsiyalarini, xususan, “...old
qo„shimchadan keyin... s harfi yoziladi: antisiklon...” tavsiyasini butunicha qoida
uchun qabul qilish va tegishli so„zlarni ularga amal qilgan holda yozish to„g„ri deb
hisoblaymiz: biosikl, bisikl, bisilindr, geosentrik kabi.
T.Tog„ayevning yangi imloni takomillashtirish yuzasida takliflarini keltirib
o„tishni lozim topdik: “...joriy imlo qoidalariga ba‟zi tuzatish va qo„shimcha
qoidalar kiritish lozim. Masalan:
1. «O„zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ning «Asos va qo„shimchalar
imlosi» qismidagi 37-qoidaning 1) bandi uchun berilgan imlo qoidasi
nomukammal chiqqan. Shunday qoida yozilgan: “taqlid so„zlardan fe‟l yasovchi -
Dostları ilə paylaş: |