undov va ko„p nuqta belgilarining qo„llanish holatlari misollar asosida izohlanadi.
47
2. Tinish belgilarining gap ichida qo„llanilishi bo„limida esa vergul, nuqtali
vergul, tire, ikki nuqta, qavs, qo„shtirnoq kabi belgilarning ishlatilish holatlariga
to„xtalinadi.
13-MA‟RUZA
Mavzu: O„zbek leksikografiyasi tarixidan
Reja:
1. Turkiy tillar taraqqiyotida lug„atlarning o„rni.
2. “Devoni lug„ot-it turk” asarining ahamiyati.
3. Eski o„zbek tiliga mansub lug„atlar va ularning xarakterli jihatlari.
4. O„tgan asrda yaratilgan lug„atlar va ularning o„zbek imlosi taraqqiyotida
tutgan o„rni.
Lug„atchilik tarixi ya‟ni, dunyo lug„atchiligi tarixi qadim mingyilliklarga
borib taqaladi. Jumladan, o„zbek lug„atchiligi tarixi ham bir necha ming yillar
avval shakllana boshlagan. O„zbek lug„atchiligi shakllanishining ilk bosqichlari XI
asrda buyuk bobokalonimiz Mahmud Koshg„ariyning “Devonu lug„ati-t-turk” asari
bilan boshlanadi. Mahmud Koshg„ariy “Devonu lug„ati-t-turk” asarini yaratib
o„zbek lug„atchiligining shakllanishiga ilk tamal toshini qo„ygan desak mubolag„a
bo„lmaydi.
“Devonu lug„ati-t-turk” asari turkiy tilshunoslikning bizga ma‟lum bo„lgan
ilk yirik, shuning bilan birga, tengi yo„q ulug„ yodgorligidir. O„z zamonida asar
arablarga, qolaversa, arab tili orqali Sharq-u G„arb xalqlariga qadimgi turklarning
tili, madaniyati, urf-odatlari va tarixi to„g„risida atroflicha ma‟lumot beruvchi
qomusiy kitob sifatida yaratilgan.
Asar arabchada “Divanu lug„ati-t-turki” deb atalgan. Ushbu atamada: divan-
“devon” – bu o„rinda so„zlarning muayyan izchillikdagi to„plami; “lug„at” –
“so„zlar” degani; uning izohlovchisi bo„lmish turki – “turk” ma‟nosida bo„lib,
o„sha zamondagi turkiy tilni bildiradi. “Divanu lug„ati-t-turki”ning so„zma-so„z
tarjimasi va izohi „Turk so„zlari devoni” demakdir.
“Devonu lug„ati-t-turk” asari ikki qismdan iborat bo„lib, u muqaddima va
lug„at qismlaridan tuzilgan. Muqaddimada asarning yaratilish sababi, o„sha davrda
turkiylar ishlatgan yozuv, ot yasalishi, otlar va fe‟llardagi orttirmalar, lug„atning
tuzilish usullari, turkiy xalqlarning bayoni, joylashuv o„rni, turkiy tilning
xususiyatlari, lahjalardagi farqlar to„g„risida so„z yuritilgan.
Asarda har bir so„zning ma‟nolari (polisemiya, omonim, antonim, arxaik
so„zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so„zlarning etimologiyasi beriladi. Tovushlar
tahlili ancha mukammal. Unli va undosh fonemalar, cho„ziq va qisqa unlilar
farqlanadi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar ochib beriladi.
48
Koshg„ariy asarning muqaddima qismida shunday fikrni keltiradi: “Men bu
kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so„zlar, sajlar, maqollar , qo„shiqlar, rajaz
va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. Qattiq joylarini yumshatdim,
qiyin va qorong„u joylarini yoritdim. Bu ish ustida so„zlarni o„z joyiga qo„yish,
kerakli so„zlarni osonlik bilan topish uchun bir necha yil mashaqqat tortdim.
Nihoyat, kerakli so„zlarni joyida ko„zlaydigan, qiyinchiliksiz topa oladigan bir
holga keltirdim” (2;15-b).
Asarning lug„at qismi sakkiz bo„limdan iborat bo„lib, bo„limlarning har biri
kitab deb atalgan. Morfologiya qismida so„zlar arab tilshunosligi an‟analariga
ko„ra uchga ajratiladi: fe‟l, ism va bog„lovchi. So„zlarning yasalish va bog„lanish
xususiyatlari haqida ham aytib o„tiladi.
“Devonu lug„ati-t-turk” ning lug„at qismida 7500 so„z sakkiz bo„limda
izohlanadi. Mahmud Koshg„ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy
usuldan foydalanib, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri
sifatida maydonga kelgan edi.
O„zbek lug„atchiligida Navoiy asarlari uchun tuzilgan lug„atlar alohida
o„ringa ega. Navoiy asarlariga tuzilib bizgacha yetib kelgan lug„atlarning eng
qadimiysi “Badoyi al-lug„at” idir. Bu lug„at muallifi Tole‟ al-Imoniy al-Hiraviy
haqida deyarli ma‟lumotlar yo„q. Ushbu lug„at qo„lyozmasi bilan tanishgan kishi
Tole‟ Hiraviyning o„qimishli kishi bo„lganiga ishonch hosil qiladi. Uning forsiy,
turkiy va arabiy tillarini bilgani adab ilmlarini egallagani lug„at kirishining qofiyali
saj bilan yozilganidan ko„rinib turibdi. (3;4-b)
Hiraviy lug„atni Husayn Boyqaro topshirig„i bilan 1500-yillarda tuzgan. Bu
haqida muallif asarning muqaddima qismida ma‟lumot berib o„tadi. Hozircha
lug„atning ikki nusxasi ma‟lum bo„lib, biri Eronda, Sipohsolar kutubxonasida,
ikkinchisi Sankt-Peterburg xalq kutubxonasida saqlanmoqda.
Lug„atning
Sankt-Peterburg
shahridagi
qo„lyozmasi
1750-yillarda
ko„chirilgan bo„lib, 1960-yilda A.K. Borovkov tomonidan nashr qilingan. „Badoyi
al-lug„at” uch qismdan iborat bo„lib, kirish, lug„at teksti va zayl ya‟ni
qo„shimchalarni o„z ichiga oladi.
Kirish epistolyar janr namunasi. U qofiyali proza-saj bilan yozilgan. Orada
she‟riy parchalar ham keltiriladi. Muqaddimadan ma‟lum bo„lishicha, Navoiy
she‟rlarini tushinish uchun zarur ba‟zi qiyin eski o„zbek so„zlarini o„z ichiga
oluvchi qisqa lug„at tuzish kerak bo„lgan.
“Badoyi al-lug„at” Navoiy asarlarida uchraydigan avvalo turkiy va
mo„g„ulcha so„zlarni, so„ng esa juda kam miqdorda arabiy so„zlarni ham o„z ichiga
olgan lug„atdir.
Shu bilan birga Hiraviy bu so„zlarning ma‟nolari fors tilida izohlangani yoki
tushintirilgani uchun “Badoyi al-lug„at” ikki tilli lug„atlar turiga ham kiradi. O„sha
49
davrga ya‟ni XV asrga kelib, bunday ikki tilli lug„atlarni tuzishda katta tajriba
yig„ilgan edi. Arabcha-forscha, forscha-turkcha, shuningdek, turkcha-arabcha
lug„atlar ko„plab tuzilgan bo„lib, katta izohli lug„atlar qatori tarjimali lug„atlar
tuzish bo„yicha ham boy leksikografik traditsiyaning mavjudligi “Badoyi al-
lug„at”ni yaxshi leksikografik saviyada tuzish imkonini berdi.
Lug„atdan jami 854 ta so„z o„rin olgan bo„lib, ular 24 bobga joylashtirilgan.
Har bir so„z o„zining ma‟nolari va shu ma‟nolar isboti uchun keltirilgan misollar,
ilyustratsiyalar bilan birga mustaqil lug„at maqolani tashkil qiladi hamda
qo„lyozmada uning bosh so„zi sifatida lug„at tekstidan ajratilib, qizil siyoh bilan
bitilgan, ba‟zan ustiga chiziq ham tortib qo„yilgan.
“Badoyi al-lug„at” tuzilishidagi eng muhim shartlardan biri – so„zlarning
ma‟nolarini tasdiqlovchi misollarning keltirilishidir. Tole‟ Hiraviy bu uslubni
lug„atning kirish qismidayoq ta‟kidlab o„tgan. Bu misollar “shohid” deb ataladi va
ular, asosan, Alisher Navoiy “Xamsa”sining “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”,
“Layli va Majnun”, “Sab‟ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”, va “Lison ut- tayr”
dostonlari, “Mahbub ul-qulub”, “Majolis un-nafois” asarlaridan olingan. Bundan
tashqari, Tole‟ Hiraviy ayrim misollarning “Chor devon”dan olinganini ham
ta‟kidlab o„tadi. Lug„atda Lutfiy, Husayn Boyqaro, she‟rlaridan va Mir
Haydarning “Maxzan ul-asror” asarlaridan ham misollar olingan. Shuningdek,
Suhayliy va Azraqiy she‟rlaridan bittadan misollar keltirilgan.
Shunday qilib, bu lug„at o„zidan keyin tuzilgan lug„atlar uchun ajoyib manba
vazifasini o„tadi. Hozirgi kunda esa tilshunos, adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va
shoirlar uchun unutilgan yoki unutilayozgan, lekin Haydar Xorazmiy, Lutfiy,
Navoiy, Bobur kabi ulug„ allomalar iste‟molida bo„lgan so„zlarni o„z sahifalarida
saqlab turgan bebaho xazinadir.
Navoiy asarlariga tuzilgan yana bir lug„at “Abushqa” lug„atidir. Lug„at
bundan 450 yil muqaddam tuzilgan bo„lib, uni o„zbek tilida yaratilgan birinchi
izohli lug„at deyish mumkin. Ushbu lug„atning fanda o„ndan ortiq nusxalari
ma‟lum bo„lib, ularning eng qadimgilari chet el xazinalarida. Lug„atning 1552-
yilda kitob qilingan Vena nusxasidan foto ko„chirma olingan edi. Endi Tehron
nusxasidan ham ko„chirma olindi. Foto nusxasidan ko„rinib turibdiki, qo„lyozma
to„liq va yaxshi saqlangan.
Lug„at yirik nasta‟liq xatida yozilgan. Hajmi 201 varaq, ya‟ni 402 betdan
iborat. Har bir betda to„rttadan sakkiztagacha so„z misollar bilan izohlangan.
Lug„atning bu nusxasi Tehrondagi Malak kutubxonasida “Farhangi devoni Alishe
Navoiy” nomli qo„lyozma tarkibida saqlanmoqda. Hozirgacha bu lug„at muallifi
noma‟lum edi.
Vena va Tehron nusxalarini solishtirish natijasida uning muallifi Turk olimi
Mustafo Binni Sodiq ekanligi ma‟lum bo„ldi. Ammo uning tartib berilgan yili hali
50
ham noma‟lum. Hozircha lug„atning bizga ma‟lum eng qadimgi Vena shahridagi
nusxasi 1552-yilgi tarixga ega. Lug„atda so„z ma‟nosi, asosan, 2 xil usulda ochib
berilgan. Birinchi usulda lug„atshunos so„z ma‟nosini bir so„z bilan lo„nda
ifodalaydi. Chunonchi, ko„kumtul so„zi ko„m-ko„k deb izohlangan.
Ikkinchi usulda so„z ma‟nosi tushuntirish yo„li bilan ochib berilgan. qirov-
qirag„u demakdurki, savuq ayyomda gecha ila havodan yera dushar yeri ag„arduri
“Navodir-ush shabob” da kelur. Bayt:
Xullai kofurg„un ul xil‟ati xuzro uza,
Sabzai xuzroya go„yo tushti rahmatdir qirov.
Alisher Navoiy asarlariga tuzilgan lug„atlardan “Abushqa” o„zining leksik
materialni qamrab olishi jihatidan “Badoyi al-lug„at” ga nisbatan boyligi va keng
o„quvchilar ommasi foydalanishi uchun qulayligi tufayli uning qo„lyozma
nusxalari keng tarqalgan. Bu esa lug„atni ilmiy muomalaga kiritish ishini birinchi
navbatda amalga oshirishning omili bo„ldi. Natijada “Abushqa” navoiyshunoslar,
turkologlar va o„zbek klassik adabiyoti mutaxassislari uchun tez-tez murojaat qilib
turiladigan kitobga aylanishiga olib keldi.
Shunday qilib “Abushqa” lug„ati ham boshqa lug„atlar kabi Navoiy
asarlariga yaratilgan mukammal asarlardan biridir. “Abushqa” lug„ati Navoiy
davridan boshlab hozirgi kunga qadar Navoiy asarlarini o„rganishda qimmatli
manba hisoblanadi. “Abushqa”dan so„ng ikki asr davomida Alisher Navoiy
asarlariga bag„ishlangan katta lug„at tuzilgani ko„zga tashlanmaydi. Bu davr ichida
Navoiy asarlari qo„lyozmalari hoshiyalariga bitilgan kichik lug„atlargina shu
qo„lyozmalar bilan birga bizgacha yetib kelgan.
Eski o„zbekcha-forscha lug„atnavislik an‟analarining XVIII asrdagi ravnaqi
Mirza Muhammad Mahdiyxon nomi bilan bog„liq, lekin uning hayot yo„li haqida
ma‟lumot juda kam. Mirza Mahdiyxon Navoiy asarlariga bag„ishlab o„zining
“Sangloh” lug„atini tuzgan.
Bu lug„at Navoiy asarlari bo„yicha tuzilgan eng katta lug„at hisoblanadi.
“Sangloh”ning o„zidan oldingi lug„atlarga nisbatan beqiyos katta hajmi ko„zga
tashlanadi. 6181 lug„at maqolani o„z ichiga olgan bu lug„at “Badoyi al -lug„at” va
“Abushqa” dagi hamma so„z va so„z formalarini birga qo„shib sanaganda ham
ulardan bir necha marta ko„p o„rin egallashi aytilgan. Mirza Mahdiyxon turkiy
xalqlarning afshar urug„idan bo„lib, u Eron shohi Nodirshohning kotibi bo„lgan.
Lug„at tuzishdan maqsadi Navoiy asarlarida uchraydigan qiyin so„zlar
ma‟nosini forsiyzabon xalqlarga ochib berish edi. Shuning uchun u lug„atni
“Sangloh”, ya‟ni toshli yer, toshloq deb atadi. Lug„at 1759-1760-yillarda yozib
tugallangan. Mahdiyxon kitobning nomlanishi haqida lug„atning kirish qismida
o„zbek tili va Navoiy leksikasi va iboralarining salobati va so„zlarining qiyin
(qattiq)ligi sababli kitobga “Sangloh” deb nom qo„yganini aytadi. (4;33-b)
51
Hozircha lug„atning uch nusxasi aniqlangan bo„lib, ular Angliya qo„lyozma
xazinalari fondida saqlanadi.
“Sangloh” lug„ati1960-yilda mashhur ingliz olimi Djerard Kloson
tomonidan turli sharh va izohlar bilan Londonda nashr ettiriladi. Lug„atshunos so„z
ma‟nolarini ochish uchun, asosan, Alisher Navoiyning poetik asarlariga murojaat
qiladi. Ayrim hollarda qo„shimcha ravishda Bobur, Husayn Boyqaro, Lutfiy kabi
shoirlar ijodidan ham misollar keltiriladi. Ushbu lug„atning boshqa mumtoz
lug„atlardan farqi shuki, “Sangloh” da birinchi marta nasriy asarlardan ham
misollar keltirilgan.
Lug„atda Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan juda ko„p nodir so„zlar
ma‟nosi ochib berilgan. Bunday so„zlar boshqa lug„atlarda uchramaydi. Shulardan
biri qadam tashlash, yurish ma‟nosidagi “Mangish” so„zidir. Bu so„z ma‟nosi
Mahdiyxon tarafidan quyidagicha izohlanadi: mangish – kun ustida sukun, forsiy
“k” (ya‟ni “g”) kasrali, ma‟nosi xirom va raftor qadam tashlamoq, chunonchi,
“Layli va Majnun” da uchraydi:
Bir-bir mangishda yuz latofat,
Yo„q-yo„qki sochib jahonga ofat.
Mahdiyxon lug„atning fonetik tuzilishini bayon qilish chog„ida XVIII asr
Astrobod o„zbeklarining tili haqida noyob ma‟lumotlar yozib qoldirgan. Bu
ma‟lumotlarga ko„ra o„sha davr tilida 9 ta unli (ulardan 6 tasi fonologik
ahamiyatga ega), 28 ta undosh tovush bo„lganligi haqida ma‟lumot beradi.
Muallif so„z ma‟nolarini izohlar ekan , ularning ko„chma ma‟nolarini
alohida qayd qilib o„tadi. Chunonchi, etak so„zini izohlar ekan, uning asosiy
ma‟nosi forscha doman ekanligini ko„rsatadi, shu bilan uning majozan tog„ etagi
ma‟nosini anglatishini quyidagicha yozadi: etak – (forscha) ma‟nosi doman,
arabcha zayl, majozan tog„ning etagi.
Biz yuqorida keltirgan lug„atlar eski o„zbek lug„atlarining eng asosiylari
hisoblanadi. Bulardan tashqari, o„nlab lug„atlar bor. Ular jumlasiga “Kitobi lug„ati
atrokiya”, “Farhangi Hazrati Alisher mullaqab ba al-Navoiy” kabi lug„atlar ham
manbalarda ketirib o„tiladi. (5; 22-b)
O„zbek lug„atchiligi taгixida XX asг alohida o„гin tutadi. Bu davrda tuгli
maqsadlarni ko„zda tutgan ko„plab terminologik lug„atlaг, o„quv va imlo lug„atlaгi,
ikki va uch tilli so„zlagichlar yaгatildi. Bunda, ayniqsa, ruscha-o„zbekcha va
o„zbekcha-ruscha, shuningdek, o„zbek tilini boshqa yevropa va xorijiy shaгq tillari
bilan qiyoslab o„rganishga mo„ljallangan lug„atlaг alohida o„rin tutadi.
Ularning eng muhimlari sifatida E.D.Polivanovning “Qisqacha rnscha-
o„zbekcha lug„at”i (Toshkent, Moskva, 1926), Ashuгali Zohiгiyning 2 jildli
“Ruscha-o„zbekcha mukammal lug„ati” (34 ming so„z; Toshkent 1927-28),
K.K.Yudaxinning “Qisqacha o„zbekcha-гuscha lug„ati” (aгab grafikasida,
52
Toshkent 1927), U.Ahmadjonov va B.Ilyosovning “O„zbekcha-ruscha lug„at”i
(lotin grafikasida, Toshkent 1931), S.Rahmatiy va Abdulla Qodiriylarning
“Ruscha-o„zbekcha to„la so„zlik” (2-jild, 34 ming so„z; Toshkent-Qozon,1934,
lug„atning 1-jildi nashr etilmay qolgan), V.V.Reshetovning “Qisqacha o„zbekcha-
гuscha lug„at”i (Toshkent, 1935) kabilarni ko„гsatish mumkin.
40-yillarning boshlarida 17 ming so„zli “O„zbekcha-гuscha lug„at”
(Toshkent, 1941) va 30 ming so„zli “Ruscha-o„zbekcha lug„at” (Toshkent, 1942)
yaratildi va nashr etildi. Professor Qori-Niyoziy va professor A.Borotov tahriri
ostida tayyoriangan ushbu lug„ati so„zligining taгkibi jihatidan ham, lug„at
maqolalarining to„laligi jihatidan ham avval nashr etilgan lug„atlardan ancha
mukammal edi.
O„zFA Til va adabiyot instituti leksikograflarining гespublikadagi tajгibali
tarjimonlar bilan hamkoriikda yaгatgan 5 jildli “Ruscha-o„zbekcha lug„at”ning
bosilib chiqishi (78 ming so„z, Toshkent, 1950-55), 50 ming so„zli 1-jildli
“Ruscha-o„zbekcha lug„at” (M., 1954) va 40 ming so„zli 1 jildli “O„zbekcha-
ruscha lug„at” (M., 1959) kabi lug„atlarning nashr qilinishi o„zbek
leksikografiyasining tarixida muhim voqea bo„ldi.
Mazkur lug„atlar, ayniqsa, 1959-yilda nashr etilgan “O„zbekcha-ruscha
lug„at” o„zbek tilining dastlabki, birinchi izohli lug„ati tuzish uchun asos bo„ldi va
uning
ilmiy
bazasini
yuzaga
keltirdi.
Ushbu
lug„atlarda
o„zbek
leksikografiyasining tajribalari umulashtirilgan, hozirgi zamon o„zbek tilining
leksik-semantik tizimi va XX asrda shakllangan meyorlari birinchi marta keng
tavsif etilgan edi. Ushbu ma‟lumotlardan ko„rinib turibdiki, o„zbek lug„atchiligi
uzoq tarixii va boy an‟anasiga ega.
Xullas, o„zbek lug„atchiligi tarixida yaratilgan lug„atlar o„sha davrda
yaratilgan buyuk allomalarimizning noyob asarlari haqida qimmatli ma‟lumotlar
beruvchi asarlardir.
Dostları ilə paylaş: |