Urganch davlat universiteti


-MA‟RUZA  Mavzu: Lotin yozuviga asoslangan yangi o„zbek yozuvi va uning



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

14-MA‟RUZA 

Mavzu: Lotin yozuviga asoslangan yangi o„zbek yozuvi va uning 

taraqqiyoti.  

Reja:  

1. 


Lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini keng joriy qilish.  

2. 


Imlo lug„atlarining nashr qilinishi.  

3. 


Lotin yozuvidagi o„zbek imlo lug„atlarining elektron dasturlarini yaratish 

ishlarini takomillashtish.  

Ayrim  tadqiqotchilar  Alisher  Navoiy  nomidagi  Toshkent  davlat  o„zbek  tili 

va  adabiyoti  universiteti  huzuridagi  ishchi  guruhning  ijtimoiy  tarmoqlarda  e‟lon 

qilingan  “lotin  yozuvi  asosidagi  o„zbek  alifbosi  va  imlosini  takomillashtirish 



53 

 

borasidagi  takliflari  loyihasi”da  ko„rsatilgan  ba‟zi  fikrlarga  qo„shilmaydilar. 



Jumladan,  imlo  qoidalaridagi  37-qoidaning  3-bandiga  qarshi  chiqqadilar. 

Ko„rsatilishicha,  “bog„ga  tarzida  yozish  qoidalashtirilgan,  boshqa  o„rinlarda  esa 

qanday  talaffuz  qilinsa,  shunday  yozish  tavsiya  qilingan,  yagona  tamoyil 

buzilgan”.  

Shuningdek,  ishchi  guruhi  loyihasida  63-qoidaga  bildirilgan  e‟tirozni  ham 

yoqlamaydilar.  Ishchi  guruh  loyihasida  shunday  bayon  qilinadi:  “Ajratib  yozish 

qoidalarida  ham  ayrim  bahsli  o„rinlar  bor.  Masalan,  yildan-yilga,  ko„pdan-ko„p, 

yangidan-yangi kabi bir so„zga aylanib ulgurgan birliklarning chiziqchasiz ajratib 

yozilishi qoidalashtirilgan. Bu kabi qoidalar maqsadga muvofiq emas, albatta”.  

Bu o„rinda  shunday  savol tug„iladi:  yuqoridagi kabi  birliklarni  chiziqchasiz 

ajratib yozilishi qoidalashtirilgan va bunga 22 yildan beri amal qilinib kelinayotgan 

ekan,  kishilarda  bu  borada  yozuv  ko„nikmalari  shakllanib  bo„lganda,  ularni  endi 

boshqa  qoidaga  ko„ra  yozishga  o„tish  qanchalik  o„zini  oqlaydi  yoki  bu  nima 

beradi? Hech nima! Ortiqcha bosh og„rig„i, ovoragarchilik, xolos.  

O„zbek  lotin  alifbosidagi imloda kirill  alifbosidagi  s harfini berish  ma‟lum 

bir  muammolar  va  yozuvda  har  xilliklarni  keltirib  chiqarmoqda.  Prof. 

Sh.Rahmatullayevning “O„zbek tilining yangi alifbosi va imlosi” (Toshkent, 1999) 

qo„llanmasida  o„zbek  alifbosidagi  ц  harfi  o„rnida  o„zbek  lotin  alifbosida  qaysi 

harf(lar) yozilishi shunday tavsiya qilingan:  

a)  so„z  oxirida, so„z  boshida,  old  qo„shimchadan  keyin, undoshdan  keyin  s 

harfi  yoziladi:  кварц  –  kvars,  шприц  –  shpris,  целлофан  –  sellofan,  цилиндр  – 



silindr, антициклон – antisiklon kabi;  

b) boshqa hollarda unlidan keyin ts yoziladi: глицирин – glitsirin (to„g„risi: 

glitserin), гербицит – gerbitsit (to„g„risi: gerbitsid), конституция – konstitutsiya 

kabi.”  


O„zFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti olimlari tomonidan 

tayyorlanib,  chop  etilgan  “O„zbek  tilining  imlo  lug„ati”da  (tuzuvchilar: 

E.Begmatov,  A.Madvaliyev.  –Toshkent:  Akademnashr,  2013)  bu  masala  biroz 

boshqacha hal qilingan. E.Begmatov va A.Madvalyiyev yuqoridagi tavsiyaning a) 

qismidagi  “...old  qo„shimchadan  keyin...  s  harfi  yoziladi:  antisiklon”  deb 

ko„rsatilgan  qoidaga  va  imlo  lug„atida  so„zlarning  shu  asosda  yozilishiga 

qo„shilmaydi. Ular: “… hozirgi kunda “xalqaro terminelementlar” deb ataluvchi va 

ko„pincha old qo„shimcha (prefiks) maqomida keluvchi anti -, bi-, bio-, geo-, de-, 



mono-,  poli-  kabi  birliklar,  asosan,  unli  tovush  bilan  tugaydi,  ulardan  keyin 

keladigan  va  s  harfi  bilan  boshlanadigan  birliklar, ular  xoh  mustaqil  so„z  bo„lsin, 

xoh affiks, o„zbek lotin alifbosida ts harflari bilan yozilishi kerak bo„ladi. Sababi, 

yuqoridagi kabi yasama so„zlarning ikkinchi komponenti boshida keladigan s harfi 

(tovushi)  endi  ikki  unli  o„rtasida  kelmoqda  va  bu  holat  (Sh.Rahmatullayev 



54 

 

ko„rsatgan)  “boshqa  hollarda  unlidan  keyin  ts  yoziladi”  degan  tavsiyaga  muvofiq 



keladi…” degan fikrni bildiradilar.  

Shundan  kelib  chiqqan  holda  lug„atda  bunday  so„zlarni  ts  bilan  yozishni 

taklif qiladilar va yozadilar: antitsiklon, biotsikl, bitsikl, bitsilindr, geotsentrik kabi.  

Bizningcha,  bu  fikrga  va  so„zlarning  bunday  yozilishiga  qo„shilib 

bo„lmaydi. Hech qaysi o„zbek bu so„zlardagi ts birikmasini o„zga til talaffuzi bilan 


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin