jyuri,
etyud,
plyus,
lyuks
tarzida
berilgan.
Ko„rinadiki,
endilikda
takomillashtirilmoqchi bo„layotgan imlo qoidalarida tarkibida yo, yu, ya harflari
bo„lgan rus tili va u orqali tilimizga o„zlashgan so„zlarning imlosini aniq bir
shaklda berish eng dolzarb masalalardan bo„lib qolmoqda.
Keyingi paytdagi alifbo va imloni tuzatish borasida qo„zgalgan bahs-
munozaralarda ishtirok etgan T.Tog„ayev ham joriy imloni takomillashtirish
bo„yicha o„z qarashlarini ilgari surgan. Mutaxassis olimning ham o„z maqolasida
“O„zbek tilining asosiy imlo qoidalari”da ayrim so„z va qo„shimchalar
yozilishining qoidadan chetda qolgan holatlarini qoidalashtirish, ya‟ni unga
qo„shimcha kiritish g„oyat zarurligini ko„rsatadi. Rus tili orqali kirib kelgan va
tarkibida yo, ya, yu, s harflari bo„lgan ruscha va baynalminal ba‟zi so„zlarning
yozilishi qoidalashtirilmaganligi sababli bugungi kunda rejissor – rejissyor,
komputer – kompyuter, valuta – valyuta, kostum – kostyum, sentabr – sentyabr,
flaga – flyaga kabi ayrim so„zlarning nashr etilayotgan imlo lug„atlarida ikki xil
berilayotganini, bu kabi so„zlarning bir xil yozilishini ta‟minlovchi qoida kiritish
zarurligini qayd etadi.
Sohaga aloqador jamoatchilikning ko„pchiligi imloda qulaylikni e‟tiborda
tutib, tilimizga o„zlashgan ruscha va u orqali yevropacha so„zlari tarkibidagi ѐ, ю,
я harflarini lotin alifbosi asosidagi o„zbek imlosida hamma o„rinda ikki harf: yo,
yu, ya harflari bilan (ya‟ni: kostyum, flyaga, oktyabr, rejissyor va sh.k.) yozish
tarafdori ekan, buni qabul qilish to„g„ri bo„ladi deb hisoblaydilar.
Dostları ilə paylaş: |