Urganch davlat universiteti


-MA‟RUZA   Mavzu: Yangi o„zbek yozuvining grafik va orfografik qoidalari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

9-MA‟RUZA  

Mavzu: Yangi o„zbek yozuvining grafik va orfografik qoidalari 

Reja:  

1. Hozirgi o„zbek tilining yozuv tizimi, muammo va yechimlar.  

2. Harflar tizimi (alifbo)ning zamonaviy talablarga moslashtirilishi.  

3. O„zbek tilining talaffuz me‟yorlarining yozuv tizimida aks etishi.  

4. Transkripsion yozuvlar va ularning turlari. 

 

Yangi o„zbek alifbosi 1995-yil 6-maydagi o„zgarishlar bilan qabul qilingach, 



o„zbek tilining asosiy imlo qoidalarini ishlab chiqish va qabul qilish kun tartibiga 

chiqdi.  Imlo  qoidalarini  tuzish  uchun  respublikaning  taniqli,  ko„zga  ko„ringan 

mutaxassis olimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi. Ish boshida Azim Hojiev, 

Shavkat  Rahmatullaev,  Nizomiddin  Mahmudov,  Yo„ldosh  Abdullaev,  Karim 




33 

 

Nazarov,  Mazluma  Asqarova  kabi  yirik  olimlar  turdi.  1994-yilnig  16-aprel  kuni 



Toshkentda  Republika  ilmiy  jamoatchiligi  vakillarining  yig„ilishida  loyiha 

dastlabki  tarzda  muhokama  qilindi.  Unda  respublikaning  barcha  viloyatlaridan 

yuzga  yaqin  olim,  amaliyotchi  mutaxassislar  qatnashdi.  Muhokamada  ishtirok 

etganlar o„zbek tilining yangi imlo qoidalari to„plamini ma‟qullagan holda loyihani 

yana  ham  mukammallashtirish,  kamchiliklarni  bartaraf  etish  yuzasidan  fikr-

mulohazalarini ham bildirdilar.  

Mazkur  yig„ilish  qarori  asosida  “Ma‟rifat”  gazetasining  1994-yil  6-iyul, 

“Xalq so„zi” gazetasining 7-iyul sonida yangi imlo qoidalarining qayta ishlangan 

loyihasi e‟lon qilindi va uning umumxalq muhokamasi salkam ikki oy davom etdi. 

Xullas, muhokamadan  o„tib  tasdiq  uchun  taqdim  qilingan  “O„zbek  tilining  asosiy 

imlo qoidalari” qisqa muddatda bajarilgan, osongina mehnatning mahsuli emas.  

Uni  tuzgan  ishchi  guruhi  a‟zolari  bo„lsa-da,  bu  qoidalar  to„plami 

mamlakatimizdagi  ming-minglab  ziyolilarning  uzoh  yillardan  beri  ilmiy-amaliy 

asosda, bamaslahat olib borgan ishlari samarasidir1.  

“Lotin yozuviga asoslangan yangi o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risidagi 

qonun  1995-yil  6-mayda  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisida  qayta  ko„rib 

chiqildi  va  unda  «Lotin  yozuviga  asoslangan  o„zbek  alifbosini  joriy  etish 

to„g„risidagi  O„zbekiston  Respublikasi  qonunini  amalga  kiritish  to„g„risida  qaror 

qabul qilindi. Mazkur qaror asosida «O„zbek tilining asosiy imlo qoidalari» ishlab 

chiqilib,  1995-yil  24-avgustda  Respublika  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 

tasdiqlandi.  

Avvalo,  aytish  kerakki,  “O„zbek  tilining  asosiy  imlo  qoidalari”  loyihasi 

Respublika Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan “Lotin alifbosiga asoslangan 

o„zbek  alifbosini  joriy  etish  to„g„risida”gi  qonunda  belgilangan  yangi  alifbo 

asosida tuzildi. Qoidalar to„plamini yaratishda qoidatalab til hodisalarini e‟tibordan 

chetda  qoldirmaslikka,  ularni  to„la  qamrab  olishga  harakat  qilingani,  natijada 

amaldagi  (kirill  alifbosi  asosidagi)  imlo  qoidalariga  nisbatan  mukammal  qoidalar 

to„plami  yaratilgani  ishchi  guruhi  boshlig„i  A.  Hojiyevning  “Katta  mehnat 

mahsuli” nomli maqolasida e‟tirof etilgan.  

Lotin harflar asosidagi yangi alifboda ya, yu, yo harflari, shuningdek, ayirish 

(ъ)  va  yumshatish  (ь)  belgilari  yo„qligi  ma‟lum.  Muhokama  materiallarining 

ayrimlarida ilgari shu harf va belgilar ishlatilgan so„zlarning endi qanday yozilishi 

haqida  qoida  berish  kerakligi  aytilgan.  Olimning  yuqoridagi  maqolada  qayd 

etishicha, ishchi guruhi Loyihani tuzayotganda bu masalaga alohida e‟tibor berdi.  

“Shu narsa ma‟lum bo„ldiki, birnichidan, bunday so„zlarning imlosi haqida 

yagona qoida berish mumkin emas, ayrimlarining imlosi uchun esa umuman qoida 

talab  qilinmaydi.  Masalan,  сентябрь,  октябрь,  ноябрь  so„zlari  yangi  imloda 


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin