Urganch davlat universiteti



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

 

 

8-MA‟RUZA 

Mavzu: O„zbekistonda yangi lotin alifbosiga o„tish jarayonlari  

Reja

1. 1993-yildagi lotin alifbosining o„ziga xosliklari.  

2.  Yangi  alifboga  o„zgartishlar  kiritilishi  va  1995-yilgi  imlo  qoidalarining 

joriy qilinishi.  

3.  1995-yil,  24-avgust.  O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

339-sonli qarori: O„zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida.  

4. Lotin alifbosiga bosqichma-bosqich o„tishning ahamiyati.  

 

O„zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  milliy  istiqlolni  mustahkamlash  maqsadida 



ijtimoiy  sohaga,  xususan,  milliy  qadriyatlarni  tiklash  va  e‟zozlashga  alohida  e‟tibor 

qaratildi.  Ona  tili  va  milliy  yozuv  ana  shunday  buyuk  qadriyat  sifatida  mustaqil 

davlatimizning  har  tomonlama  kamol  topishi  hamda  umumjahon  kommunikatsiya 

tizimiga  kirishini  jadallashtirishga  xizmat  qiladi.  Shu  maqsadda  Respublikamizda  1993 

yil  2  sentyabrda  «Lotin  yozuviga  asoslangan  o„zbek  alifbosini  joriy  etish  to„g„risida» 

qonun qabul qilindi.  

Aytish  kerakki,  1991-92  yillarda  o„zbek  yozuvi  muammolari  bilan  bog„liq  yangi 

davr  boshlangan  edi:  bu  davrda  ruschalashtirilgan  o„zbek  alifbosini  boshqa  tizimdagi 

alifbo  bilan  almashtirish  g„oyasi  paydo  bo„ladi  va  shu  g„oya  atrofida  to„rt  xil  yo„nalish 

shakllanadi.  Birinchi  yo„nalish  tarafdorlari  o„zbek  yozuvini  lotinlashtirilgan  alfavitga 

ko„chirish  masalasini  o„rtaga  qo„yadi;  ikkinchi  yo„nalish  tarafdorlari  arab  grafikasidagi 

eski  o„zbek  yozuviga  qaytishni  yoxud  uni  (eski  yozuvni)  ma‟lum  vaqt  amaldagi  yozuv 

bilan parallel qo„llashni, shu tarzda bu ikki yozuvdan birining tanlanishini vaqt ixtiyoriga 

berishni  taklif  qiladilar;  uchinchi  yo„nalish  tarafdorlarining  aniq  shakllangan  xulosa  va 

takliflari  bo„lmasa-da,  ularning  fikrlarida  qadimgi  turkiy  (urxun)  alifbosini  tiklashga 

moyillik  bordek  tuyuladi;  to„rtinchi  yo„nalish  tarafdorlari  esa  amaldagi  alifboni  ma‟lum 

o„zgarishlar bilan saqlash kerakligini aytishadi.  

Yuqoridagi yo„nalishlarning tarafdorlari o„rtasidagi bahslar, oxir oqibatda, o„zbek 

yozuvini lotinlashtirilgan alifboga ko„chirish g„oyasining ustun kelishi bilan yakunlanadi. 

O„zbek  yozuvini  rus  grafikasiga  asoslangan  alifbodan  boshqa  alifboga  ko„chirish 




30 

 

masalasi  aslida  1991-1992  yillarda  ko„tarildi.  Uning  kun  tartibiga  qo„yilishini 



quyidagicha izohlash mumkin:  

a) amaldagi alifboning milliy va umumturkiy jihatlarini mustahkamlash yuzasidan 

uzoq  yillar  davomida  olib  borilgan  ishlar  (bahslar,  munozaralar,  takliftavsiyalar)  natija 

bermadi;  

b) sobiq SSSRdagi turkiy xalqlar orasida yozuvni rus grafikasidan boshqa tizimga 

ko„chirish harakati boshlanib ketdi;  

v) 1991 yilning 18-20 noyabrida Turkiyada (Istanbuldagi Marmara universitetida) 

«Qardosh  turk  alifbolari»  muammosiga  bag„ishlangan  xalqaro  simpozium  o„tkazildi, 

unda ham lotin grafikasi asosida turkiy alifbolar tuzish g„oyasi targ„ib qilindi.  

1993  yilning  2  sentyabrida  o„n  ikkinchi  chaqiriq  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Kengashining  o„n  uchinchi  sessiyasi  “Lotin  yozuviga  asoslangan  o„zbek  alifbosini  joriy 

etish to„g„risida” qonun qabul qiladi.  

 

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 




Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin