32
Respublika Oliy Majlisi qaroriga binoan 1996-yil 2-sentyabridan boshlab
umumta‟lim maktablarining birinchi sinflarida va maktabgacha tarbiya
muassasalarida yangi o„zbek alifbosini va imlosini o„rgatish bo„yicha
mashg„ulotlar boshlandi, davlat muassasalari va tashkilotlarda lotin yozuvidagi
o„zbek alifbosini o„rgatish kurslari ish boshladi. O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1995-yil, 21-dekabrdagi «Davlat tili haqida»gi qonunining yangi
tahlilini amalga kiritish tartibi to„g„risida»gi qarorida lotin yozuvi asosidagi o„zbek
alifbosini o„rganish barcha bosqichdagi o„quv yurtlari va muassasa, tashkilotlarda
2005-yilning birinchi sentyabrida tugallanadi hamda shu muddatdan boshlab
respublikamizda barcha sohalarda davlat tilida ish yuritish yangi alifboda olib
boriladi deb ko„rsatildi. Bu muddat keyin 2010-yil etib belgilandi.
O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Prezidentning
Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonovlar tomonidan 2018-yilda imzolangan
“Harakatlar rejasi” ga muvofiq o„zbek tilidagi reklama matnlari va lavhalari lotin
yozuviga asoslangan o„zbek alifbosida yozilishi ta‟minlanadi. Oxirgi muddat
sifatida 2019-yilning iyuli ko„rsatilgan.
Bundan tashqari, Respublikadagi barcha idoralar va muassasalar uchun lotin
alifbosi bo„yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Kirill yozuvidagi o„zbek
va jahon adabiyotining mumtoz namunalari va ilmiy adabiyotlari lotin yozuvida
chop etilishi rag„batlantiriladi.
Bosma va elektron ommaviy-axborot vositalarining lotin yozuviga
asoslangan o„zbek alifbosida faoliyat yuritishi to„liq ta‟minlanadi. Bu vazifa 2020-
yilning oxiriga qadar to„liq uddalanishi rejalashtirilgan. “Harakatlar rejasi”ga kora
2021-yildan lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosiga to„liq o„tish ko„zda
tutilgan.
Dostları ilə paylaş: