LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O„ZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISH
TO„G„RISIDA
(O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y,
9-son, 331-modda)
Ushbu Qonun O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o„zbek
yozuvining lotin alifbosiga o„tilgan 1929–1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib,
keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarini inobatga olgan holda
respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini
jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
1-modda.O„zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, quyidagi 31 harf
va 1 ta tutuq belgisidan iborat o„zbek alifbosi joriy etilsin.
2-modda. Lotin yozuvi asosidagi o„zbek alifbosini joriy etish bilan birga
O„zbekiston xalqining milliy iftixori bo„lmish bebaho ma‟naviy meros bitilgan arab
alifbosini va kirillitsani o„rganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab
qolinadi.
1993-yilda yana lotin yozuviga (grafikasiga) o„tilishi to„g„risida Qonunga muvofiq
yangi o„zbek alifbosining tarkibi quyidagi 31 harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat deb
belgilanadi: Harflarning alifbodagi asl tartibi:
A a, B b, C c, D d, E e, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, P p, Q q, R r, S s,
Dostları ilə paylaş: |