Urganch davlat universiteti


muammo  –  ko„cha-ko„ydagi  xatolar  haqida  gapiryapsizlar



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
IMLO MAJMUA 21-22

muammo  –  ko„cha-ko„ydagi  xatolar  haqida  gapiryapsizlar”  degan  mazmundagi 

iddaolarini  bildirishdi.  Achinarlisi,  shahar  ko„chalaridagi  e‟lonlar,  reklamalar 

matnidagi  imloviy,  uslubiy  xatoliklar  bilan  bir  qatorda  boshqa  bir  muammo  – 

xorijiy  tildagi  matnlarning,  nomlarning  me‟yordan  ortiq  ko„payishi,  “xorijiy  tus” 

masalasi ko„ndalang bo„lib qoldi.  

Aslida  ma‟naviy  zarar  moddiy  zarardan  ustun  turadi.  Ma‟naviy  zarar 

millatning  ildizini  yemirishi  mumkin:  o„zbek  xalqining  buyuk  mutafakkirlari 

shunday  uqtirib  keladi.  Afsuski,  bunday  ta‟sirning  zararini  ko„pchiligimiz  anglab 

yetmaymiz. Agar tushunib yetganimizda, 42-moddaning samarasi shu kunga qadar 

ko„ringan bo„lar edi.  

Ma‟muriy  javobgarlikda  ko„zda  tutilgan  moddiy  zarar  insoniyatni  hushyor 

torttiradi.  Insonda  majburiyat  tuyg„usini  uyg„otadi.  Biror  faoliyatni  majburiyat 

yuzasidan  amalga  oshirish  inson  tabiatiga  xos.  Agar  majburiyat  bo„lmasa,  inson 

faoliyatining  ko„p  qismi  izdan  chiqib  ketishi  mumkin.  Ajdodlarimiz  ham 

majburiylik shaxs harakatini ta‟minlovchi omil ekanligini ta‟kidlashgan. Xususan, 

Yusuf  Xos  Hojib  ta‟lim-tarbiya  berishda  majburlash  lozimligini  qayd  etgan. 

Taniqli olim, millatparvar ustozimiz professor Begali Qosimov jadidlarga monand 

“...ma‟naviyatga yetaklab, kerak bo„lsa majburlab eltish kerak” degan edilar.  




62 

 

Hozirga qadar davlat tilida ish yuritishning zarurligi hech qanday jarimasiz, 



ma‟muriy  javobgarliksiz  ta‟kidlab  kelindi.  Biroq  arzirli  natijaga  erishilmadi.  Bu 

borada  “Ma‟muriy  javobgarlik  to„g„risida”gi  kodeksning  42-moddasiga  jarima 

haqidagi  band  ayni  muddao  bo„ldi  (shu  o„rinda  yo„l  harakati  nazoratini  tizimli 

tartibda  olib  borishda  qat‟iy  belgilangan  jarimalarning  alohida  o„rin  tutganligini 

ham qayd etib o„tmoqchimiz).  

Umumta‟lim jarayonida savodxonlikka, ona tili va adabiyot ta‟limiga, tildan 

foydalanish  ko„nikma,  malakalarini  hosil  qilishga  alohida  e‟tibor  qaratish  lozim. 

O„zbek  tilini  o„qitish  tizimini  milliy  pedagogika  negizida,  xorij  tajribasi  asosida 

yangilash,  zamon  talablariga  mos  adabiyotlar  sinfini  yaratish,  innovatsion 

texnologiyalarni  qo„llash  dolzarb  masalalar  sirasiga  kiradi.  O„quvchilarda 

lingvistik,  nutqiy,  kasbiy,  kommunikativ,  axborotni  qabul  qilish,  o„z-o„zini 

rivojlantirish uquvini shakllantirish juda muhim. O„zbek tilida bilimlarni baholash, 

avtomatik tahrir, tarjima, til o„rgatish dasturlarini yaratish, “O„zbek tilining Milliy 

korpusi”,  ko„p  jildli  “O„zbek  shevalari  lug„ati”,  “Turkiy  arxaizmlar  lug„ati”ni 

tuzish  ustuvor  vazifalardan  biridir.  Davlat  tilida  turli  bosqichlar  va  darajalardagi 

sinovlarni  joriy  etish,  ishga  qabul  qilishda  davlat  tilini  bilish,  savodxonlik 

darajasini tekshiruvchi tizimni ishlab chiqish ehtiyojga aylandi.  

Tabiiyki,  davlat  tilining  takomillashuvi  imlo  qoidalariga  rioya  qilinishiga 

ham ko„p jihatdan bog„liq. Xo„sh, bugungi kunda imlo qoidalariga oid muammolar 

nimalardan iborat?  

O„zbek  tili  tarixi  qadim,  o„z  taraqqiyot  bosqichlariga  ega  bo„lgan  muloqot 

vositasidir.  Bu  tilning  o„ziga  xos  xususiyatlari,  muayyan  tizimga  egaligi,  qonun-

qoidalari dunyoning rivojlangan tillari qatoridan o„rin olishiga asos bo„la oladi. Bu 

tilda  yaratilgan  katta  hajmdagi  tarixiy,  madaniy,  adabiy  yodgorliklar  uning  keng 

imkoniyatlarini aks ettiradi.  

O„zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi va nufuzini oshirishdagi muhim 

vazifalardan  biri  imlo  qoidalarini  takomillashtirishdan  iborat.  Hozirda  xalqimiz 

ikki  xil  yozuvdan  foydalanmoqda.  Avvalo,  ikki  xil  yozuvning  amalda  bo„lishi 

maqsadga  muvofiq  emas.  1993-yilda  qabul  qilingan  lotin  yozuvining  to„liq  joriy 

etilishiga to„siq bo„ladigan obyektiv va subyektiv sabablar bor. Shu bois 20 yildan 

ortiq muddat davomida lotin yozuvi asosidagi yangi o„zbek alifbosiga to„liq holda 

o„tilmadi.  

Muammo  ikki  xil  yozuvdan  foydalanilayotganida  ham  emas  (o„zbek  xalqi 

ikki xil yozuvdan foydalanish tajribasini o„tagan: X-XV asrlarda arab yozuvi bilan 

bir qatorda uyg„ur yozuvidan foydalanilgan). Muammo har ikki yozuvning  o„ziga 

tegishli bo„lgan imlo qoidalariga amal qilinmayotgani natijasida yuzaga kelmoqda. 

Matbuotda  kirill  yozuvidagi  matnlarda  fevral,  fakultet,  albom  so„zlarida 

yumshatish belgisini tushirib qoldirish, yil, sanani bildiruvchi raqamlardan keyin  - 




63 

 

(chiziqcha)  qo„yish  (2016-йил),  izofali  birikmalarni  orttirilgan  y  undoshi  bilan 



yozish kuzatilmoqda (таржимайи ҳол).  

Lotin yozuvidagi matnlarda kirill alifbosidagi e, ѐ, ю, я – yo-lashgan unlilar 

imlosida  xatolar  uchraydi.  Masalan,  tarkibida  shu  tovushlar  kelgan  ismlar 

qisqartirilganda  ikki  harf  bilan  ifodalash  holati  kuzatiladi:  Ё.  Ҳакимов  –  Yo. 




Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin