Urganch davlat universiteti


“O„rxun-Enasoy  yozuvi”,  “Enasoy-O„rxun  yozuvi”,  “Sibir  yozuvi”



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

“O„rxun-Enasoy  yozuvi”,  “Enasoy-O„rxun  yozuvi”,  “Sibir  yozuvi”  yoki 

“Dulharchin” nomlari bilan ham yuritiladi.  

“Dulharchin” deb nomlanishi haqida mashhur filolog Ibn Arabshoh(1389 – 

1450)  o„zining  “Ajoyib-ul  maqdur  fi-navoyibi  Temur”(Temur  falokatlarida 

taqdirning  qiziqliklari)  asarida:  “Xitoyda  turklarning  “dulbarjin”  deb  ataladigan 

yozuvlari bor. Ko„rdim, harf qirq bitta...” – deya ma‟lumot keltiradi.

2

 

Qadimiyligi  jihatdan  ko„ga  tashlanib  turuvchi  yozuvlardan  yana  biri 



“xorazmiy  yozuvi”dir.  Xorazmiy  yozuvi  miloddan  oldingi  III-II  asrlarda  oromiy 

yozuvlari asosida shakllanganligi ilmiy manbalarda qayd qilinadi. Uning qoldiqlari 

Tuproqqala,  Katta  Oybuyirqala  shahri  xarobalari,  Qo„yqirilganqalada  topilgan. 

1951-yilda  Qo„yqirilganqala  xarobalarini  tekshirgan  S.P.Tolstov  xumlarga  o„yib 

                                                           

1

 Yo‟ldoshev R. Lotin yozuvi. –Urganch. Xorazm nashriyoti, 2003. –B. 6 



2

 Abdurahmonov G„. Rustamov A. Qadimgi turkiy til. –T. O„qituvchi. 1982. –B.12.  




 

yozilgan yozuv haqida: “Bu yozuv yalpi  O„rta Osiyoda mavjud bo„lgan yozuvlar 



ichida eng qadimiysi” deya ta‟kidlagan edi. 

Xorazmiy  yozuvi  eramizning  XIV  asrlarigacha  amalda  bo„lganligi  haqida 

ma‟lumotlar mavjud. VIII asrda Xorazmni zabt etgan arab lashkarboshisi Qutayba 

ibn  Muslim  xorazmiy  tili  va  yozuvida  bitilgan  kitoblarni  yoqib  tashlagan. 

A.Freyman,  S.Tolstov,  B.Herfeld,  S,Volin  kabi  olimlar  xorazmiy  tilida  fleksiya 

hodisasining  barqarorligi,  grammatik  jins  kategoriyasining  mavjudligi,  son  so„z 

turkumiga  oid  va  boshqa  lisoniy  xususiyatlarini  inobatga  olib,  bu  tilda  eroniy 

tillardagi  kabi  xususiyatlar  saqlanganini  e‟tirof  etadilar.  “Avesto”  yodgorligi  ham 

mana shu til va yozuvda bitilgan.  

Abu  Rayhon  Beruniy  o„zining  “Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar” 

asarida  (X  asr)  o„z  ona  tilini  bilishini,  ammo  unda  so„zlasa  atrofdagilar  ustidan 

kulishi mumkinligini aytib o„tgan. 

Osiyo  hududida  qo„llanilgan  qadimiy  yozuvlardan  yana  biri  uyg„ur  yozuvi 

hisoblanadi.  Uyg„ur  yozuvi  nomi  bilan  atalayotgan  qadimgi  turkiy  alifbo  yozma 

manbalarda  bir  qancha  nomlar  bilan  yuritilgan.  Mahmud  Koshg„ariy  o„zining 

«Devonu  lug„at-it-turk»  asarida  uni  «turkcha  yozuv»  deb  tilga  oladi.  U  yozadi: 

«Barcha  xoqonlar  va  sultonlarning  kitoblari,  yozuvlari  qadimgi  zamonlardan  shu 

kungacha  Qashqardan  –  Chingacha  hamma  turk  shaharlarida  shu  yozuv  bilan 

yuritilgan».  Alisher  Navoiy  o„z  maktublarining  birida  uni  «turkcha  xat»  deb 

atagan.  Manbalarda  mazkur  yozuv  «uyg„ur  xati»,  «mo„g„ul  xati»  deb  ham 

yuritilgan. 


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin