yozuvlari bor. Ko„rdim, harf qirq bitta...” – deya ma‟lumot keltiradi.
yozuvlari asosida shakllanganligi ilmiy manbalarda qayd qilinadi. Uning qoldiqlari
Tuproqqala, Katta Oybuyirqala shahri xarobalari, Qo„yqirilganqalada topilgan.
1951-yilda Qo„yqirilganqala xarobalarini tekshirgan S.P.Tolstov xumlarga o„yib
9
yozilgan yozuv haqida: “Bu yozuv yalpi O„rta Osiyoda mavjud bo„lgan yozuvlar
ichida eng qadimiysi” deya ta‟kidlagan edi.
Xorazmiy yozuvi eramizning XIV asrlarigacha amalda bo„lganligi haqida
ma‟lumotlar mavjud. VIII asrda Xorazmni zabt etgan arab lashkarboshisi Qutayba
ibn Muslim xorazmiy tili va yozuvida bitilgan kitoblarni yoqib tashlagan.
A.Freyman, S.Tolstov, B.Herfeld, S,Volin kabi olimlar xorazmiy tilida fleksiya
hodisasining barqarorligi, grammatik jins kategoriyasining mavjudligi, son so„z
turkumiga oid va boshqa lisoniy xususiyatlarini inobatga olib, bu tilda eroniy
tillardagi kabi xususiyatlar saqlanganini e‟tirof etadilar. “Avesto” yodgorligi ham
mana shu til va yozuvda bitilgan.
Abu Rayhon Beruniy o„zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”
asarida (X asr) o„z ona tilini bilishini, ammo unda so„zlasa atrofdagilar ustidan
kulishi mumkinligini aytib o„tgan.
Osiyo hududida qo„llanilgan qadimiy yozuvlardan yana biri uyg„ur yozuvi
hisoblanadi. Uyg„ur yozuvi nomi bilan atalayotgan qadimgi turkiy alifbo yozma
manbalarda bir qancha nomlar bilan yuritilgan. Mahmud Koshg„ariy o„zining
«Devonu lug„at-it-turk» asarida uni «turkcha yozuv» deb tilga oladi. U yozadi:
«Barcha xoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu
kungacha Qashqardan – Chingacha hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan
yuritilgan». Alisher Navoiy o„z maktublarining birida uni «turkcha xat» deb
atagan. Manbalarda mazkur yozuv «uyg„ur xati», «mo„g„ul xati» deb ham
yuritilgan.
Dostları ilə paylaş: