Adabiy-tarixiy,
diniy-tarbiyaviy
hamda
huquqiy
mazmundagi
manbalar:
1. Qutb Xorazmiyning «Xisrav va Shirin» dostoni (XIV asr). Nizomiy
Ganjaviyning shu nomdagi dostoni asosida 1341-1342 yillarda O„zbekxonning
vorisi (katta o„g„li) Tinibekxonga atab yozilgan. Asarning 1381-yilda ko„chirilgan
yagona nusxasi Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi.
2. Xorazmiyning (otsiz) «Muhabbatnoma» asari (1353-yil. XIV asr). Asar
maktublar shaklida oshiqning o„z ma‟shuqasiga yozgan lirik nomalaridan tuzilgan.
Ikki nusxasi mavjud bo„lib, ular Britaniya muzeyida saqlanadi. Biri – Uyg„ur
yozuvida 1432-yilda ko„chirilgan, ikkinchisi arab yozuvida 1508-1509 yillarda
ko„chirilgan.
3. Sayid Ahmad ibn Mironshohning «Taashshuqnoma» asari (XIV asr). Asar
1435-yilda «Muhabbatnoma»ga o„xshatma tarzida yozilgan. Yagona nusxasi
Britaniya muzeyida saqlanadi.
4. Sayfi Saroyining «Gulistoni bit-turkiy» asari (XIV asr). 1391-yilda
Misrda yaratilgan didaktik mazmundagi asar. Shayx Sa‟diyning «Guliston»idan
erkin usulda qilingan tarjima. Yagona nusxasi Gollandiyaning Leyden universiteti
kutubxonasida saqlanadi.
5. Navoiy salaflari merosidan: Otoyi devoni, Sakkokiy devoni, Lutfiy adabiy
merosi, Gadoyi devoni, Yaqiniyning merosi «O„q va yoy munozarasi», Amiriy
11
merosi «Dahnoma», Xo„jandiy adabiy merosi «Latofatnoma» kabilarni keltirish
mumkin.
3-MA‟RUZA
Dostları ilə paylaş: |