13
4. Muhaqqaq
5. Rayhoniy
6. Tavqe‟
7. Ta‟liq
8. Riqo„ va boshqalar.
Ko„fiy xati (Ko„fa//Kufa). Ko„fiy xati arab xat uslubining dastlabki
ko„rinishlaridan bo„lib, boshqa xat turlari ana shu xat shakli asosida yaratilgan.
Mazkur xat turi Ko„fa sharida yaratilganligi bois “Ko„fiy xati” deb yurtilgan. Ko„fa
shahri VII asrda xalifa Umar davrida bunyod qilindan bo„lsa-da, bu xat undan
oldin ham amalda qo„llanilganligini isbotlovchi dalillar mavjud. Ko„fiy xati
harflari to„g„ri burchakli shaklda bo„lishi bilan boshqa xat turlaridan farqlanadi.
Mazkur xatning yaratilishini ba‟zi ma‟lumotlarda Ali ibn Abu Tolib shaxsiyatiga
bog„laydilar. Jumladan XVI asrning yirik xattoti Sulton Ali Mashhadiy oldingi
arab manbalariga tayanib: “Murtazo (ya‟ni Ali) kufiy xatiga asos solgan edi va
uning taraqqiyoti va rivojlanishiga sababchi edi. Boshqa kashf etilgan barcha xatlar
bilgilki ko„fiy xatidir” deb yozadi. Bu fikrlar o„z isbotini topmagan.
Nasx xati. Nasx xat yozuvi ikkinchi xat turi sifatida ko„fiy xati bilan bir
davrda yuzaga kelgan. Ko„pchilik “Nasx xati”ning ijodkori sifatida Ibn Muqla
(888-940) degan shaxsni keltiradilar. Bu xat usuli tezlik bilan ommalashib, ko„fiy
xatini iste‟moldan chiqardi va uning o„rnini egalladi. Shuning uchun unga “nasx”
nomini berdilar. Nasx so„zining ma‟nosi “yo„q qilish”, “yo„qotish”, “boshqa
qilish”, “ko„chirish” ma‟nolarini ifodalaydi. “Nasx xati” chiroyli, o„qishga ancha
osonligi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: