Urganch davlat universiteti


-MA‟RUZA  Mavzu: Eski o„zbek (arab) yozuvining o„ziga xosliklari va qo„llanishi



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

4-MA‟RUZA 

Mavzu: Eski o„zbek (arab) yozuvining o„ziga xosliklari va qo„llanishi. 

Reja

1. Arab alifbosidagi harflar tizimi. 

2. Eski o„zbek yozuviga qo„shilgan harfiy shakllar haqida.  

3. Shamsiy va qamariy, shakldosh va noshakldosh harflar.  

                                                           

3

 Ahrorov H.K. Xattotlik san‟ati va arabcha yozuv turlari. –Samarqand. 2014. Jumaniyozov R. Eski o‟zbek yozuvi. 



–Toshkent. 1989 va boshqalar.   


15 

 

4. Harfiy san‟atlar. 



 

Eski  o„zbek  yozuvida  imlo  masalalari.  Arab  alifbosi  jami  28  harfdan 

iborat.  Eski  o„zbek  yozuvida  32  ta  harf  bor.  Muayyan  bir  tildagi  tovushlarni 

ifodalovchi harflar ikkinchi bir tilga tegishli bo„lgan ayrim tovushlarni ifodalashga 

hamisha ham qodir bo„lavermaydi. Tabiiyki, bunday hollarda ikkinchi tilga tegishli 

harflar qabul qilish zaruriyati tug„iladi. Shuning uchun arab alifbosidagi harflar 32 

taga  yetgan.  Eski  o„zbek  yozuvida  ham  uzoq  vaqtlardan  beri  32  ta  harf  istefoda 

etib kelinadi. 

Hаr  bir  hаrfning  хаt  tizmаsidа  yozilishi  uning  qаndаy  vаziyatdа  turgаnigа 

bоg„liq  bo„lаdi.  Аlifbоdаgi  22  tа  hаrf  hаr  ikkаlа  tоmоnidаn  kelgаn  hаrflаrgа 

qo„shilib yozilа оlаdi. qоlgаn 6 tа hаrf esа fаqаt bir tоmоndаn, ya‟ni o„zidаn оldin 

kelgаn hаrflаrgаginа qo„shilib yozilаdi. Yozuvdа 4 хil ko„rinishgа egа bo„lib, hаr 

ikkаlа tоmоnidаn qo„shilib yoziluvchi hаrflаr «muttаsil hаrflаr», yozuvdа ikki хil 

ko„rinishgа  egа  bo„lib,  fаqаt  o„zidаn  оldingi  hаrflаrgаginа  qo„shilib  yoziluvchi 

hаrflаr esа «munfаsil hаrflаr» deb nоmlаnаdi.  

Аlifbоdаgi  ko„pchilik  hаrflаr  imlо  nuqtаyi  nаzаridаn  bir-birlаrigа  o„хshаsh 

shаkllаrgа  egа  bo„lib,  ulаrni  fаrqlаydigаn  belgi  ust  yoki  оstlаrigа  qo„yiluvchi 

diаkritik nuqtаlаrdir. Hаrfning nuqtаlаri sоni bir, ikki yoki uchtа bo„lishi mumkin. 

Mаzkur хususiyatgа аsоslаnib аlifbоdаgi hаrflаrni o„хshаsh shаkllаrgа egа bo„lgаn 

bir  nechа  guruhlаrgа  аjrаtish  mumkin.  Оltitа  hаrf  аlоhidа,  hech  qаysi  guruhgа 

kirmаydigаn shаklgа egа; ulаrdа hech qаndаy diаkritik nuqtаlаr hаm yo„q.  

Hаrflаr yozilishdа sаtr chizig„igа nisbаtаn tutgаn o„rni jihаtidаn hаm o„zаrо 

fаrqlаnаdi. Аyrim hаrflаr sаtr chizig„idа yozilsа, аyrimlаri sаtr chizig„idаn pаstdа 

yozilаdi.  Аyrim  hаrflаrning  esа  mа‟lum  bir  qismi  sаtr  chizig„idа,  yanа  bir  qismi 

esа  sаtr  chizig„idаn  pаstdа  yozilаdi.  Bоshqа  ko„pginа  хаlqlаr  yozuvlаridаn  fаrqli 

o„lаrоq аlifbоdаgi hаrflаr bоsh vа kichik shаkllаrgа egа emаs.  

Arab  yozuvidagi  harflarning  yozilishiga  asoslanib,  ular  faqat  ana  shunday 

shaklda  ifodalanadi,  deb  o„ylash  unchalik  to„g„ri  emas.  Yuqoridagi  fikrlarimizni 

arab  harflarining  yozilishidagi  temir  qonun,  muhr  ma‟nosida  tushunmaslik  kerak. 

Chunki asrlar davomida arab harflari sayqallanib, turli xil usul va shakllarda yozib 

kelingan.  Turli  joylarda,  turli  zamonlarda  ko„chirilgan  qo„lyozma  manbalarni 

kuzatsak,  ulardagi  yozuv  bir  biridan  keskin  farqlanib  turishini  guvohi  bo„lamiz. 

Hatto  muayyan  bir  qo„lyozmaning  o„zida  han  ayrim  so„zlar  turli  shakllarda 

yoziladi.  Bu  esa  arab  harflarini  yozishda  ma‟lum  bir  qoidaga  rioya 

qilinavermasligi, yozuvda harflar har bir xattotning oz‟ didi va sviyasiga muvofiq 

tarzda o„zlashtirishi mumkinligini anglatadi. 

Shuning uchun har bir qo„lyozmani to„g„ri va ravon o„qish uchun xattotning 

yozuv uslubiga xos xususiyatlarni o„rganib chiaqish kerak. Qolaversa, yozuvda arb 



16 

 

harflarining  turlicha  ifodalanishi  yana  shu  bilan  isohlash  mumkinki,  ko„plab  xat 



turlaridan  voqif  bo„lgan  xattotlar  ko„chirish  jarayonida  arab  xatining  boshqa 

turlariga  xos  yozuv  uslublarini  ham  ishga  solishgan.  Natijada  nasta‟liq  xati, 

shikasta,  suls,  nasx,  riqo„  kabi  xat  turlariga  xos  yozuv  belgilarini  ham  muayyan 

darajada o„ziga singdirgan. 

Ma‟lumki  arab  yozuvining  bosma  shakli  nasx  xatiga  o„xshash  bir  chiziqda 

izchil  bosiladi.  Yozma  shaklida  esa  ma‟lum  bir  prinsp  ko„rinmaydi.  Unda  ba‟zi 

harflar, so„zlar  satr  chizig„idan  tushirib  yozilsa, ayrimlari  satr chizig„ida  yoziladi. 

Ba‟zi  qo„lyozmalarda  harf  nuqtalari  bejo  qo„yib  ketiladi.  O„sha  nuqtaning  qaysi 

harfga tegishli ekanligini kontekst mazmuni orqali bilish mumkin bo„ladi. Ba‟zan 

esa  ikki  harf  uchun  bitta  nuqta  qo„yiladi.  Bunday  holda  biz  o„sha  nuqtani  ikkala 

harfga  ham  qo„yib  o„qishimiz  lozim.  Xullas,  arab  imlosini  o„qishda  zukkolik  va 

topqirlik juda zarur. 



Harakatlar va ligaturalar. Arab imlosiga asoslangan eski o„zbek yozuvining 

asosiy  xususiyatlaridan  biri  yozuvda  qisqa  unli(a,  i,  u)larning  aks  etmasligidir. 

Qisqa unlilarning vazifasini yozuvda «fatha», «kasra», «zamma» harakat belgilari 

bajaradi.  Harakatlar  matnni  tez, oson  va  xatosiz  o„qishni  ta‟minlaydi.  Bu  belgilar 

faqat arab va fors tilidan o„zlashgan so„zlardagina qo„llaniladi. 

Fatha  (zabar).  Arab  tilida  qisqa  «a»  unli  tovushi  “fatha”  belgisi  bilan 

ifodalanadi.  U  fors  tilida  «zabar»  deb  ataladi.  «Ust»,  «yuqori»  degan  ma‟nolarni 

anglatadi.  Arab  va  fors  tilidan  o„zlashgan  so„zlar  boshida  keluvchi  «a»  tovushini 

ifodalash  uchun  alif  harfining  hamda  qator  kelgan  undosh  tovushlarning  ustiga 

qo„yiladi:  

Kasra  (zir).  Fatha  harakatiga  qarama-qarshi  o„laroq  harflarning  tagiga 

qo„yiladigan  belgi  “kasra”dir.  U  fors-tojik  tilida  «zir»  deb  ham  ataladi  va  «ost», 

«tag»  degan  ma‟nolarni  ifodalaydi.  Kasra  yozuvda  qisqa  «i»  unli  tovushini 

bildiradi va o„zlashgan so„zlardagi undosh tovushlar tagiga qo„yiladi.  




Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin