Uyg„ur yozuvi namunalari. Ayrim harfiy belgilar va alifbo tizimlari.
Osiyo xalqlari tomonidan turli xil yozuvlar qo„llanilib kelinganligi tarixiy
manbalardan ma‟lum. Osiyo qit‟asida yashagan avlod-ajdodlarimiz runik,
xorazmiy, oromiy, so„g„d, parfiyoniy, baqtariy, monaviy, suryoniy, pahlaviy deb
nomlangan yozuvlardan foydalanganlar. Qit‟amizda yashagan xalqlar tomonidan
qo„llanilgan eng qadimiy yozuvlardan biri turkiy-run yozuvi sanaladi. Buyuk turk
xoqonligi davrida ilm-fan, sanoat yuksak taraqqiyotga ega bo„lgan va eng muhimi
eramizdan oldingi ming yilliklar davridayoq turkiy xalqlar o„z yozuvlariga ega
bo„lganlar. 759-yilda toshga o„yib yozilgan Moyunchur bitigida shunday so„zlar
bor edi: «Ming yillik, tuman kunlik yozuvimni bu toshga o„yib yozdim». Mazkur
yozuvlar fanda turli nomlar bilan yuritiladi. Jumladan, Skandinav-german
tillaridagi runiy, turkiy run, runik (runa – sirli, yashirin degani, ruschada –
рунические письменности) yozuvlari deyiladi. Ushbu yozuv ayrim manbalarda
Dostları ilə paylaş: |