2-MA‟RUZA
Mavzu: O„zbek xalqi boshidan kechirgan yozuvlar.
Reja:
1. Qadimiy yozuvlar haqida. O„rxun-Enasoy bitiklari yozuvi.
2. Uyg„ur yozuvi namunalari. Ayrim harfiy belgilar va alifbo tizimlari.
3. Arab yozuvi tarixidan. Lotin va kirill yozuvlari
4. Qadimiy yozuvlarda bizgacha yetib kelgan manbalar.
Qadimiy yozuvlar haqida. O„rxun-Enasoy bitiklari yozuvi. Yozuvning
paydo bo„lishi insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk madaniy kashfiyotlardan
sanaladi. Yozuv jamiyat, til, adabiyot, san‟at tarixini o„rganish, insoniyat qo„lga
kiritgan madaniy obidalar, fikriy natijalarni avloddan-avlodga yetkazishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Yozuvlar jamiyat taraqqiyotini yana ham jadal sur‟atlar bilan
rivojlanishiga olib keldi. Yozuvlar orqali biz nafaqat tilimiz, balki ota-boblarimiz
turmush tarzi, urf-odatlari, kasb-kori, davlat tuzilishi va boshqa jihatlari to„g„risida
keng ma‟lumotlarga ega bo„lamiz.
Yozuvlarning hozirgi ko„rinishlari talab va ehtiyojlar tufayli oldin paydo
bo„lgan yozuvlarni takomillashtirish hamda bir qancha izlanishlar natijasida
yuzaga kelgan. Ayniqsa harfli yozuvlar asosida paydo bo„lgan ilmiy simvolika
tafakkur taraqqiyotini tezlashtirishda, fikrlash, o„ylash qobiliyatlarining yuqori
darajaga ko„tarilishida muhim rol o„ynagan.
8
Ilmiy manbalarda ta‟kidlanishiga ko„ra insoniyat o„z taraqqiyoti davomida
piktografik, ideografik, bo„g„inli va alifboli yozuvlardan foydalanib kelgan.
Yozuvlar tarixida alifboli yozuv alohida ahamiyatga ega. Alifboli yozuvlarning
dastlabki shakllari miloddan oldingi 1-mimg yillikda Nil vodiysiga bostirib kirgan
giksos qabilasida, keyinchalik Finikiyada rivojlangaligi tarixiy-ilmiy manbalarda
ta‟kidlanadi.
Keyingi ma‟lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda dunyoda 3 mingdan ortiq
tillar mavjud bo„lib, bu til egalari bir qancha yozuvlardan foydalanadilar. Jahonda
hozirgi paytda eng keng tarqalgan yozuv bu – lotin alifbosi asosidagi yozuv bo„lib,
undan dunyo aholisining 30 foizi foydalanadi. Bundan tashqari, ieroglif (Xitoy)
yozuvidan 25 foiz, Hind yozuvidan 20 foiz, arab yozuvidan 10 foiz, kirill
yozuvidan 10 foiz, Yunon, Yahudiy, Gruzin, Arman, Efiopiya va boshqa
yozuvlardan 5 foiz dunyo aholisi foydalanadi.
1
Dostları ilə paylaş: |