Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi O’zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi
to’g’risida”, “Bank va banklar faoliyati to’g’risida”gi qonunlari, Markaziy bankning
1996 yil 13 noyabrdagi 290-sonli “Tijorat banklarining buxgalteriya hisobi
hisobvaraqlari rejasi”, unga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar hamda boshqa
me’yoriy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston
Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning
yagona metodologik asoslarini belgilab beradi.
Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan
vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda
yuritiladi.
Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshrishda va ularni buxgalteriya
hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi
qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim.
Mazkur hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida bank
operatsiyalarini aks ettirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalari hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash
va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo’llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarini
ro’yxatidan iboratdir.
Tijorat banklarining hozirgi vaqtda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan barcha
operatsiyalari turi hisobvaraqlar rejasiga kiritilgan. Hisobvaraqlar rejasi tijorat
banklari tomonidan faqat Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va amaldagi
qonunchilik doirasidagi bank operatsiyalarini aks ettirish uchun foydalanilishi lozim.
Tijorat banklarining buxgalteriya hisobvaraqlari rejasi buxgalteriya hisobining
ko’p valyutali tizimiga asoslangan bo’lib, chet el valyutasidagi operatsiyalar
belgilangan tartibda hisobga olinishi mumkin bo’lgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy
valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi
bo’yicha sintetik hisobni yuritish uchun-alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish
uchun esa yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo’yicha yordamchi
kitoblardagi summalar yig’indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi
summalar yig’indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har
bir operatsiya tegishli valyuta turi bo’yicha Bosh va yordamchi kitoblarda ro’yxatga
olinishi kerak. Hisobot sanasi holatiga ko’ra Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar
bo’yicha jami summalari milliy valyutaga o’tkaziladi va hisobot davri davomida
amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo’yicha bankning jamlanma (konsolidirovan)
balansi tuziladi.
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:
- hisobvaraqlarning Bosh va yordamchi kitoblarda joylanishini engillashtirish;
- hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish;
- hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni engillashtirish;
- operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.
Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi sxema
131
bo’yicha beshta belgidan iboratligi qabul qilingan: