2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


Toshkent Moliya instituti - 2005



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/145
tarix27.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#51645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.

Toshkent Moliya instituti - 2005


 
3
KIRISh 
 
 
Iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichida respublikamizda faoliyat 
yuritayotgan banklarning roli tobora ortib bormoqda. Chunki xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning hech biri bank xizmatini chetlab o’tib faoliyat yurita olmaydi, o’zaro 
hisob-kitoblarini bank yordamisiz o’tkaza olmaydi. Shu sababli bank tizimini 
mustaxkamlash, ularning erkinligini oshirish yo’lida isloxotlarga xukumat miqyosida 
e’tibor berib kelmoqda. Chunki bank tizimida o’tkazilayotgan islohotlar nafaqat 
banklarning, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga asos bo’ladi.  
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Bank tizimini 
isloh qilish va erkinlashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi 
Qarorining qabul qilinishi respublikada faoliyat yuritayotgan banklarning 
rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. Ushbu qarorda tijorat banklarning tashkil etishga 
qo’yiladigan talablari, ularning operatsiyalari, imtiyozlar, kreditlash bilan bog’liq 
muammolarga alohida o’rin ajratilgan. Hozirgi kunda bank tizimi rivojlanib borar 
ekan, banklar o’rtasidagi o’zaro aloqalar, hisob-kitoblarni o’tkazish mexanizmini 
takomillashtirish talab etiladi. Ushbu qo’llanma «Bank ishi» yo’nalishi bo’yicha 
magistraturadagi bir qator mutazassisliklarda, jumladan, «Kredit», «Bank auditi», 
«Xalqaro bank ishi», «Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari», «Bank qimmatli 
qog’ozlari», «Bank risklari» mutaxassisliklar talablari uchun mo’ljallangan. O’quv 
qo’llanma ushbu fan bo’yicha ishlab chiqilgan namunaviy dastur va ishchi-o’quv 
dasturlari asosida yozilgan. O’quv qo’llanmada to’lov tizimining mazmuni, uning 
tarkibi, respublikada milliy to’lov tizimining shakllanishi, elektron to’lov tizimini 
tashkil etishning zarurati va shartlari, printsip va funktsiyalari o’z ifodasini topgan. 
Shu bilan birga iqtisodiyotdagi naqd pulsiz hisob-kitoblar, davlat byudjetining kassa 
ijrosi bo’yicha operatsiyalar, banklar tizimidan o’tganini hisobga olgan holda 
yuqoridagilar o’quv qo’llanmada batafsil yoritib berilgan. O’quv qo’llanmada yangi 
bank texnologiyalari, ularning qo’llanilishi ham o’z ifodasini topgan. 
 
Mazkur o’quv qo’llanmadan – «Bank ishi» yo’nalishi bo’yicha o’qiyotgan 
barcha oliy o’quv yurtlarining bakalavriat va magistratura bo’limlari talabalari, 
kollejlar, biznes maktab talabalari, shuningdek bank mutaxassislari va bank faoliyati 
bilan qiziquvchilar foydalanishi mumkin. 
 
«Banklarda hisob va to’lov tizimi» o’quv qo’llanmasi respublikada birinchi 
marta o’zbek tilida chop qilingan. Shu sababli uni yozish davomida ba’zi bir 
kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lishi mumkin. Ushbu kamchiliklar bo’yicha o’z 
fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni bildirishingizni so’raymiz va oldindan 
minnatdorchilik bildiramiz. 


 
4

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin