16
gruppalari o’rtasida korxona va aholi o’rtasidagi tovar
ayirboshlashda naqd pul
ishtirok etib, naqd pulli to’lov oboroti yuzaga keladi.
Ikkinchidan, tovar xarakteriga ega bo’lmagan pulli hisob-kitoblarni amalga
oshirish jarayonida sodir bo’ladigan to’lov oboroti. Bunday to’lov oboroti tovarsiz
operatsiyalarda yuzaga keladigan to’lov oboroti yoki moliyaviy majburiyatlar
bo’yicha yuzaga keladigan to’lov oboroti bo’lib hisoblanadi. Bu to’lov
oboroti ham
naqd pul ko’rinishi bilan birgalikda navdsiz pul ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Korxona va tashkilotlar bank kreditini qaytarganlarida, kredit uchun foiz
to’laganlarida korxona faoliyatini sug’urtalash bilan bog’liq to’lovlarda, soliqlar va
byudjetdan tashqari fondlarga turli tushumlar to’laganlarida naqd pulsiz to’lov
oboroti yuzaga keladi. Aholining turli badallari va soliqlarning ish haqidan olib
qolib, kerakli tashkilotlarga o’tkazilishi ham naqdsiz to’lov oborotiga misol bo’ladi.
Respublika va mahalliy byudjetga naqd pul yordamida soliqlarning to’lanishi esa
naqd pulli to’lov oborotini vujudga keltiradi.
To’lov oborotini yana ishtirokchilar va ishtirokchilarning joylashuviga ko’ra ham
tasniflash mumkin. To’lov oborotining ishtirokchilari bo’lib markaziy va tijorat
banklari, turli mulkchilik shakliga tegishli bo’lgan
korxona va tashkilotlar, aholining
turli qatlamlari hisoblanadi. Mana shu ishtirokchilar bir-biri bilan turli
operatsiyalar bo’yicha munosabatda bo’ladi. Bu munosabat jarayonida ular bir shahar
ichida yoki turli shaharlarda joylashgan bo’lishi mumkin. Agar to’lov oborotida
qatnashgan ishtirokchilar bitta shahar ichida joylashgan bo’lsa, bu
oborot bir shahar
ichidagi to’lov oboroti deyiladi. Agar ishtirokchilar turli shaharlarda, masalan, biri
Andijonda, ikkinchisi Samarqandda bo’lsa bunday to’lov oboroti shaharlararo
to’lov oboroti deyiladi. Lekin hozirgi davrda to’lov oboroti elektron to’lov tizimi
orqali juda tez sodir etilmoqtsa. Shu sababli to’lov oborotini bunday bo’lish,
bizning
fikrimizcha, qandaydir chegarada o’z kuchini yo’qotmoqda.
Umuman, to’lov oboroti ma’lum to’lov tizimi orqali sodir etiladi, ya’ni to’lovlarni
o’tkazish orqali har bir davlatda naqd va naqdsiz pullar boshqarib boriladi.
Bizning davlatimizda to’lov tizimi 90-yillarning o’rtalaridan boshlab shakllanib
borgan bo’lib, asosan naqd pulsiz o’tkazmalar mana shu tizim orqali olib boriladi.
Bu tizim elektron to’lov tizimi bo’lib to’lov oboroti bilan chambarchas bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: