3§. To’lov oboroti va uning tuzilishi Erkin raqobatga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotning
o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat mulki yagona bo’lmagan holda
rivojlanayotgan turli mulkchilik shakllariga asoslangan tovar ishlab chiqarish va
tovar muomalasining mavjudligidir. Tovar muomalasi mavjud ekan, u o’z navbatida
korxona va tashkilotlar o’rtasida pulli munosabatlarni, ya’ni hisob-kitoblarni keltirib
chiqaradi.
Tovar muomalasi va tovar ayirboshlash jarayoni doimo pul harakatini taqozo
etadi. Tovar oboroti pul oborotining moddiy asosi bo’lib hisoblanadi, lekin pul
oborotining hajmi tovar oborotining hajmidan doimo katta bo’ladi, chunki pul oboroti
o’z ichiga tovar ayirboshlashdan tashqari boshqa munosabatlarni ham oladi.
Masalan, pulli munosabatlar va pulli hisob-kitoblar quyidagi hollarda yuzaga keladi:
- bank muassasalari, aholi va turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi kredit munosabatlarida;
- xalq xo’jaligi tarmoqlarini moliyalashtirishda;
- sug’urta fondlari, kompaniyalari bilan munosabatlarda;
- jamg’arma fondlari bilan munosabatlarda;
- aholi gruppalari o’rtasidagi munosabatlarda;
- davlat byudjeti bilan munosabatlarda va hokazo.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda pul oborotiga quyidagicha tavsif beramiz:
«Pul oboroti - bu jamiyatda sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlardagi pul
mablag’larining har xil shakllardagi harakatidir».
Pul oborotidan tashqari to’lov oboroti degan tushuncha ham mavjuddir.
To’lov oboroti pul oborotiga nisbatan cheklangan, ya’ni to’lov oboroti pul
oborotining bir qismini tashkil etadi.
To’lov oboroti pul oborotining bir qismini tashkil etadi. To’lov oboroti
asosan xalq xo’jaligida o’tkaziladigan turli to’lovlar bilan bog’liq. Shuning uchun
to’lov oboroti bu - pulning to’lov vositasi funktsiyasini bajaruvchi pul oborotidir.
Hozirgi kunda pul funktsiyalarining klassik ta’rifi o’zgartilib pulning muomala va
to’lov vositasi funktsiyalari birlashtirilib, pulning «to’lov vositasi» funktsiyasi deb
yuritilmoqda. Shu bilan bu ikkita funktsiya o’rtasidagi chegara olib tashlanib,
pulning to’lov
vositasi funktsiyasini bajarishda naqdsiz pullar bilan bir
qatorda naqd pullarning ishlatilishi ko’rsatib berildi. Shundan kelib chiqqan, holda
to’lov oborotining tuzilishi haqida fikr yuritib ko’ramiz.
To’lov oboroti pulli munosabatlarda pul formalaridan foydalanish xususiyatlari
va to’lov usuliga ko’ra ikkiga bo’linadi:
1. Naqd pulli to’lov oboroti;
2. Naqd pulsiz to’lov oboroti.
Buni ushbu sxemada yaqqol ko’rish mumkin: