14
to’lov oborotiga nisbatan chegaralangan.
Naqd
pul oboroti davlat va aholi, turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan
korxona va tashkilotlar bilan aholi hamda aholi gruppalari o’rtasidagi
munosabatlarda namoyon bo’ladi.
Masalan, korxona va tashkilotlar o’z ishchi va xizmatchilariga ish
haqi, mukofot, komandirovka xarajatlarini to’laydi, nafaqaxo’rlar pensiya,
talabalar stipendiya oladilar. Bu naqd pullar savdo do’konlarida, bozorlarda
ishlatiladi, shu bilan birga turli moliyaviy majburiyatlar
va xizmatlar yuzasidan
to’lovlar o’tkaziladi.
Chet davlatlarda naqd pullarning ishlatilishi bilan band bo’lganlarning 10
foizdan kamrog’i o’z ish haqlarini naqd pulda oladilar. Angliyada ham naqd pulda ish
haqi oladiganlar barcha ishlovchilarning 10 foizi atrofini tashkil etadi. Germaniya
va Kanadada 5 foizi, AQShda esa taxminan 1-2 foizni tashkil etadi. Chunki bu
davlatlarda
ish haqi plastik, kredit kartochkalari yoki cheklarga o’tkazib beriladi.
Naqd pul yordamida amalga oshiriladigan to’lov oboroti quyidagi hollarda
yuzaga keladi:
a) aholi tomonidan davlat, xususiy, qo’shma, kooperativ
chakani va mayda ulgurji savdo tashkilotlaridan mahsulot
harid
qilinishi;
b) aholi
tomonidan
qishloq
xo’jaligi mahsulotlarining
dehqon bozorlarida sotib olinishi;
v)
aholi tomonidan oziq-ovqat
va buyum bozorlarida
tijoratchilardan, xunarmandlardan va boshqa tadbirkorlardan
tovarlarni sotib olinishi;
g) turli transport turlaridan va
boshqa maishiy xizmat
ko’rsatish tashkilotlari xizmatidan foydalanish;
d) ishchi-xizmatchilar ish haqining to’lanishi;
e) stipendiya va turli nafaqalarning to’lanishi;
j) aktsiyalar
bo’yicha
dividentlar to’langanda;
z) lotereyalar bo’yicha yutuqlar to’langanda;
i) sug’urta to’lovlari to’langanda;
y) aholi tomonidan kommunal va boshqa to’lovlar to’langanda;
k) gazeta va jurnallarga obuna bo’lish yoki joriy davrda sotish olinganda;
l)
aholi tomonidan er, mulk va boshqa soliqlar naqd pul yordamida to’langanda.
Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin. Umumlashtirib shuni aytish
mumkinki, aholi tomonidan naqd pul yordamida turli xil to’lovlar to’laganda naqd
pulli to’lov oboroti yuzaga keladi.
Lekin naqd pul doimo naqdsiz pulga, naqdsiz pul esa naqd pulga aylanib turadi.
Pulning bunday harakatini quyidagi sxemada ko’rishimiz mumkin.