9
2§. O’zbekiston Respublikasi to’lov tizimi va uning shakllanishi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar to’lov tizimi asosan
qog’oz ko’rinishidagi pochta hisob-kitoblarni amalga oshirib beradigan tizim
edi. 1990 yillargacha sobiq Ittifoq iqtisodiyoti «Banklararo hisob-kitoblar» termini
ishlatilmas edi. Banklararo hisob-kitoblar davlat bankida ochilgan markazlashgan
tartibdagi vakillik hisobvarag’i orqali olib borilgan. Bank muassasalari o’z
filiallaribilan 1933 yilda kiritilgan MFO (filiallararo oborotlar) bo’yicha ichki hisob-
kitoblarni olib borganlar. Shunga muvofiq bank xodimlarining asosiy e’tibori
filiallararo hisob-kitoblarga qaratilgan edi. Bunday hisob-kitoblar bo’yicha
to’lovlarni amalga oshirish uchun bankning mablag’i bo’lmasa ham cheklanishlar
yo’q edi. Filiallararo hisob-kitoblar yil oxirida markazda yakunlanardi. Yil
davomida esa filiallararo oborotlar yuritiladigan hisobvaraqlar orqali pul o’tkazish
operatsiyalari pochta yoki telegraf avizolari orqali amalga oshirilar edi. Kredit
resurslari markazdan hisobga olinib, rejalashtirib borilardi.
1991 yildan boshlab bu kamchiliklarni tugatish maqsadida O’zbekistonda
banklararo hisob-kitoblarga o’zgarishlar kiritila boshlandi. Bu davrda
O’zbekistonning boshqa respublikalar bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblari
qalbaki avizolar hisobiga buzildi va to’lov tizimi izdan chiqdi.
Mavjud tizim talabga javob bermay qolgani bois, Respublika Markaziy
banki yangi elektron to’lovlar kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Ushbu
kontseptsiyaga binoan elektron hujjatlar ko’rinishida ishlab chiqilgan to’lov tizimi
talab va imkoniyatlarni hisobga olgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi
lozim edi va bu vazifa ko’zlangandek bajarildi. Hozirgi vaqtda yaratilgan elektron
to’lov tizimiga muvofiq, to’lov hujjatlarini respublika miqyosida 15-20 daqiqada,
viloyat ichida 3-5 daqiqada amalga oshiriladigan bo’ldi.
Markaziy bank ma’lumotlariga qaraganda, yangi tizim kuniga 60 milliard
so’mlik 60 mingta hujjat aylanish imkonini beradi. Bu to’lov tizimi bundan
besh barobar hajmdagi operatsiyalarni amalga oshirishga qurbi etadi.
Lekin bunday muvaffaqiyatga etgunga qadar milliy to’lov tizimi bir necha
bosqichni bosib o’tdi.
Birinchi bosqich 1991-1994 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda to’lov tizimini
rivojlantirish va takomillashtirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan
1991-92 yillarda Markaziy bankning Bosh axborotlashtirish Markazida banklararo
hisob-kitoblarda elektron pochta usulini yaratish ustida ishlandi. Shuningdek bank
operatsion ish kunini kompyuter vositasida bajarishning amaliy dasturini yaratish va
ularni banklarda tadbiq etish bo’yicha ish olib borildi. 1993 yilda O’zbekiston
Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu
qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy bankda va uning hududiy
boshqarmalari va bo’limlari tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi banklararo to’lovlar tizimini takomillashtirish
maqsadida Jahon banki tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobidan samarali
foydalanish maqsadida xalqaro tanlov-tender e’lon qilindi.
1995 yil aprel oyidan boshlab to’lov tizimini takomillashtirishning ikkinchi
bosqichi boshlandi. Bu bosqich 1998 yilgacha davom etdi. Ushbu bosqichda to’lov
10
tizimi o’z oldiga qo’ygan vazifani uddaladi deyish mumkin. Agar 1996 yilda hisob-
kitoblar respublika ichida 1 kunda, viloyat ichida 1 soatda yakunlangan bo’lsa, bu
vaqt borgan sari qisqarib bordi. 1997-98 yillardan boshlab hududlararo to’lovlarning
o’tishi 15-20 daqiqani, hudud ichidagi to’lovlarning o’tishi 3-5 daqiqani tashkil
qilishiga erishildi.
1998 yildan boshlab 2001 yilgacha milliy to’lov tizimini takomillashtirishning III
bosqichi amalga oshirildi. 2002 yildan respublika to’lov tizimini takomillashtirishning
IV bosqichi boshlandi. Bu davrda to’lov tizimini takomillashtirish va boshqaruv
uchun axborot tizimini yaratish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
To’lovlarni real vaqtda o’tishini ta’minlash va tijorat banklariga yagona vakillik
hisobvarag’i orqali xizmat ko’rsatish bo’yicha tanlangan texnologiya hamda ishlab
chiqilgan texnik topshiriq bo’yicha banklararo to’lovlarni yagona vakillik
hisobvarag’i orqali o’tkazish bo’yicha yaratilayotgan dasturlarni ishlashga tayyorligini
tekshirish maqsadida 2002 yilning 27 aprel kuni sinovdan o’tkazildi. Bundan tashqari,
yagona vakillik hisobvarag’i orqali real vaqtda amalga oshirayotgan banklarni o’zaro
uzluksiz ishlashni ta’minlaydigan dastur ishga tushirildi. Yangi tizimga barcha tijorat
banklari bir yo’la o’tkazilmadi. Avval bir qator banklar ushbu tizim bo’yicha ishlab
sinab ko’rildi. Yagona vakillik hisobvarag’i tizimi orqali ishlashga AT
Sanoatqurilishbanki 2002 yilning 15 iyulida, AT Tadbirkorbanki 20 iyulida, DAT
Asaka banki 21 oktyabrda o’tkazildi va ularga har tomonlama yordam berildi. Yagona
vakillik hisobvarag’i bo’yicha boshqaruv axborot tizimiga o’tish 2003 yilning
sentyabr oyida nihoyaga etkazildi. Yangi tizimga o’tishni DT Xalq banki hamda Alp
Jamol xususiy banki yakunladi. Natijada quyidagi natijalarga erishildi:
- kunlik to’lovlarni o’tkazish uchun band bo’lgan mablag’larning bir qismini
bo’shashiga, shu bilan birga bo’shagan mablag’larni tegishli aktivlarga
joylashtirish imkoni yaratildi;
- bank filiallarida butun kun davomida paydo bo’ladigan tavakkalchiliklarni
kuzatib, uni o’z vaqtida bartaraf etish mumkin bo’ldi;
- bankning yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga bo’lgan har bir jarayonni tizim
orqali kuzatish mumkin bo’ldi;
- bank filiallarining qay biri zaif, qay biri mustahkamligini tahlil qilish va tez,
operativ ravishda choralar ko’rish imkoni yaratildi;
- bankning yagona kundalik balansi uning likvidligi, tavakkalchiliklari,
majburiyati, kapitali qanday darajada ekanligi aniq ko’rish va tahlil qilish
imkoniyati yaratildi.
To’lov tizimining hozirgi darajaga etishida bir necha omillar xizmat qilgan. Bu
omillar quyidagilardir:
1. Buxgalteriya hisobining jahon andozalariga mos keluvchi Bank
Depozitorlari Milliy Axborot Bazasi tashkil etildi.
2. Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari asosida soliqdan ozod etilgan
mablag’lar hisobiga bank tizimi to’liq kompyuterlashtirildi.
3. Banklar o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda «Fido-Biznes»
firmasi tomonidan yaratilgan dasturiy ta’minoti bilan to’liq ta’minlandi va
imkoniyati etadigan banklarga, jumladan, Milliy bank, Asaka bank,
11
DAEWOO bank va ABN-AMRO banklarga dasturiy ta’minot yaratishga doir
texnik talablar qo’yildi.
To’lovlarning elektron usulda amalga oshirilishi ham mijoz uchun tez amalga
oshirish quvvati jihatidan juda ham qulay, ham bank uchun xarajat kamligi uchun
juda foydalidir. Shuning uchun O’zbekistonda yaratilgan elektron to’lovlar
tizimi milliy to’lov tizimining asosi bo’lib, uni rivojlantirish umummilliy
ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda, respublikada to’lov tizimini mukammallashtirish, to’lov
vositalarini rivojlantirish va mijozlarga qulay bo’lgan to’liq avtomatlashtirilgan
tizimni ishlab chiqish asosiy maqsad qilib belgilangan. «Elektron hamyon»
sifatida mashhur bo’lgan plastik kartochkalar to’lovlarning barcha turidan xam
eng qulay to’lov vositasi sifatida tan olingan. Shuning uchun respublikada bir qator
yirik banklar plastik kartochkalar bozorini shakllantirishda aktiv faoliyat
ko’rsatmoqdalar. Plastik kartochkalar bozorini rivojlantirishda bir qancha
bankomatlar o’rnatilishi, milliy valyuta barqarorligi va mustahkam muhofaza tizimi
kabi murakkab ishlar amalga oshirilgandan keyingina ma’lum ijobiy natijalarga
erishish mumkin.
Hozirgi kunda respublikada «Bank-Mijoz» tizimi amaliyotga keng tadbiq
etilmoqda. Bu tizimda bank mijozlari to’g’ridan-to’g’ri ofis yoki uyidan turib
to’lovlarni amalga oshirilishi ko’zlangan. Bank xizmatining bu yangi ko’rinishi pul-
mablag’larining boshqarilishini faollashtirish bilan birga bank mijozlari sonining
oshishiga, bank va mijoz o’rtasidagi moliyaviy faoliyatni yanada rivojlantirishga olib
keladi.
Shunday qilib, O’zbekistonda jahon talablariga javob
beradigan elektron usulda to’lovlarni amalga oshiradigan
milliy to’lov tizimi yaratildi. Elektron to’lov tizimining
ishlash printsiplari, to’lov tizimi orqali hisob-kitoblarning
o’tkazish tartibi, plastik kartochkalarning turlari, ularning
amaliyotda qo’llanilishi,
«Bank-Mijoz» dasturiy ta’minotining mazmuni va
ish faoliyati keyingi mavzularda batafsil ko’rib chiqiladi.
|