1-sxema To’lov oborotining tarkibiy tuzilishi Pul to’lov (naqd) vositasi
- ish haqi - pensiya
- mukofot
- ijtimoiy, maishiy
xizmatlar uchun
to’lovlar va h.k.
№60 yo’riqnoma bo’yicha hisob-
kitob shakllari asosidagi hisob-
kitoblar
To’lov oborotining asosiy qismi naqd pulsiz to’lov oborotidan tashkil topadi.
Bu to’lov oboroti naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi. Naqd pulsiz
hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar
ayirboshlash,
xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va
majburiyatlarni pul mablag’larini naqd pul ishlatmasdan bir hisobvaraqdan ikkinchi
hisobvaraqqa o’tkazish orqali bajarilishi tushuniladi.
Iqtisodiyot rivojlanib borgan sari to’lov oborotida naqd pulsiz to’lov
oborotining ulushi ortib boradi. Chunki iqtisodiy taraqqiyotni belgilovchi omillar
naqdsiz to’lov oborotining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy taraqqiyotni
belgilovchi omillar quyidagilar:
a) sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish hajmining o’sishi;
b) tovar aylanishi va milliy daromad hajmining o’sishi;
v) bank kreditining ayirboshlash jarayonidagi rolining ortib borishi;
g) mulkchilik shakllarining va ular o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi;
d) iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda hisob-kitob ishlarida elektron to’lov
tizimidan keng ko’lamda foydalanish va boshqalar.
Hozirgi kunda nafaqat xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xattoki aholining ham nakd
pulsiz to’lov tizimidagi ishtiroki ortib bormoqda. Ilgari Xalq banki orqali aholiga
taklif qilingan nakd pulsiz hisob-kitoblarining turli shakllari bilan bir qatorda
plastik va magnit kartochkalardan foydalanish ham rivojlanib bormoqda.
Ayniqsa, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan chet el valyutasi va
milliy valyutada chiqarilgan plastik kartochkalar aholi o’rtasida keng ishlatilmoqda.
Shu bilan birga hozirgi kunda Asaka banki, Sanoat qurilish banki hamda Xalq
banki va boshqa qator banklar tomonidan plastik kartochkalar chiqarilib, aholiga
taklif qilinmoqda.
To’lov oborotining ikkinchi qismi naqd pulli to’lov oborotidir. Naqd pulli
to’lov oboroti deganda tovar ayirboshlash va xizmat ko’rsatish jarayonida
sub’ektlar o’rtasidagi hisob-kitoblarning naqd pul yordamida amalga oshirilishi
tushuniladi. Naqd pulli to’lov oborotining ishlatish ko’lami naqd pulsiz