41
v) Akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar, ularning
hisobga olinishi va rasmiylashtirilishi
Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli to’lov oborotida juda kam ulushni tashkil
etadi. Jo’natilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovni kafolatlash
maqsadida akkreditiv shakldan foydalaniladi. Akkreditiv-mijozning topshirig’iga
ko’ra shartnoma bo’yicha uning kontrogenti foydasiga berilayotgan bankining shartli
pul majburiyatidir. Unga ko’ra akkreditiv ochgan bank mahsulot etkazib beruvchiga
to’lovni bajarishi yoki boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko’zda tutilgan
hujjatlar taqdim qilinganda va akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu
to’lovlarni bajarish uchun vakolat berishi mumkin. Akkredetiv so’zining o’zi lotin
tilidan olingan bo’lib, «ishonchli» degan ma’noni bildiradi. Hozirgi kunda korxonalar
o’rtasidagi hisob-kitoblarda akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:
-qoplangan akkreditiv (deponentlangan)
-qoplanmagan (deponentlanmagan)
Akkreditivlar ochilganda akkreditiv ochgan bank to’lovchining shaxsiy
mablag’idan yoki unga berilgan kredit hisobidan mol etkazib beruvchining banki
tassarrufiga alohida «Akkredetivlar» balans hisobvarag’iga mablag’larni etkazib
bersa, bunday akkreditivlar qoplangan akkreditivlar deyiladi. Akkreditiv ochgan bank
xalqaro qabul qilingan andozalar asosida bank-emitent deb yuritiladi.
Akkreditivlarning ikkinchi turi qoplanmagan akkreditiv bo’lib, bank va boshqa
korxonalar oldidagi majburiyatlarini o’z vaqtida bajaradigan xo’jaliklarga bunday
akkreditivlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Qoplanmagan akkreditivning
qoplangan akkreditivdan farqi shundan iboratki, bunda to’lovchi korxonaning pul
mablag’lari alohida hisobvaraqqa o’tkazib qo’yilishi talab qilinmaydi. Bank to’lovchi
hisobvarag’ida to’lov hujjatlari kelib tushganda pul bo’lmagan taqdirda bank
mablag’lari hisobidan to’lov berishni kafolatlaydi. Akkreditivning bu turining
qulayligi shundan iboratki, mol sotib oluvchining pul mablag’lari oborotdan
tashqariga chiqib ketmaydi, ikkinchi tomonidan mol jo’natuvchi korxona uchun ham
to’lov kafolatlangan. Faqat bank mablag’lari hisobidan to’lov amalga oshirilganda
shartnomada kelishilgan miqdorda haq to’lanadi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib
olinmaydigan bo’lishi mumkin. Agar akkreditiv bo’yicha hujjatlarda bu haqda belgi
mavjud bo’lmasa, bunday akkreditivlar chaqirib olinuvchi bo’lib hisoblanadi.
Chaqirib olinuvchi akkreditiv bank-emitent tomonidan mablag’larni oluvchi bilan
oldindan kelishib olinmasdan ham o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Masalan, shartnomada ko’zda tutilgan shartlarga rioya etilmaganda, bank-emitent
akkreditiv bo’yicha to’lovlarni kafolatlash muddatidan avvalroq voz kechganda va
boshqa xollarda akkreditiv chaqirib olinishi mumkin. To’lovchi mahsulot etkazib
beruvchiga chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini o’zgarishi yoki bekor
qilinishi to’g’risidagi barcha farmoyishlarni faqat bank-emitent orqali berishi
mumkin, ushbu bank mahsulot etkazib beruvchining banki, ya’ni bajaruvchi bankni,
u esa o’z navbatida mahsulot etkazib beruvchi korxonani xabardor qiladi. Bajaruvchi
bank, ayni paytda, mahsulot etkazib beruvchi taqdim etgan va mahsulot etkazib
beruvchining banki tomonidan qabul qilingan akkreditiv shartlariga tegishli bo’lgan
hujjatlar bo’yicha to’lovlarni mazkur bank akkreditivini o’zgartirish yoki bekor qilish
42
to’g’risidagi xabarnomani olgunga qadar to’lashi shart. Mahsulot etkazib
beruvchining roziligisiz, uning foydasiga ochilgan chaqirib olinmaydigan akkreditiv
o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Mahsulot etkazib beruvchi korxona
akkreditiv shartlarida ko’zda tutilgan hollarda akkreditivni muddatidan oldin
ishlatishdan voz kechishi mumkin.
a) Emitent bankida akkreditivning ochilishi.
Akkreditiv faqat bir ta’minotchi bilan hisob-kitob qilishga mo’ljallangan
bo’lishi mumkin. Akkreditivning muddati va hisob-kitob qilish tartibi tomonlar
o’rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Shartnomada:
-emitent-bankning nomi;
-akkreditiv turi, uni bajarish muddati va bajarish usullari;
-mol etkazib beruvchining akkreditiv bo’yicha mablag’ olishi uchun taqdim
qilinadigan hujjatlar ro’yxati va ularning aniq tavsifi;
-tovarlarni jo’natgandan keyin hujjatlarni taqdim qilish muddati;
-mol etkazib beruvchi va oluvchi tomonlar nomi, ularning yuridik adreslari
-bajaruvchi bank nomi va boshqalar ko’rsatiladi.
Akkreditiv ochish uchun xaridor o’z bankiga - bank emitentga akkreditivlarni
ochish to’g’risidagi arizani 2 nusxada taqdim etadi. Arizada akkreditiv ochish uchun
asos bo’lgan shartnoma raqami, akkreditivning amal qilish muddati, akkreditivni
bajaradigan bankning nomi, akkreditiv ijro etiladigan joy, akkreditiv turi, akkreditiv
bo’yicha haq to’lanadigan hujjatlarning to’liq va aniq nomi, rasmiylashtirish tartibi,
akkreditiv bo’yicha to’lash usuli va boshqa kerakli rekvizitlar ko’rsatiladi.
Bankda ushbu korxonaga xizmat ko’rsatuvchi mas’ul ijrochi akkreditiv ochish
haqidagi arizani olib, uning to’g’ri va to’liq rasmiylashtirilganligi, barcha kerakli
rekvezitlarning mavjudligini tekshirib ko’radi. Shundan so’ng qabul qilingan
akkreditiv ochish xaqidagi arizaning birinchi nusxasiga o’z imzosini, bankning
to’rtburchak muxr izini, arizani qabul qilish sanasi va to’lov o’tkazilgan sanasini
qo’yadi. Arizaning birinchi nusxasida ko’rsatilgan barcha rekvezitlar kompyuterga
kiritib elektron to’lovlar tizimi yordamida to’langan summani Markaziy bankning
Hisob Markazi orqali mahsulot jo’natuvchi korxona bankiga, ya’ni bajaruvchi bankka
jo’natiladi. Xaridorning hisobvarag’idan to’lovni o’tkazish bo’yicha operatsiyalar
kuyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi:
Debet «Mahsulot oluvchi korxonaning depozit hisobvarag’i»
Kredit «Emitent bankning vakillik hisobvarag’i»
Bir vaqtning o’zida akkreditiv summasi akkreditivlarni hisobga oluvchi ko’zda
tutilmagan hollar hisobvarag’iga kirim qilinadi. To’lov o’tkazilgandan so’ng
arizaning ikkinchi nusxasi bank mas’ul ijrochisining imzosi, bankning to’rtburchak
muxr izi, to’lov o’tkazilgan sana hamda qabul qilish sanasi qo’yilgan holda
to’lovchiga shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda beriladi.
b) Akkreditivni bajaruvchi bankda akkreditivning yopilishi.
Akkredetivni bajaruvchi bank emitent bankdan elektron to’lovlar tizimi orqali
to’lovni qabul qiladi. Bu bankda akkreditivlarni ochish xaqidagi ariza 2 nusxada
qog’ozga chiqariladi:
43
-arizaning birinchi nusxasi bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo hamda
bankning muhr izi ko’yilgan holda bankning kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi va
belgilangan tartibda saqlanadi.
-ikkinchi nusxasi «To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari»deb
nomlangan 1-kartotekaga joylashtiriladi.
Emitent bankdan qabul qilingan to’lov summasi 22602 sonli «Mijozlarning
akkreditivlar bo’yicha depozitlari» hisob varag’ida o’tkazilib mahsulot jo’natilib, bu
haqda mahsulot jo’natuvchi korxonadan kerakli hujjat taqdim qilingunga qadar
saqlanadi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi yordamida amalga oshiriladi.
Debet 10301 «Bajaruvchi bankning korrespondentsiya hisobvarag’i»
Kredit 22602 «Mijozlarning akreditivlar bo’yicha depozitlari» hisobvarag’i.
Mahsulot etkazib beruvchi korxonaga akkreditiv ochilganligi to’g’risida bank
xabar beradi.
Mahsulot etkazib beruvchi akkreditiv bo’yicha kelib tushgan mablag’larni
o’zining talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag’iga o’tkazish uchun unga
xizmat ko’rsatuvchi bankka yuklab jo’natish va akkredetiv shartlarida ko’zda tutilgan
boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Akkreditiv bo’yicha to’lovlarni tasdiqlovchi boshqa
hujjatlar akkreditiv muddati o’tgunga qadar mahsulot etkazib beruvchi tomonidan
bankka taqdim etilishi va akkreditivning barcha shartlarini bajarilganligini tasdiqlashi
shart. Akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarda mahsulot etkazib beruvchining banki
mahsulot etkazib beruvchi tomonidan akkreditivning barcha shartlariga rioya
qilinganligini hamda tasdiqlovchi hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini
tekshirish lozim. Ushbu shartlarning birortasi buzilganda yoki bajarilmaganda bank
akkreditivlar bo’yicha to’lovlarni o’tkazishi mumkin emas. Bank tomonidan
mahsulot etkazib beruvchining akkreditivlar bo’yicha hisob varag’idagi mablag’larni
uning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisob varag’iga memorial order orqali
o’tkaziladi. Memorial order mas’ul ijrochi tomonidan 4 nusxada to’ldirilib, unda
to’lov bo’yicha shartnoma nomeri, sanasi, to’lovning mazmuni, hisob varaqlar
nomeri ko’rsatiladi. Memorial orderning alohida nusxalari quyidagicha ishlatiladi:
-memorial orderning birinchi nusxasi buxgalterning imzosi, bankning
to’rtburchak muhrining iz tushirilib, tasdiqlovchi hujjatning bir nusxasi bilan
birgalikda bankning kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi;
-memorial orderning ikkinchi va uchinchi nusxalari mas’ul ijrochining imzosi,
bank to’rtburchak muhrining izi ko’yilib, tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda
bank-emitentga jo’natiladi;
-memorial orderning to’rtinchi nusxasi mas’ul ijrochining imzosi, bankning
to’rtburchak muhr izi qo’yilib mahsulot etkazib beruvchi korxona hisob varag’iga
ilova sifatida beriladi.
Mahsulot etkazib beruvchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan hisob
varag’iga mijozning akkreditivlar bo’yicha hisob varag’idan pul mablag’larini
o’tkazish quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali amalga oshiriladi:
Debet 22602 «Mijozlarni akkreditivlar bo’yicha depozitlar» hisob varag’i
Kredit 20200 «Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar» hisob
varag’i.
44
Mijozlarning qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga karab 20200
hisobvaraqning tegishli yordamchi (subschet) hisob varaq nomeri olinadi.
Shunday qilib, akkreditiv mahsulot etkazib beruvchi korxonaga xizmat
kiluvchi bankda quyidagicha yopilali:
a) akkreditiv muddati tugagandan keyin bajaruvchi bank akkreditiv
yopilganligi to’g’riisida emitent bankka xabar beradi;
b) mahsulot etkazib beruvchining muddatdan oldin akkreditivni ishlatishdan
voz kechish to’g’rsidagi arizasiga ko’ra, mahsulot etkazib beruvchining keyingi
akkreditivdan foydalanishdan voz kechishi to’g’riisdagi arizasiga asosan, bank-
emitentga bajaruvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi;
v) sotib oluvchining akkreditivni qisman yoki to’liq chaqirib olish to’g’risidagi
arizasiga ko’ra, agar akkreditiv shartlarida ko’zda tutilgan bo’lsa, akkreditivlar
emitent bankdan xabar etib kelgan kuni 22602 «Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha
depozitlar» hisobvarag’idagi mavjud mablag’lar doirasida to’liq yoki qisman
koplanadi. Akkreditivning yopilayotganligi xaqida emitent bankka xabar beriladi.
Akkreditivlar bo’yicha depozit hisobvaraqlardan naqd pul berilishi,
akkreditivlarni boshqa shaxslar nomiga o’tkazilishi va qayta rasmiylashtirilishiga
ruxsat etilmaydi.
Bank emitent akkreditivni ishlatganligi to’g’risida bajaruvchi bankdan
hujjatlarni olgandan keyin memorial orderga asosan ko’zda tutilmagan hollar hisob
varag’adan to’liq hisobdan chiqaradi va tasdiqlovchi hujjatlarni memorial orderning
nusxasi bilan birgalikda to’lovchi korxonaga beradi. Ko’zda tutilmagan xolatlar hisob
varag’i akkreditiv to’liq ishlatilmagan va u sotib oluvchi bankidagi hisob varaqqa
qaytarilganda xam yopiladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan operatsiyalarni kuyidagi sxema orqali
umumlashtiramiz.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning akkreditiv shaklining o’z afzalligi, shu bilan
birgalikda, bir qator kamchiliklari mavjud. Akkreditiv shakli bo’yicha hisob-kitob
qilishning afzallik tomoni shundaki, maxsulot etkazib beruvchi uchun to’lov to’liq
kafolatlangan bo’ladi. Akkreditiv shaklining kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:
-akkreditiv shakli bo’yicha hujjatlar aylanishi texnik jihatdan birmuncha
qiyinroq;
-transportga qulay emas, akkreditiv ochilgan paytda yukni jo’natish uchun
tayyor transport bo’lmasligi mumkin, bu esa yuk jo’natishni kechikishiga olib keladi;
-bu shaklda to’lovchining mablag’lari oborotdan qisman chetlashadi, boshqa
hisob-kitoblar uchun bu mablag’lardan foydalanishga ruxsat etilmaydi;
-akkreditiv bo’yicha odatda faqat bir mol etkazib beruvchi bilan hisob-kitob
qilinadi.
|