53
ETT orqali plastik kartochkalardan foydalangan holda, amalga oshirilgan
operatsiyalar bo’yicha yalpi hisob-kitoblar qilish, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) bank-emitent tomonidan avtorlashtirilmagan holda amalga oshirilgan hisob-
kitoblarda:
a) bank-ekvayer xizmat ko’rsatilayotgan savdo yoki xizmat ko’rsatish
tashkilotidan olingan, kartochkalardan foydalangan holda, tuzilgan elektron
hujjatlarga asosan, mablag’larni uning hisobvarag’iga o’tkazadi, bunda elektron
to’lovlar tizimi orqali bank-emitentga jo’natiluvchi debetli elektron memorial orderi
avtomatik ravishda shakllantiriladi.
b) bank-emitentda olingan debetli elektron memorial orderga asosan mijozning
kartochkali hisobvarag’idan dasturiy ravishda mablag’lar hisobdan chiqariladi.
Debetli elektron memorial order bosmadan chiqariladi va kunlik hujjatlarga tikiladi.
2) bank-emitent tomonidan oldindan shart bo’lgan tartibda avtorizatsiya
qilinadigan hisob-kitoblarda:
a) bank-ekvayerda xizmat ko’rsatilayotgan savdo yoki xizmat ko’rsatish
tashkilotidan olingan, kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron
hujjatlarga asosan, ETT orqali avtorizatsiyalash va o’tkazmani amalga oshirish uchun
bank-emitentga jo’natiladigan elektron ma’lumot, foydalanilayotgan texnologiya
qoidalariga muvofiq, avtomatik ravishda shakllantiriladi;
b) bank-emitent, olingan elektron ma’lumotlarga asosan, tranzaktsiyalar
avtorizatsiyasini o’tkazadi, mijozning kartochka xisobvarag’idan mablag’larni
hisobdan chiqarish uchun avtomatik ravishda elektron memorial orderni
shakllantiradi, savdo va xizmat ko’rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha
depozit hisobvaragiga mablag’larni o’tkazish uchun elektron to’lovlar tizimi orqali
bank-ekvayerga jo’natadi.
v) bank-ekvayerda, bank-emitentdan olingan elektron memorial orderga asosan,
mablag’lar savdo yoki xizmat ko’rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha depozit
hisobvarag’iga o’tkaziladi. Memorial order bosmadan chiqariladi va bankning kunlik
hujjatlariga tikiladi.
Protsessing markazlari orqali hisob-kitoblarni o’tkazish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
a) kun davomida kartochkalar bo’yicha barcha tranzaktsiyalar, hisob-kitoblar
qatnashchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda, protsessing markazi orqali o’tkaziladi
va hisob-kitoblarda qatnashuvchi har bir bank uchun alohida ochilgan shaxsiy
hisobvaraklarda aks ettiriladi;
b) hisob-kitoblar qatnashchilari kelishuviga asosan, hisob-kitoblar bo’yicha
yakuniy summalar (majburiyatlar) tijorat banklarining Markaziy bankning hisob-
kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali, shartnomada qayd etilgan
davriylikda o’tkaziladi;
v) banklar, protsessing markazidan olingan ma’lumotlarga asosan,
kartochkalardan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo’yicha,
mablag’larni mijozlarning hisobvaraqlariga kiritadilar yoki chiqaradilar.
Dostları ilə paylaş: