46
Davlat sug’urtasi, ijtimoiy sug’urta idoralari, davlat byudjeti foydasiga
mablag’larni o’tkazib berish hujjatlar bank tomonidan amal qilish muddati
cheklanmagan holda qabul qilinadi.
Inkasso topshiriqnomasi bank bo’limiga undirib oluvchi tomonidan
0505411013 shaklda 3 nusxada topshiriladi. Undirib oluvchi va to’lovchi
tomonlarga
bitta bank bo’limida xizmat ko’rsatilsa inkasso topshiriqnomalarining alohida
nusxalari quyidagicha ishlatiladi:
-birinchi nusxa to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi
tomonidan imzo, bankning to’rtburchak muhr izi, to’lov amalga oshirilgan sana,
qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi.
-ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari bilan birga to’lovchining hisob varag’iga ilova
sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning
to’rtburchak muhrining izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda
to’lovchiga
beriladi;
-uchinchi nusxasi bank bo’limining to’rtburchak muhr izi tushirlgan, mas’ul
bajaruvchi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish sanasi
ko’rsatilgan holda to’lovni oluvchiga beriladi.
Undirib oluvchi va to’lovchiga bir shahar ichidagi turli banklar xizmat
ko’rsatganda ham inkassa topshiriqnomasi 3 nusxada rasmiylashtirilib, undirib
oluvchi tomonidan bevosita to’lovchi korxona bankiga topshiriladi. Inkasso
topshiriqnomasining alohida nusxalari quyidagicha ishlatiladi:
-birinchi nusxa to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi
tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning to’rtburchak
muhri izi
tushirilgan va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda bankning kunlik hujjatlar
yig’masiga tikiladi va belgilangan tartibda saqlanadi;
-ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari bilan birgalikda to’lovchining hisob varag’iga
ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, qabul
qilish sanasi ko’rsatilgan va bankning muhr izi tushirilgan holda to’lovchiga beriladi;
-uchinchi nusxasi bank bo’limining to’rtburchak muhr izi tushirilgan, mas’ul
ijrochining imzosi, to’lov amalga oshirilgan sana, qabul qilish sanasi ko’rsatilgan
holda to’lovni oluvchining o’ziga inkasso topshiriqnomasining ijro uchun bank
tomonidan qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida qaytariladi.
Amaliyotda shunday hollar ham bo’ladiki, bunda to’lovni undiruvchi va to’lov
to’lovchi turli shaharlarda joylashgan bo’lib, ularga turli banklar xizmat ko’rsatadi.
Bunday
shaharlararo yoxud, hududlararo operatsiyalar banklararo hisob-kitoblar
orqali amalga oshiriladi. Shaharlararo hisob-kitoblarda inkasso topshiriqlari
undiruvchilarga xizmat ko’rsatuvchi bank bo’limlariga undiruvchi tomonidan
topshiriladi. Bu holda inkassa topshirig’i 3 nusxada rasmiylashtirilib bankka
topshiriladi. Uning birinchi va ikkinchi nusxalari ijro hujjatlari bilan birga pochta
aloqasi orqali to’lovchining bankiga jo’natiladi. Topshiriqnomani jo’natishdan avval
unga mas’ul ijrochi tomonidan imzo, hujjatning qabul qilinish sanasi qo’yiladi hamda
bankning to’rtburchak muhr izi tushiriladi. Inkasso topshiriqnomasining uchinchi
nusxasi bank bo’limining to’rtburchak
muhr izi tushirilgan, mas’ul ijrochining
imzosi, qabul qilish sanasi qo’yilgan holda undiruvchiga qaytariladi.
47
Inkasso topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblarda bajariladigan buxgalteriya
yozuvlari undiruvchi va to’lov to’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi banklarning
joylashuviga bog’liq. Agar har ikki tomonga bitta bank bo’limi xizmat ko’rsatsa,
inkasso topshiriqnomasini to’lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali bajariladi:
Debet «To’lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depozit» hisob
varag’i.
Kredit «Undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit» hisob varag’i.
Hisob varaq nomerlari undiruvchilar va to’lovchilarning qaysi mulkchilik
shakliga tegishligiga ko’ra belgilanadi. Bu buxgalteriya yozuvi to’lovchi korxona
hisobvaraqlaridan mablag’larning undiruvchi tomonning bankdagi hisobvarag’iga
o’tkazilganligidan dalolat beradi.
To’lov to’lovchi va undiruvchi tomonlar bir shahar ichidagi turli banklar
xizmatidan foydalansalar, undiruvchi tomon inkasso topshirig’ini to’lovchi bankiga 3
nusxada topshiradi. Topshiriqnomaning to’g’ri va to’liq rasmiylashtirilganligi,
uning
barcha rekvezitlarining mavjudligi, shu bilan birga, to’lovchining hisob varag’ida
ushbu topshiriqnomani to’lash uchun pul mablag’larining etarliligi bank mas’ul
ijrochisi tomonidan nazorat qilinadi. Shundan so’ng, birinchi nusxa asosida quyidagi
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet «To’lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depozit» hisob
varag’i.
Kredit «To’lovchi korxonaga xizmat qiluvchi bankning vakillik hisob varag’i».
To’lov elektron to’lov tizimi orqali Hisob Markaziga o’tkaziladi. Inkasso
topshiriqnomalarining boshqa nusxalari yuqorida ko’rsatib o’tilganga muvofiq
ishlatiladi.
To’lov to’lovchi va undiruvchi tomonlarga turli shahardagi turli banklar xizmat
ko’rsatsalar, undiruvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank inkasso topshirig’ini ijro
hujjatlari bilan birgalikda pochta aloqasi orqali to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi
bankka jo’natadi. To’lovchining banki kelib tushgan hujjatlarning to’lanishi
mumkinligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirib yuqorida buxgalteriya
yozuvini o’tkazadi va elektron to’lov tizimi orqali Hisob Markaziga to’lovni
jo’natadi. Hisob Markazi orqali to’lov undiruvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankning
vakillik hisobvarag’iga kelib tushadi. Bir vaqtning o’zida kelib
tushgan pul
mablag’lari undiruvchi tomonning hisobvarag’iga o’tkaziladi. Bu operatsiya kuyidagi
buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi:
Debet «Undiruvchiga xizmat qiluvchi bankning vakillik hisobvarag’i»
Kredit «To’lovni undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit»
hisobvarag’i.
Undiruvchi bankida elektron to’lov tizimi orqali qabul qilingan elektron
inkasso topshiriqnomasi 2 nusxada qog’ozga chiqariladi. Ularning birinchi nusxasi
bankning muhr izi va mas’ul ijrochining imzosi qo’yilib, kunlik hujjatlar yig’masiga
tikiladi. Ikkinchi nusxasi esa bank muhr izi va mas’ul ijrochining imzosi qo’yilgan
holda undiruvchining hisob varag’iga ilova qilib beriladi.
Dostları ilə paylaş: