57
natijada, korxona moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib keladi. Bu esa
noto’lovlar muammosini keltirib chiqaradi. Noto’lovlar
muammosini keltirib
chiqaruvchi ko’plab omillarni keltirish mumkinki, ular qatoriga narx siyosati, soliq
siyosati, normadan ortiq bo’lgan inflyatsiya darajasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Shu bilan birga o’zaro qarzdorliklarni keltiruvchi asosiy sabablar quyidagilar bo’lib
hisoblanadi:
1.Iqtisodiyotda to’lov vositalarining etarli emasligi;
2.Hisob-kitoblar uchun eng qulay to’lov vositalari sifatida hozirgi kunda amaliyotda
ishlatilayotganlariga qo’shimcha ravishda, mamlakatimizda ayrim sabablarga ko’ra
bekor qilingan chek va veksellarni ishlatilmasligi;
3.Korxona aylanma mablag’larining inflyatsiya sharoitida ma’lum
miqdorda
qadrsizlanishi.
4.Mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilarining mahsuloti doimo xaridorgir
bo’lmaganligi sababidan sotishning qiyinligi;
5.Marketingning etarli darajada rivojlanmaganligi;
6.Korxonalarni soliqqa tortish mexanizmi kamchiliklari mavjudligi oqibatida
aylanma mablag’larining yo’qotilishi.
Bu sabablarni davom ettirish mumkin. Lekin asosiy masala o’zaro qarzdorliklarni
to’liq yo’qotib bo’lmaydi. Ammo ularning umumiy summasini qisqartirish mumkin.
Respublikamizda hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri ham aynan mana
shu qarzdorliklardir. Bu masala Respublika Vazirlar Mahkamasining majlislarida
hamda respublika iqtisodiyotini isloh qilish bilan bog’liq turli yig’ilishlari
doimo
ko’rib chiqiladi. Shuningdek, iqtisodiyotda hisob-kitoblarni o’z vaqtida o’tkazish va
qarzdorlik muammolari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qator
Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan. 1996 yil 24
yanvardagi "To’lov intizomini va o’zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash
chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni talablarini bajarish maqsadida, to’lovlarning
o’z vaqtida o’tkazilishi va vakillik hisobvarag’larining ahvoli ustidan doimiy nazorat
o’rnatishni ta’minlash xususidagi vazifalar belgilab berilgan. Tijorat banklariga
belgilab berilgan bir qator vazifalar bilan birgalikda Markaziy bankning bosh
boshqarmalariga tijorat banklarining joylardagi har bir boshqarmasi va bo’limlarida
yil davomida kamida 1 marta Davlat soliq
boshqarmasi bilan kelishilgan,
muvofiqlashtirilgan tekshiruvlar rejasiga muvofiq debetor-kreditor qarzlar yuzasidan
tekshiruvlar o’tkazish topshirilgan.
Tijorat banklari mijozlar bilan “Bank-hisobvarag’ini yuritish bo’yicha shartnoma”
tuzishda bir qator nyuanslarni e’tiborga olishlari lozimligi belgilab berilgan:
1. Xo’jalik yurituvchi subektlar har oyning 6 kuniga ichki idoraviy o’zaro qarzlarning
summasini alohida qatorda ajratgan, barcha muddati o’tgan kreditorlik va debetorlik
qarzlarining yuzaga kelish sanasi va ularni undirib olish yuzasidan ko’rilayotgan
chora-tadbirlarni ko’rsatgan holda operativ ma’lumotlarni taqdim etish.
2. Har chorakda taqdim etilayotgan balans bilan birga 2-shakldagi “Debetorlik va
kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma”ni taqdim etish to’g’risidagi band
mavjud bo’lishi shart.
Korxona va tashkilotlardan operativ, oylik va choraklik balans ma’lumotlarini,
muddati o’tgan debetorlik qarzlariga solishtirish dalolatnomalarini talab qilinishi,
58
ma’lumotlarni taqdim qilinayotgan mijozlarga nisbatan qanday choralar
ko’rilayotganini, olingan ma’lumotlarni tahlil qilib o’rganilishini ko’rib
chiqish
lozim. To’lov hujjatlarida ya’ni to’lov talabnoma, topshiriqnomalarida xo’jalik
subektlari tomonidan yuborilayotgan mahsulot haqining oldindan to’lanayotgan
miqdori to’g’risidagi yozuv mavjudligi tekshirilishi kerak. Xo’jalik organlarida
debetorlik qarzlari holati bo’yicha o’tkazilgan tekshirish dalolatnomalarining sifatini
ko’rish va tekshirishda aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo’yicha ko’rilgan
choralarni o’rganib chiqishlari lozim.
Hozirgi kunda banklar tomonidan noto’lovlarni qisqartirish bo’yicha bir qator
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari filiallari tomonidan 2-kartotekadagi
to’lov hujjatlari muntazam ravishda inventarizatsiya qilinib boriladi va uning
natijasida noto’g’ri qo’yilgan hisob-kitob hujjatlari aniqlanib, mijozlarga
qaytarilmoqda.
Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to’lovlar intizomini
mustahkamlash bo’yicha hukumat komissiyasining 2000 yil 13 yanvardagi "Korxona
va tashkilotlarning muddati o’tgan debetorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish
chora-tadbirlari to’grisida"gi bayonnomasi talablarini bajarilishini ta’minlash
maqsadida xizmat ko’rsatilayotgan mijozlar bilan hamkorlikda maqsadli to’lov
sxemalari ishlab chiqildi va shu sxemalar asosida bir kunlik
kreditlar ajratiladi hamda
faktoring xizmatlari ko’rsatiladi. Sxema asosida kreditlar berish 23202-sonli maxsus
hisobraqam orqali amalga oshiriladi. Korxona va tashkilotlarning muddati o’tgan
debetor va kreditorlik qarzdorliklarini qisqartirish uchun tijorat banklari tomonidan
aniq maqsadlar uchun kredit berish va faktoring xizmatini ko’rsatish quyidagi sxema
asosida amalga oshiriladi: