Кредит берган банкнинг номи
«А»
«Б»
«Б»
Кредит қайтиб келган банкнинг номи
60
vaziyatdan kelib chiqqan holda biror usullarni tadbiq etish ketma-ketligini chuqur
anglash lozim.
Sotuvchi va xaridor o’rtasida uzoq muddatli shartnomalarning va aloqalarning
mavjud bo’lganligiga qaramay, sotuvchi o’z navbatida xaridorning to’lov qobiliyati,
moliyaviy natijalari va umumiy ahvoli haqida muntazam ravishda ma’lumotga ega
bo’lishga intilishi lozim. Sotuvchi o’z navbatida xaridor bilan uzoq muddatli
hamkorlikka tayyorligi va xaridorning muvaffaqiyatli rivojlanishi tarafdorligini
bildirib turishi maqsadga muvofiqdir. Shunda xaridor ham sotuvchiga nisbatan
do’stona munosabatda bo’ladi va sotib olingan tovarlar uchun to’lovlarni kechiktirish
mumkin bo’lgan sabablarni sotuvchidan yashirmaydi. Muddati o’tgan qarzdorlikni
vujudga kelishini oldini olishning eng maqbul va zamonaviy usullaridan biri, bu
sotuvchi va xaridorning qarzdorlikni birga bartaraf etishni amalga oshirilishidir.
Shunday qilib, yuzaki qaraganda qanchalik asossiz bo’lib tuyulsa ham sotuvchi va
xaridor orasidagi hamkorlik hamda do’stona munosabatlar muddati o’tgan
qarzdorlikni bartaraf etish va vujudga kelishining oldini olishdagi eng tezkor va
samarali yo’l bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik faoliyatida uchraydigan hamma holatlarni hisobga olish qiyin. Shuning
uchun, quyida sanab o’tilgan muddati o’tgan qarzdorlikni vujudga kelishining oldini
olish va bartaraf etish usullari tadbirkorlarga mavjud muammoni hal etishda o’z ish
strategiyasini ishlab chiqishda qo’l keladi. Chunki kapitalning aylanish tezligini
oshirish va xaridorlarning qarzdorligini kamaytirish tadbirkorlik faoliyatining asosiy
tamoyillari bo’lib hisoblanadi.
Ushbu muammoni atroflicha va sistematik ravishda ko’rib chiqish maqsadida,
xo’jalik faoliyatida uchraydigan barcha holatlarni katta bloklarga bo’lish mumkin:
I Sotuvchi va xaridor orasida uzoq muddatli munosabatlarga asoslangan xo’jalik
aloqalari (xom-ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtpyot qismlarni
etkazib berish);
II Xom-ashyo materiallar, butlovchi qismlar etkazib berish va bajarilgan xizmatlarni
bajarish uchun jismoniy shaxslar bilan tuzilgan yakka shartnomalar;
III Etkazib berilayotgan asbob-usukunalar, transport vositalari, hisoblash va boshqa
texnikani xaridorlar asosiy fondlar sifatida ishlatish hollari.
Har bir bloklar bo’yicha alohida vaziyatlarni ko’rib chiqamiz.
A. Sotuvchi va xaridorlar orasida uzoq muddatli kooperatsiyaga asoslangan xo’jalik
aloqalari (xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlarni etkazib
berish);
Ushbu holat uchun, ikki tomonlama yaxshi aloqalar, sheriklarni bir-birini yaxshi
bilishlari, o’zaro ishonch va hamkorlik alomatlari xosdir. Bunda, keyinchalik ham
o’zaro foydali hamkorlikni amalga oshirish hamda tovaroborotni ko’paytirish
maqsadida, avvalam bor sotuvchining manfaatini ko’zlagan holda, xaridorlarga
nisbatan oldindan to’lash, bo’nak to’lovlari va hatto akkreditiv kabi to’lov shakllari
ishlatilishi tavsiya etilmaydi.
Quyida sotuvchi va xaridorning ushbu blokka kiritilgan vaziyatlardagi amalga
oshiradigan tadbirlari sanab o’tilgan:
A.1. Xaridorda ma’lum bir moliyaviy qiyinchiliklarning vujudga kelganida, sotuvchi
tomonidan tijorat krediti berilishi maqsadga muvofiqdir. Bu vaziyatda tijorat kreditini
61
qo’llanilishiga sabab shuki, ikkala tomon vaziyatdan kelib chiqqan holda to’lov
muddati va summasini muvofiqlashtirishlariga imkoniyat tug’iladi.
Tijorat krediti qo’llanilganida, xaridor kredit hisobidan olingan tovarlardan (xom-
ashyodan) tayyorlangan o’z mahsulotini sotishdan kelib tushgan tushum hisobiga o’z
moliyaviy ahvolini yaxshilab oladi, sotuvchi esa o’z navbatida xaridorni
yo’qotmagan holda kredit operatsiyasidan tushgan foizlar ko’rinishidagi foydaga ham
ega bo’ladi.
A.2. Xom-ashyo, yarimfabrikatlar hamda butlovchi qismlarni doimiy va bir maromda
etkazilib turilishi holatida sotuvchi bank muassasasi bilan faktoring xizmatlarini
ko’rsatish haqidagi shartnoma imzolashi mumkin. Shunda ushbu muassasa qarzlarni
undirish majburiyatini o’z bo’yniga oladi. Tovarlar ortib jo’natilishiga qarab o’z
mablag’larini olib turadi. Hozirda banklararo vakillik aloqalarining mavjudligi,
ayniqsa agar faktoring xizmatlarini ko’rsatayotgan bank muassasasi va qarzdor
shaxsning banki orasidagi vakillik aloqalari mavjud bo’lsa, bank muassasasi
tomonidan qarzdorlini undirish borasidagi imkoniyatlari ko’proq. Ammo bu holda
sotuvchi tashkilot faktoring xizmatlari haqini to’lashga majbur bo’ladi hamda
korxonaning kapitalning aylanish tezligining oshganlini, debetorlk qarzdorlikni
undirish xarajatlarining kamayishi, kredit olish ehtiyojining kamayishi va bank bilan
muomala shakllarining osonlashuvidan keladigan foyda miqdori faktoring xizmatlari
haqidan yuqori bo’lgandagina o’z samarasini beradi.
A.3. Yuqorida sanab o’tilgan usullarning hammasi xaridor tomonidan muddati o’tgan
debetorlik qarzdorligini vujudga kelishini oldini olishda hamda xaridor tomonidan
moliyaviy qiyinchiliklarning mavjudligi holatlarida ham ma’lum muddatdan so’ng
to’lovlarni amalga oshirilishi qo’llanilishi mumkin. Agar xaridor surunkali ravishda
o’z majburiyatlarni buzsa, u holda sotuvchi nufuzli va baquvvat moliyaviy
muassasalarining to’lov amalga oshirilishini kafolatlovchi xatlarini talab qilishi
mumkin.
B. Xom-ashyo, materiallar, butlovchi qismlar etkazib berish va bajarilgan xizmatlarni
bajarish uchun tuzilgan yakka shartnomalar;
Ushbu turdagi xo’jalik aloqalarida, sotuvchi va xaridor o’zaro oldi-sotdi
operatsiyalarini birinchi marotaba amalga oshiradilar, ayniqsa bunday holatlar yangi
tuzilgan tashkilotlar bilan kuzatiladi. Shuning uchun sotuvchi o’z xaridori haqida
hech qanday ma’lumotga ega bo’lmaydi. Bunday holatlarda quyidagi ko’rsatilgan
usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
B.1. Vaziyat: sotish hajmi kichik, xaridor sifatida jismoniy shaxs qatnashishi
mumkin.
Bunday holatda hisob-kitob naqd pul yoki cheklar yordamida amalga oshirilishi
maqsadga muvofiqdir. Biroq, xaridorning kimligi noma’lum bo’lib uning yana bir
bor qaytib kelishi noma’lum va to’lov summasi unchalik katta bo’lmagan holatlarda,
u taqdim etayotgan cheklarning pul bilan ta’minlanganligini tekshirib ko’rilishi
lozim. Buning uchun xaridordan unga xizmat ko’rsatuvchi bankdan og’ zaki yoki
yozma ravishda bankdagi hisob raqamida qancha pul mavjudligini bilish kifoyadir.
Agar sotuvchi cheklar bilan hisob-kitob shaklini xush ko’rmasa, xaridordan naqd pul,
kredit kartochkalari orqali hisob-kitob qilinishini talab qilishi lozim.
B.2. Vaziyat: ulgurji savdo.
62
Bunday hollarda faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirilishi lozim.
Xaridor haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud bo’lmagan hollarda to’lov amalga
oshirilishini yuz foizga kafolatlovchi akkreditiv to’lov shaklida amalga oshirilishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Biroq, agar xaridorning to’lov majburiyatlarini
vaqtida amalga oshirmasligi haqidagi ma’lumot mavjud bo’lsa, bo’nak yoki oldindan
to’lov shakllari ishlatilgani maqsadga muvofiq. Xaridor akkreditiv va oldindan to’lov
shakllarini amalga oshirolmasligi va uning to’lov qobiliyati haqida etarlicha
ma’lumot mavjud bo’lmasa, sotuvchi xaridordan o’zgacha kafolatlarni talab qilish
huquqiga ega. Aks hollarda xaridorlarni va bozorni yo’qotish ehtimoli kattadir.
To’lov amalga oshirilishini kafolatlovchi quyidagi hujjat shakllari mavjud:
•mashhur, ulkan va ishonchli tashkilotlarning to’lov amalga oshirilishini
kafolatlovchi xatlari;
•garov;
•kafillik.
Kerakli hollarda xaridor veksellardan foydalinishi mumkin, bu hollarda vekselni
olgan shaxs ehtiyoj sezilganida vekselni diskontlash asosida bankka o’tkazishi va
tegishli pul mablaglarini olishi imkoniyatiga ega bo’ladi. Biroq, agar bankning veksel
bergan shaxsning to’lov qobiliyatiga shubxasi bo’lsa, bank vekselga avaliyatlarning
imzosi qo’yilishini talab qilishi mumkin. Shunday holat yuzaga kelmasligi uchun
vekselni taqdim etayotgan shaxsdan vekselda avalistning imzosini mavjud bo’lishi
talabi quyiladi.
Bunda boshqa variantlar ham mavjud. O’z tovari evaziga olingan vekselni sotuvchi
o’z kreditorlari bilan hisob-kitob vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.
B.3. Vaziyat: xaridor to’lov amalga oshirishda o’z majburiyatlarini vaqtida
bajarmayapti.
Bu hollarda debetorlik qarzdorligini qisqartirish va bartaraf etish borasida
quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin:
Birinchidan, xaridorga qarzdorlikni tijorat krediti sifatida rasmiylashtirishini taklif
qilish mumkin, agar:
•xaridor kredit muddati mobaynida etkazib berilgan va hali to’lovi amalga
oshirilmagan to’lovlarni amalga oshirishga rozi bo’lsa;
•xaridor yaqin vaqt oraligida vaqtinchalik moliyaviy tang ahvolini bartaraf etishi va
to’lov qobiliyatiga ega bo’lishiga ishonch bo’lsa.
Ikkinchidan, sotuvchining zudlik bilan pul mablaglariga ehtiyojini qondirish uchun
qarzdorlikni diskontlab sotib yuborishi mumkin. Ushbu qarzdorlikni sotib olayotgan
shaxs qarzdorlikni uzilishiga ishonchi bo’lishi lozim.
Umuman, hozirgi kunda noto’lovlar, eng dolzarb muammolardan biri bo’lib, bu
muammoni bartaraf etishning yagona yo’li yo’q. Noto’lovlar, ya’ni debetorlik va
kreditorlikni qarzdorlikning umuman yo’q qilish mumkin bo’lmay ularni kamaytirish
bo’yicha har bir holatda alohida yo’lni tanlash nafaqat alohida xo’jaliklar, balki butun
iqtisodiyot uchun foydalidir.
1. Tayanch iboralar
2. Pul oboroti
3. Naqd pul oboroti
4. Naqdsiz pul oboroti
63
5. Tovar operatsiyalari
6. Notovar operatsiyalari
7. Aktsept
8. Akkreditiv
9. Inkasso
10. Talabnoma
11. Topshiriqnoma
12. Aktseptsiz to’lovlar
13. Aktsept muddati
14. Rejali to’lovlar
15. To’lov topshirig’i
16. Inkasso topshirig’i
17. Xujjat rekvizitlari
18. Xujjat nusxalari
19. Elektron hujjat
20. Debet
21. Kredit
22. Depozit
23. Depozit hisobvaraq
24. Noto’lovlar
25. Reestr
26. Kartoteka
27. Xujjatlar aylanishi
28. Sxemasi
|