Elektron to’lovlar tizimining ijobiy tomonlari
№ Asosiy ko’rsatkichlar
Elektron to’lov tizimi
Pochta-telegraf
tizimi
1 To’lov muddati
Bir necha daqiqa
2 - 7 kun (ba’zan
undan ko’proq)
2
Ishlovchilar soni.
Toshkent shahar
HKM.
7 20
3
Yillik balansning
yopilishi
Joriy yilning 31 dekabr kuni
Kelasi yilning mart-
aprel oylari
4
Noqonuniy
o’zlashtirishdan
himoya
-
tarmoq protokol himoyasi;
-
parol ximoyasi;
-
uzatiladigan fayllarning
shifrlanishi;
-
ishlovchi xodimlar
malakasi.
Xodimlar malakasi
5 Arxivlashtirish
- elektron arxivlashtirish
.
Papkadagi qog’oz
hujjatlar
ko’rinishidagi arxiv
Elektron to’lov tizimining kamchiliklari ham mavjud bo’lib, ularga kompyuter
texnologiyasi va telekommunikatsiyalarni sotib olish uchun katta miqdordagi
moliyaviy qo’yilmalar talab etilishi va turli texnik muammolarning kelib chiqishini
keltirish mumkin.
4§. Hisob -kitob markazlarining 2003 yil 1 oktyabrgacha bo’lgan faoliyati
Hisob - kitob markazlari elektron to’lov tizimiga ulangan tijorat banklari bilan
belgilangan vaqt davomida alohida tarmok orqali axborat almashish tartibida ish olib
boradi. Elektron to’lov tizimi bo’yicha ish kuni boshlanishidan banklarning ichki va
tashqi vakillik hisobvaraqlarining qoldiqlari va oborotlari qiymatining mosligi tahlil
qilingandan so’ng banklarga tizimda ishlashga ruxsat etiladi. Fayllarni qabul qilish
qayta ishlash va nazorat qilish , jo’natish avtomatik rejimda seanslar bo’yicha amalga
oshiriladi.
Banklardan kelgan har bir elektron fayl bir daqiqa interval bilan qayta ishlab
turiladi. Kelgan har bir fayl ichki nazoratdan o’tkaziladi Tekshiruvdan muvaffaqiyatli
o’tgan fayl hisob-kitoblar markazida qayta ishlashga ruxsat etiladi. Kelib tushgan
to’lov turiga qarab XKMda buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Lekin
tekshiruv jarayonida biror bir yozuvida xato chiqsa ham fayl to’lig’icha bankka
qaytariladi.
Vaqt o’tishi bilan banklararo hisob-kitoblarning tartibiga o’zgarishlar kiritilib,
takomillashtirilib boriladi.
73
Masalan, 1996-2003 sentyabrgacha banklararo xisob-kitoblar barcha banklarga
va ularning filiallariga Markaziy bankning Xisob-kitob markazida aloxida vakillik
xisobvarag’i orqali amalga oshirilgan bqlsa, keyingi vaqtda yagona vakillik
xisobvarag’i orqali tashkil etila boshlandi. Quyida 2003 yil oxirigacha banklararo
hisob-kitoblarni tashkil etish tartibi bilan tanishib chiqamiz.
Hisob-kitob markazida banklararo oborotlarni o’tkazish uchun bir qator
hisobvaraqlar yuritiladi. Eng ko’p ishlatiladigan hisob varaqlar hisob - kitoblar
markazi balansining aktiv qismidagi 17400 va balansning passiv qismidagi
joylashgan 27400 hisobvaraqlaridir. Bu ikkala hisobvaraqlar tranzit hisobvaraqlar
bo’lib, 17400 hisobvarak olinadigan banklararo oborotlarni, 27400 hisobvaraq
to’lanadigan banklararo oborotlarni hisobga olish uchun ishlatiladi. 17400 va 27400
hisobvaraqlar asosiy hisobvaraqlar bo’lib, ularning har biri bir nechtadan subhisob
varaqlarni o’z ichiga oladi. Ular haqida quyida to’xtalib o’tamiz.
Hisob-kitoblar markazidan o’tadigan barcha to’lovlar hudud ichidagi va
hududlararo to’lovlarga bo’linadi.
To’lovlarning har bir bo’limini alohida ko’rib chiqamiz
a) Xudud ichidagi banklararo hisob-kitoblar hisobi
Bir hudud ichida banklararo hisob kitoblar - bu bir hisob kitob markazida
ochilgan vakillik hisobvarag’iga ega bo’lgan banklar orasidagi hisob-kitoblardir.
Hudud ichidagi banklararo hisob-kitoblarni o’tkazish uchun 27416 balans
hisobvarag’i ajratilgan. 27416 hisob varag’ining nomi «Bir hisob kitoblar Markazi
ichidagi o’zaro hisob kitoblar»dir. Bir hisob-kitob markazida xizmat ko’rsatadigan
banklarning barcha elektron to’lov hujjatlari 27416 - balans hisob varag’ida hamda
tijorat banklarining vakillik hisobvarag’ida aks ettiriladi. Tijorat banklaridan elektron
hujjatlarni qabul qilib olgan hisob-kitob markazi ularni banklar bo’yicha saralaydi.
Bu hujjatlarning o’zi alohida debet va kredit hujjatlariga bo’linadi. Shundan keyin
debet hujjatlari bo’yicha alohida, kredit hujjatlari bo’yicha alohida buxgalteriya
yozuvlari o’tkaziladi. Debet hujjatlari bo’yicha dastlab quyidagi provodka
o’tkaziladi.
Debet 27416
Kredit 21302 TB «A»
Bir vaqtning o’zida quyidagi javob provodkassi o’tkazialadi.
Debet 21302 TB «B»
Kredit 27416
Bu ikki yozuv orqali biz 27416 hisob varag’ining tranzit hisob varak ekanligi
va bir vaktning o’zida yopilishini ko’rishimiz mumkin.
Hisob-kitob Markazlariga tijorat banklariga tushadigan hujjatlarning asosiy qismi
kredit hujjatlaridir. Kredit hujjatlari bo’yicha ham hisob-kitob Makazlarida
buxgalteriya yozuvlari o’tkazilib ular quyidagilardir.
Bir tijorat baankining vakillik hisobvarag’ida pul mablag’larining kamayishi
bo’yicha:
Debet 21302 TB «A»
74
Kredit 27416
Ikkinchi tijorat bankining vakillik hisob varag’ida pul mablag’larining
kamayishi bo’yicha:
Debet 27416
Kredit 21302 «B»
Tijorat banklarining vakillik hisob varag’idan mablag’larni hisobdan chiqarish
va vakillik hisobvarag’iga mablag’larni o’tkazish har bir kelib tushgan yozuvning
qayta ishlash jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, shuning uchun barcha to’lov
hujjatlari bir vaqtning o’zida 27416 hisobvarag’ining ham debeti ham krediti
bo’yicha aks ettiriladi.
Bu hol har bir operatsiya bo’yicha va mos ravishda kun yakunlari bo’yicha
27416 - hisob varag’ining avtomatik ravishda yopilishiga olib keladi, ya’ni
hisobvaraq qoldig’i nolga teng bo’ladi 27416-hisob raqamining 0 ga yopilishi bir
hisob-kitoblar Markaziga qarashli tijorat banklari o’rtasida hisob-kitoblarning
muvaffaqiyatli yakunlanganligini ko’rsatadi.
Bir hudud ichidagi barcha to’lovlar tijorat banklarinig vakillik hisobvarag’i
bo’yicha chiqariladigan ko’chirmalarda 27416 - shaxsiy javob varaqada va hudud
ichidagi o’tkazmalar jurnalida aks ettiriladi. Ularni kun oxirida majburiy tartibda
beriladi. Hudud ichidagi banklararo hisob kitoblar taqqoslanmaydi, lekin ular
bo’yicha hisob tuzib boriladi. Markaziy bankka beriladigan hisobot uchun hudud
ichidagi to’lovlar bo’yicha 606 - shakldagi tuzilgan hisobot Toshkent shahri
axboratlashtirish bosh markaziga topshiriladi. Unda kun bo’yicha hisob-kitob
markazidan o’tadigan hudud ichidagi debet va kredit oborotlarining umumiy
summasi soni ko’rsatiladi.
b) Hududlararo hisob - kitoblar hisobi
Banklararo hisob-kitoblar bir viloyat ichidagi hisob-kitoblar markazi orqali
amalga oshirilib qolmay viloyat tashqarisiga ham chiqishi mumkin. Bunda banklararo
hisob-kitoblar viloyat markaziy banki boshqarmalari qoshida ochilgan Hisob-Kitob
markazlari orqali o’tkazilgan.
Turli Hisob-Kitoblar markazida vakillik hisobvarag’iga ega bo’lgan banklar
o’rtasidagi hisob-kitoblar hududlararo hisob-kitoblar deb yuritiladi.
Hududlararo hisob-kitoblarda Hisob-Kitoblar markazlaridan o’tadigan barcha
elektron to’lovlarning filiallararo oborotlari hisob-kitoblar markazlarida ochiladigan
quyidagi hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
27402-joriy kunning boshlang’ich avizosi
17405 - joriy kunining javob avizosi
17409 - joriy kunning taqqoslangan avizosi
27414- taqqoslanmagan kredit avizosi
Har bir tijorat bankidan kelib tushgan barcha elektron to’lov hujjatlari asosida
hisob-kitoblar markazida debet va kredit elektron avizolar shakllanadi. Hududlararo
va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha ham buxgalteriya yozuvlari alohida kredit va
debet, alohida kredit elektron avizolar bo’yicha dasturiy yo’l bilan amalga oshiriladi.
Xududlararo banklararo to’lovlarni bir hisob-kitob markazi boshlab beradi, ikkinchi
75
hisob markazi esa ularni qabul qiladi, ya’ni operatsiyalarni yakunlaydi.
Operatsiyalarni boshlab beruvchi hisob-kitoblar markazida quyidagi buxgalteriya
yozuvlari o’tkaziladi:
Debet 21302 TB «A»
Kredit 27402
Tushunish oson bo’lishi uchun kredit avizolari bo’yicha operatsiyalarni
keltiramiz. Yuqoridagi buxgalteriya yozuvi ham kredit avizolari bo’yichadir. Bu
buxgalteriya yozuvi birinchi hisob-kitoblar markazida to’lovchi tijorat bankining
hisob varag’idan pul kamaytirilib kunning bolang’ich avizosi hisob varag’iga
o’tkazilgani va boshlang’ich banklararo oborotlar bajarilganligini bildiradi.
Hisob-kitoblar markazida boshqa (birinchi) hisob-kitoblar ikkinchi
markazining tijorat bankidang olingan elektron avizolar bo’yicha dasturiy usulda
quyidagi javob buxgalteriya yozuvi o’tkaziladi.
Debet 17405
Kredit 21302 TB «B»
Bu buxgalteriya yozuvi birinchi hisob-kitoblar Markazidan kelgan elektron
avizoga javoban, elektron pullarni joriy kunning javob avizosi hisobvarag’i orqali
«B» tijorat bankining vakillik hisobvarag’iga o’tkazilganligini bildiradi. Boshqacha
qilib aytganda, bir hisob-kitob markazi boshlagan banklararo operatsiyasi ikkinchi
hisob-kitob markazida yakunlanadi.
Barcha hududlararo hisob-kitoblar tijorat bankining vakillik hisobvarag’larida
va 17405, 27402 - balans hisobvaraqlarining shaxsiy hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
Hisob-kitoblar Markazidan jo’natilgan elektron to’lov hujjatlari asosida
«Hududlararo hisob-kitoblar bo’yicha jo’natilgan hujjatlarning elektron avizolari
ro’yxati va 606-shakldagi hisobot tuziladi. Olingan elektron avizolar bo’yicha esa
«Hududlararo olingan hisob-kitoblar bo’yicha olingan elektron avizolar ruyxati»
tuziladi.
Hisob-kitob markazlarida yaratilgan (ya’ni tijorat banklaridan olingan hujjatlar
asosida shakllantirilgan) debet va kredit avizolar asosida har kuni 606 shakldagi
hisobot shakllanadi. Hudud ichidagi va hududlararo to’lovlar mavjud bo’lmagan
hollarda ham hisobot tuziladi, lekin bu hisobot shakli kunlik aylanmasi nol holida
tuziladi. Bunda aylanmalar yil boshidan boshlab hisobotda aks ettiriladi.
Hududlararo hisob-kitoblar bo’yicha 606 - hisobot shakli tizimi vaqti qat’iy
chegaralangan, chunki bunday hisob-kitoblar bo’yicha taqqoslash operatsiyalari
o’tkaziladi. Taqqoslash uchun o’z vaqtida olingan ma’lumotlar asosida elektron
tabulyagramma tuzish lozim bo’ladi.
Tuzilgan hisobot kompyuter ekraniga chiqariladi, so’ngra ma’lumot tarzida
qog’ozga bosib chiqariladi. U ro’yxat bilan yoki hududlararo to’lovlar va 27402
hisobraqamining shaxsiy hisobvaraqlari bilan filiallar hisobvaraqalarini yozish
bo’yicha buxgalteriya yozuvlarini hisobga olmagan holda taqqoslanadi. Tuzilgan
hisobot Axboratlashtirish Markaziga beriladi. Bu erda hisobot tekshiruvdan
o’tkaziladi va berilgan hisobot bo’yicha tasdiq fayli tuziladi hamda hisob-kitoblar
markaziga jo’natiladi. Tasdiq faylini olgandan so’ng hisob-kitob markazlarida ular
76
qayta ishlanadi. Qayta ishlash jarayonida xatolar topilishi mumkin, bunday hollarda
hisobot xatolarni tuzatgan holda qayta tuziladi va Axborotlash bosh markaziga
yuboriladi.
Umuman, hisobot davridagi axboratlar joriy kun uchun 27402 - hisob raqam
bo’yicha kunning oxiridagi qoldikka teng bo’lishi shart. Yil boshidan hisoblangan
oborotlar yil boshidan boshlab 27402-hisob raqam bo’yicha sof oborotlarga teng
bo’lishi lozim
Hisob-kitoblar markazidan 606 hisobot va elektron avizosi bilan olinadigan
fayllar Axboratlash bosh markazida «filiallararo oborotlash tekshiruvi» bo’yicha
keyingi bosqichda qayta ishlanadi. Bunday tekshiruvni o’tkazishdan maqsad
«taqqoslash» vazifasini bajarish uchun elektron tabulyagrammalarni shakllantirishdir.
Elektron to’lovlar tizimida hududlararo hisob-kitolarni amalga oshirilishini
nazorat qilish uchun Har bir hisob-kitoblar markazida taqqoslash vazifasi o’rnatilgan.
Toqqoslash vazifasining mohiyati kun davomida Axboratlashtirishning bosh
markazidan olingan elektron tabulyagrammalarni barcha javob elektron avizolar bilan
solishtirishdir. Ushbu vazifa hisob-kitoblar markazi amaliyot kunining bajarilishi
shart bo’lgan yakuniy bosqich bo’lib hisoblanadi. Axboratlashtirish bosh markazidan
tabulyagrammalar olingandan so’ng hisob-kitoblar markazida « taqqoslash»
vazifasini amalga oshirish boshlanadi. Bu vazifani basharish jarayonida
tabulyagrammalar to’plami va kun davomida hisob-kitoblar markazidan o’tgan javob
avizolar to’plamining ma’lumotlari quyidagi asosiy belgilar bo’yicha taqqoslanadi.
- «A» bankning kodi
- «B» bankning kodi
- mijozlar hisobvaraqalari nomeri
- avizo raqami, sanasi, summasi
Taqqoslash natijalari bo’yicha filiallararo hisobvaraqalarining yopilishi bilan
yakunlanadigan hisob-kitoblar markazining hisob varaqalari bo’yicha tegishli
buxgalter o’tkazmalari bajariladi. Yuqorida kredit avizolarni misol qilganimiz uchun
kredit avizolar bo’yicha o’tkazmalarni ko’rib chiqamiz. Taqqoslagan avizolar uchun
hisob-kitoblar markazida quyidagi buxgalteriya yozuvlari kayd etiladi.
Debet 17409
Kredit 17405
Javob elektron avizolar ro’yxatda topilmasa yoki ikki belgi bo’yicha
qiyoslanmasa bunday avizolar taqqoslanmagan avizolar bo’lib hisoblanadi.
Taqqoslanmagan kredit avizolar bo’yicha quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari
bajariladi.
Debet 17409
Kredit 27414
Taqqoslash vazifasini hal hilish jarayonining oxirgi bosqichida filiallararo
oborotlar hisob varaqalarini yopish avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Filiallararo
oborotlar bo’yicha hisobvaraqalari faqat Toshkent hisob-kitob markazida ochilgan
27418 tranzit hisobvaraqalari orqali o’tkazmalar asosida yopiladi.
Toshkent shahar hisob-kitoblar markazida barcha hududiy hisob-kitob
makazlaridan filiallararo oborotlar hisobvaraqalarini yopish to’g’risida elektron
77
avizolar olingandan so’ng dasturiy tarzda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari amalga
oshiriladi.
Debet 17405
Kredit 27418
Debet 27418
Kredit 17405
606-shakldagi hisobot barcha hisob-kitoblar markazlaridan o’z vaqtida olinsa
hamda Toshkent shahar hisob-kitoblar markaziga filiallararo oborotlar hisob
ivaraqlarini yopish bo’yicha elektron avizo yuborilsa, amalga oshirilgan o’tkazmalar
natijasida 27418- hisob raqam har kuni 0 ga yopiladi. Bu Respublika bo’yicha
olingan operaptsion kun bo’yicha hududlararo barcha hisob-kitoblar to’g’ri
yakunlanganligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |