uning ildizlari tarixga borib taqaladi. Bu kabi sayohatchilarning birinchilari o`rta
asr ibodatchilaridir. Shu kabi sayrlar o`z diniga ishonch va o`zga dinlarga qiziqish
xristianlar esa Muqaddas er dеb hisoblashadigan - Vatikanga, ibodatxonalar va
boshqalarni ziyorat qilish uchun sayohat qilishadi. Ziyorat kasallikdan qochiy,
baxtsizlik, gunoxlarini yuvish uchun ham amalga oshiriladi. Marko Polo (XIII asr)
hozirgi Shrilanka hududida shu kabi ziyoratlarni ko`rganini aytadi. X1U - XU
asrlarda Angliya ziyoratchilari asosan Rim va Quddusga borganlar. U vaqtlarda
sayohatlar ancha qiyin kеchgan: 1388 - yildan boshlab qirol Richard II buyrug`i
24
bilan inglizlar ziyorat uchun maxsus ruhsatnoma olishlari kerak bo`lgan. 11 yildan
so`ng Richard II ingliz ziyoratchilari sayohat qilishi mumkin bo`lgan joylardagi
portlarni qisqartirdi, ba'zi joylargagina ruhsat berildi. Boshqa erdan kеlish uchun
esa qirolning maxsus farmoni kerak edi. Ba'zi ziyoratchilar diniy zaruriyat bilan
sayohat qilishsa, boshqa ko`pchilik bunga sayohat ishtiyoqi bilan yoki hayotiy
turtkilar, o`z hamroxlari bilan quvnoq muloqot qilish uchun kеlishgan. Hozirda
ham bir qancha qadamjolar bor. Ko`pchilik xristianlar Quddusga Iso Masih qabri
ziyoratiga boradilar. Islomga e'tiqod qiluvchilar esa Makkai Mukarrammaga xaj va
umra ziyoratiga boradilar.
Dostları ilə paylaş: