28
II BOB. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA SAYOHAT TURLARINING
AHAMIYATI
2.1. Turizmning zamonaviy turlari
Dunyo miqyosida turizmning eng yangi turlaridan biri ekologik turizm yoki
ekoturizmdir. «Ekologik turizm» termini birinchi marotaba 1980 yil meksikalik
iqtisodchi G.Seballos – Laskureyn taklif qilgan. Ekoturizmning asosiy maqsadi
sayohat paytida yangi joylarni ko‟rish, tabiat go‟zalligidan, toza tog‟ yoki o‟rmon
xalqlar havosidan bahra olish, «yovvoyi» tabiat bag‟rida dam olish, shuningdek,
boshqa urf-odati, madaniyati, san‟ati, tarixiy obidalarini ko‟rishdan iborat.
Turizmning bu ko‟rinishi Kanada, AQSh, G‟arbiy Yevropa davlatlari,
Markaziy va Janubiy Amerika, Yaponiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda tez
rivojlanmoqda.
Ekologik turizm ayniqsa Avstraliyada yaxshi rivojlangan bo‟lib, bu soha
bo‟yicha maxsus dasturlar yaratilgan.
Ekologik turizmni tashkil etish va rivojlanishi uchun obyektlar bo‟lib,
quyidagilar xizmat qiladi:
- milliy bog‟lar, davlat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari;
- botanik bog‟lar;
- davolash - sog‟lomlashtirish joylari va kurortlar;
- qo‟riqxonalar.
Ekoturizmning muhim obyekti bo‟lib, ekologik toza hudud, ajoyib tabiat va
boshqa rekreatsiya resurslari hisoblanar ekan, mamlakatimiz bu resurs turlariga
boy hisoblanadi. Respublikamizda tarixiy, arxeologik, arxitektura, san‟at, musiqa
va boshqa turistik resurslar mavjud. O‟zbekistonning boshqa mamlakatlarda
uchramaydigan ekzotik tabiati, xilma-xil landshaftlari, flora va faunasi butun
turistik regionning jozibadorligini belgilovchi asosiy omillardir.
Hozirgi vaqtda to‟rt xil ekoturizm turlari va ekoturlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: